Breaking News

Misrdagi o'zgarishlar Markaziy Osiyoda qanday aks-sado bermoqda?


Misrda endigina qasamyod keltirib, vazifasiga rasman kirishgan prezident Muhammad Mursiy dunyoviy tuzum va fuqarolik jamiyatini qurishga va’da bermoqda. Yaqin Sharqdagi inqiloblardan so’ng mintaqada islomiy oqimlarning kuchayayotgani kuzatiladi.

Hokimiyatga islomiy kuchlar kelishi mumkin degan da’vo bilan demokratik harakatlarni cheklab kelayotgan Markaziy Osiyo rahbarlarini bu hol tashvishlantirayotgan bo’lsa ajab emas. Ayniqsa, O’zbekiston, Turkmaniston va va Tojikistonda.

Mintaqada ba’zilar Musulmon Birodarlar safidan bo’lgan Muhammad Mursiyning hukumat tepasiga kelganidan so’ng Misr ham Eron singari islom davlati bo’ladi yoki terroristlar makoniga aylanadi degan fikrlarni bildirayotgan bo’lsa-da, Tojikistonda dindorlar va ziyolilar bu fikrga qo’shilmaydi.

So’g’ddagi “Higdalik Ota” jome’ masjidi imom xatibi o’rinbosari Mirzo Ismoilov nazarida Misrning yangi prezidenti mamlakatni xalqaro maydonda va mintaqada baland martabalarga olib chiqadi.

Misr xalqaro terrorizmning har qanday ko’rinishlariga qarshi harakat qiladi, deydi u.
“Inshalloh, ular xalq uchun yaxshilik, omonlik va baxt olib keladi”.

Mahalliy ekspert Abdujabbor Yo’ldoshev Mursiy saylovchilar oldida bergan va’dalarini bajara olishiga, hokimiyatda uzoq tira olishiga shubha bilan qaraydi.

Negaki, u yerda har xil siyosiy partiyalarning fikrlari turlicha, biri islom davlati istasa, boshqasi bunga zid, deydi u.

“Mursiyning hukmronligi uzoqqa bormaydi. Negaki, u harbiylar vakolatini cheklashga harakat qilmoqda. Misrda harbiylar uzoq vaqt davlat boshqaruvida asosiy kuch hisoblangan, azaldan shunday edi va shunday qoladi. Lekin Mursiy sha’riyat hukmlarini joriy etsa, Misrning ravshanfikrli kishilari qarshi chiqadilar. U mamlakatdagi ikki kuchni birday qo’llay olishi mumkin emas. U yo Musulmon Birodarlarni to’la qo’llashi kerak yoki dunyoviy tuzum tarafdorlari va harbiylarga yon berishi zarur bo’ladi”.



Rossiya Fanlar Akademiyasi qoshidagi Jahon Iqtisodiyoti va Xalqaro Aloqalar Instituti ilmiy xodimi Georgiy Mirskiyning fikricha, Mursiy noaniq siyosiy vaziyatda prezidentlikka saylangan. Mamlakatda parlament ham, konstitusiya ham yo’q.

“Barak Obama Amerikani, Putin Rossiyani yoki Fransua Olland Fransiyani boshqargandek Mursiy Misrni boshqarolmaydi. U sodda va oddiy figura”.

Mirskiyning fikricha, hokimiyat tepasiga kelgan Musulmon Birodarlar katta kuch hisoblansa-da, mamlakatda aniq bir siyosat yoq. Ekstremistik qarashlar keng tarqalgan.

“Bunaqada tasavvur qiling, piramidalar tevaragida shortikda yurishga qo’yadilarmi? Bunday bo’lmaydi axir. Ammo men aytardimki, Musulmon Birodarlarning hukumat tepasiga kelishi, bu fanatizmning g’alabasi emas, bu- miqdorning sifatga aylanishidir. Ya’ni, aldoqchi va makkor hukmdorlar o’rniga endi xalq orasidan aniq va lo’nda ishni qiladiganlar chiqmoqda. Lekin harbiylar bilan kelishiv, albatta bo’ladi”.

Tojikistonlik demokrat Fayzullo Fayziev fikricha Misrda davlat kelajagi noaniq va bunga G’arb siyosati sabab bo’ldi.

AQSh va Yevropa Ittifoqi uzoq yillar davomida Anvar Saodat va Husni Muborakka o’xshaganlarni qo’llab keldi.

”Lekin Mursiy u qadar bir taraflama ayovsiz radikal guruhlar yo’liga kiradigan aqlsiz kishi emas. U, davlat va jamiyat manfaatlarini nazarga olib, albatta, islom ruknlariga amal qiladi. Lekin Misr manfaatlari uchun qaysi yo’l to’g’ri kelsa, ana o’shani tanlaydi. Bizning rahbarlarimiz ham ana shunday bo’lishlari kerak”.
XS
SM
MD
LG