Breaking News

Suriya muxolifati muvaqqat hukumat tarkibi bo'yicha kelishdi


Աֆղանստանում նախագահական ընտրություններ են
Աֆղանստանում նախագահական ընտրություններ են
Suriyada muxolifat va hukumat kuchlari o’rtasida qonli to’qnashuvlar davom etmoqda. Ayni paytda xalqaro hamjamiyatning Suriya hukumatiga nisbatan bosimi ham oshib bormoqda. Yevropaga safari chog’ida AQSh Davlat kotibi Xillari Klinton Suriyada hukumat kuchlarining xalqqa qarshi ishlarini fojea deb atadi.

Pragada jurnalistlar huzurida so’zlagan AQSh rasmiysi yana bir bor Suriyadagi vaziyatdan tashvishda ekanini ta’kidlab, hukumat kuchlari isyonchilarga qarshi kimyoviy qurol qo’llashi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Oradan ko'p o'tmay Suriya Tashqi ishlar vazirligi bayonot bilan chiqib, Suriya hukumati o'z xalqiga qarshi hech qachon kimyoviy qurol ishlatmasligi haqida ma'lum qildi.

Suriya muxolifati, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:07 0:00
Yuklab oling

Suriyalik inson huquqlari faollarining aytishicha, hukumat kuchlari og’ir artilleriya va havo hujumlari bilan Damashq atrofidagi hududlarni o’qqa tutishda davom etmoqda.

Shahar chetida o’rnashib olgan isyonchilar Damashq atrofini qo’lga kiritishga urinmoqda. Bu orada NATO Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh hududida havo mudofaasi uchun “Patriot” rusumidagi raketalarni o’rnatish rejasini ko’rib chiqmoqda. AQSh Davlat departamenti Turkiyaning bu iltimosini qo’llab-quvvatlamoqda.

AQSh rasmiylaridan birining aytishicha, NATO rejani ma’qullagan taqdirda ham ularning o’rnatilishiga bir necha hafta vaqt ketadi. NATOga a’zo mamalakatlar tashqi ishlar vazirlari seshanba va chorshanba kunlari masalani muhokama etish uchun Bryusselga yig’ilmoqda.

Suriya ittifoqchisi Rossiya NATOning bu harakatidan norozi. Kreml nazarida bu mintaqadagi beqarorlikni yanada izdan chiqaradi.

Ayni paytda Suriya muxolifati yetakchilari muvaqqat hukumat tuzish ustida umumiy kelishuvga erishilganini e’lon qildi. Yaqinda Qatarda tashkil etilgan Muxolifat va inqilobiy kuchlar uchun Suriya Milliy koalitsiyasi a’zolari qarorini shanba kuni Misr poytaxti Qohirada e’lon qildi. Muvaqqat hukumat xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarda Suriya xalqi nomidan ish ko’radi.

Suriya Milliy koalitsiyasi a’zosi Xolid Solihning aytishicha, Suriyada kurash olib borayotgan barcha muxolif kuchlarni birlashtirish ustida ish olib borilyapti. Biz Suriyada insoniyatga qarshi jinoyat sodir etayotganlarni sudlash va jazolash uchun huquqiy qo’mita ham tuzdik, deydi muxolifati yetakchilaridan biri Xolid Solih.

Xalqaro hamjamiyat Suriyadagi turli isyonchi guruhlar o’rtasida ittifoq yo’qligini tanqid qilib kelayotgan edi. Xolid Solih muvaqqat hukumatni tuzishda asosiy e’tibor shu muammoga qaratilayotganini ta’kidladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG