Markaziy Osiyoning biror jamiyati bugun erkin emas, davlatlar demokratiya tomon qadam tashlamayapti. "Ozodlik uyi", Vashingtonda asoslangan xalqaro nohukumat tashkilot yangi hisobotida shunday xulosa qiladi.
Mart oxirida BMTning Ukrainadagi inson huquqlariga oid vaziyat bo’yicha hisoboti e’lon qilindi. “RIA Novosti” uni “Ukrainada rus asirlarining qiynoqqa solinishi to’g’risidagi BMT hisoboti” deya taqdim etdi.
Tadqiqotchilar ilg’or texnologiyalar vositasida harbiy jinoyatlarning raqamli dalillarini tiklamoqda.
Qirg'iziston rahbari Sadir Japarov "xorijiy vakil" haqidagi qonun loyihasiga imzo chekdi. 10 kun ichida kuchga kiradigan hujjat, uning so'zlariga ko'ra, oshkoralik va halollikni ta'minlash uchun zamin yaratadi. Lekin jamoatchilik va xalqaro tashkilotlar keskin qarshi.
"Wall Street Journal" muxbiri Evan Gershkovich 2023-yil 29-martida Yekaterinburgda hibsga olingan. U josuslikda ayblanmoqda. “Ozodlik” radiosining muxbiri Alsu Kurmashevaning hibsxonada saqlanganiga yaqinda olti oy bo’ladi.
Assanj 5 yildan beri Britaniyaning qattiq tartibdagi qamoqxonasida saqlanmoqda. AQSh hukumati uni maxfiy hujjatlarni o’g’irlashga doir 18 ta federal jinoyatda ayblamoqda.
Migrantlarni nishonga olish oson, deydi ekspertlar, ishini eplolmagan maxsus xizmatlarni esa qiyin. Kreml tazyiqni oshirib, o'zini oqlash harakatida.
Tarixan, o'lim jazosi saylov yillarida AQSh saylovchilari uchun asosiy muhokama mavzularidan biri bo'lmagan.
"Qiynoq va shafqatsiz yondashuv har qanday holatda o'rinsiz. Jinoyatda gumon qilinganlarni qiynoqqa solish ham jinoyat", - deya eslatmoqda "Xalqaro amnistiya".
Prezident Vladimir Putin xurujga aloqadorlar jazolanishini va’da qildi. Ayrim qonunchilar mamlakatda o’lim jazosini tiklashga, migrantlarning Rossiyaga kirishini cheklashga chaqirmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari azaldan fuqaro jamiyati qurayotganini da'vo qiladi, ammo amalda vaziyat ancha boshqacha. Minglab nohukumat tashkilotlar faoliyat ko'rsatishiga qaramay, ular hukumatlarning iznida va amaldagi siyosatni targ'ib qiladi.
Yevropa Ittifoqi qonunchilari ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning himoyasini kuchaytirish uchun qo'shimcha qonun qabul qildi.
Ko'proq...