Breaking News

AQSh tadbirkor ayollari zamon haqida nima deydi?


Barbara Ers, yuk tashuvchi yirik kompaniya asoschisi
Barbara Ers, yuk tashuvchi yirik kompaniya asoschisi
Amerikada kichik xususiy bizneslarning uchdan bir qismini ayollar boshqaradi. Iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay tadbirkor xotin-qizlar kun sayin ko’paymoqda.

Amerikaning ayol tadbirkorlari/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:36 0:00
Yuklab oling

Bundan bir necha yil avval mana bu yuk tashuvchi mashina ham, u tegishli kompaniya ham erkak biznesmenning mulki edi. Bugun esa uning sohibasi - Barbara Ers. Virjiniya shtati Frederiksburg shahrida joylashgan “Apple Transfer” kompaniyasi prezidenti. Kompaniya yuk tashiydi, xonadon va shirkatlarga ko’chishda yordam beradi.

Ers unga 1988-yilda asos solgan.

“Ukam bilan boshlaganman. Bitta kichik yuk tashuvchi mashinamiz bor edi. Ukam yuk tashirdi, men hujjatlar bilan shug’ullanardim”.

Bugunga kelib Ersning ko’plab yuk tashuvchi mashinalari, omborxona va 100 ga yaqin xodimi bor.

AQSh Kichik biznes ma’muriyati rasmiysi Ana Xarvi tadbirkorlar ayollar ko’paymoqda, deydi:

"Masalan, 1979-yilni oladigan bo’lsak, xususiy biznesning bor-yo’g’i 5 foizi ayollar qo’lida bo’lgan. Bugun xususiy firmalarning 30 foiziga xotin-qizlar egalik qiladi va boshqaradi”.

1970-yillarda qabul qilingan yangi qonunlar ayollarga yo’l ochgan.

“Bu qonunlarga ko’ra, xotin-qizlarning bankdan kredit olishi uchun erkak imzosi talab qilinmaydigan bo’ldi. Katta o’zgarish edi bu. Ayollar o’z biznesini ocha boshladi,” - deydi Xarvi.

Iqtisodiy inqiroz ham bu borada ijobiy rol o’ynadi.

“Krizis boshlangach, ko’plab ayollar ishini yo’qotdi. Ularning aksariyati “yaxshi ish topgunimcha o’zim yaxshi ko’rgan ish bilan shug’ullanib turaman” degan qabilda harakat qildi. Yangi sohalarga asos solishdi”.

Xarvining o’zi ham ilgari xususiy sektorda ishlagan, biznes yuritgan. Hukumat ayollarni qo’llab-quvvatlaydi, deydi u.

“O’tgan yilda 160 ming ayolga biznes-plan tuzish, marketing, internetdan foydalanish, xususiy faoliyat yuritishda yordamlashdik.”

Davlat ko’magi tadbirkor ayollar uchun juda muhim, deydi Barbara Ers.

“Masalan yuk tashish biznesida azaldan erkaklar ishlagan. Menga hamon hayron bo’lib qarashadi, qarshilik ham ko’rsatishadi. Erkaklarni yomon demayman, lekin ayol tadbirkorlarga salbiy munosabat bor”.

Zamon o’zgardi, tan olish kerak, deydi Ers.

“Ko’chada o’z kompaniyamga tegishli mashina ketayotganini ko’rsam, quvonib ketaman”.

Tadbirkor-ayollarning bari Ers kabi qilayotgan ishi va yutuqlari bilan faxrlanadi.

AQShning tadbirkor ayollari bilan suhbat/Women owned businesses
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:08 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG