Breaking News

Aksar qirg'izistonliklar 2012-yildan mamnun


O'shlik qo'li gul Nargizaxon tikkan do'ppilarning bozori chaqqon.
O'shlik qo'li gul Nargizaxon tikkan do'ppilarning bozori chaqqon.
O’shlik Rahimaxon tijorat bilan shug’ullanadi. 2012-yildagi eng muhim voqea – to’polonlar tinchib, ancha tinchlik bo’lib qolgani, deydi u.

Qirg'iziston ahli o'tgan yildan mamnun, Ulug'bek Sokin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:45 0:00
Yuklab oling

“To’ylarimiz, avvalgidek, yana xursandchilik, o’yin-kulgi bilan o’tyapti. Yomon tarafi – biroz qimmatchilik bo’ldi. Unlarning narxi oshib ketdi. Yangi yilda arzonchilik bo’lishini kutaman. Bilasiz, ko’pchilikning ishi yo’q, tirikchilik qilish qiyin”, - deydi Rahimaxon.

Hoshim Xolbekov – nafaqaxo’r. 2012-yil prezidentimiz Almazbek Atambayev e’lon qilganidek, oila va tinchlik yili bo’ldi, deydi u.

“Ko’p ishlar qilindi. Masalan, rayonimizda o’qituvchilarni qo’llab-quvvatlash, ularning bilim saviyasini oshirish yili bo’ldi. Shaxsiy hayotimda ham muhim yangiliklar bo’ldi. Mamlakatimiz tayanchi” degan kitob chiqardim. Unda 60 dan ortiq turli soha vakillari bo’lgan nafaqaxo’rlarning hayotini tasvirladim. Yangi yilda ham tinchlik-farovonlik bo’lishini xohlayman”, - deydi Hoshim aka.

Jurnalist O’g’iloy Tojiboyeva o’tgan bir yil davomida Rossiyada mehnat qilayotgan qirg’izistonlik mehnat muhojirlari hayotini o’rganib, ularning muammolarini ko’tarishga harakat qilganini aytadi.

“Jurnalist sifatida Sankt-Peterburg shahrida bo’lganimda, qirg’izistonlik muhojirlarning huquqiy muammolarini o’rgandim. Shu mavzuni yoritib, ularga ko’maklashishga harakat qildim. Haq-huquqlarimizni yaxshi bilmaslik Qirg’izistondagi har birimizga taalluqli deb o’ylayman”, - deydi jurnalist.

“2012-yildan ko’p narsa umid qilgan edik, - deydi yana bir qirg’izistonlik. Tinchlik-totuvlik borasida bu umidlarimizning bir qismi amalga oshdi. Endi yangi yilda qolgan ishlarimiz ham amalga oshib, yurtimiz tinch, oilalarimiz farovon bo’lishini tilab qolaman”.

Biz bilan suhbatga bo’lgan aksar qirg’izistonliklar o’tgan yildan ko’ngli to’lganini, ammo xotirjam bo’lish uchun hali qilinishi kerak bo’lgan ishlar ko’pligini ta’kidladi.

Qirg’izistonning turli-tuman kasb va qiziqishdagi oddiy insonlari hayoti aks etgan fotolavha:

XS
SM
MD
LG