Breaking News

Robert Bleyk: AQSh Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni susaytirmaydi


Davlat departamentining Markaziy Osiyo bo’yicha bosh diplomati Vashington bu hudud taraqqiyoti va mudofaasiga sodiq ekanini eslatmoqda.

CR A Blake Central Asia
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:58 0:00
Yuklab oling

Kundalik Eshittirish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:30:00 0:00
Yuklab oling

Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha muovini Robert Bleykning uch kunlik tashrifi afg’on rahbari Hamid Karzayning Vashingtonga safari bilan ketma-ket keldi.

Karzay bilan muloqot paytida prezident Barak Obama AQSh qo’shinlari tez orada faqat yordamchi vazifasini bajara boshlaydi, deydi. Afg’onistonda Tolibonga qarshi kurashga, asosan, mahalliy armiya mas’ul bo’ladi, dedi Obama. Kelasi yil oxirigacha aksariyat amerikalik askarlar Afg’onistondan chiqishi kerak.

“2014-yildan keyin harbiy missiyamiz ko’lami qisqaradi, lekin biz Afg’oniston va mintaqa bilan iqtisodiy rishtalarni mustahkamlashda, xavfsizlik va barqarorlik yo'lida birga ishlashda davom etamiz”, - deydi Bleyk, “Amerika Ovozi” bilan suhbatda.

“Oxirgi 10 yilda bu regionda ozmuncha ter to’kkanimiz yo’q. Bu sa’y-harakatlarni, shuncha sarmoyani himoya qilishimiz kerak”, - deydi u.

Bleyk seshanba kuni Turkmaniston rahbarlari bilan ko’rishdi. Keyin Qirg’izistonga, AQShning Afg’onistondagi missiyasi uchun zarur Manas tranzit markaziga mezbon davlatga yo’l oldi.

Bleykning aytishicha, u baza ijarasini uzaytirish haqida gaplashishi kutilmoqda. Arenda kelasi yilning iyul oyida tugaydi.

Amerika Afg'onistonda qo'shinlarni olib chiqar ekan, bu markazga 2014-yil oxirigacha talab katta.

Manas AQSh uchun juda muhim tranzit nuqtasidir. Afg’onistonga kirib-chiqayotgan askarlarimizning deyarli hammasi shu markazdan o’tadi”, - deydi Bleyk.

Manas markazidan vertolyotda 10 minut uchib, Rossiyaning Kant bazasiga yetasiz. Kreml o’tgan yili bu inshoot ijarasini 15 yilga uzaytirdi.

O’tgan oktabr oyida Rossiya rahbari Vladimir Putin Tojikistonga tashrif buyurdi. Bu davlatdagi uch bazasining arendasini 30 yilga cho’zishga muvaffaq bo’ldi. Tojikistonda 6 ming rus askari bo’lib, bu Rossiyaning xorijdagi eng yirik harbiy bo’linmasidir.

Rossiya Markaziy Osiyo bilan tarixiy harbiy aloqalarni tiklashga harakat qilayotgan bir pallada Xitoy diqqati iqtisodiyotda. Markaziy Osiyo nefti va gazi yangi quvurlar orqali Xitoy sharqiga jo'natilmoqda. Xitoy mahsuloti yangi yo’llar bo'ylab Markaziy Osiyoga yetkazilyapti.

Robert Bleykning so’zlariga ko’ra, kelgusida Markaziy Osiyoda Xitoy, Rossiya va AQSh roli uchun joy yetarli.

Mintaqa bilan to’rt yil ishlab kelayotgan diplomat xulosasi shunday: “Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar AQSh yetakchi rol o’ynashini istaydi. Qo’shma Shtatlar savdo va barqarorlikni ta’minlovchi mamlakat bo’lib qolishini bu yurtlar xohlaydi”.

Amerikaning Afg’onistondagi askarlari soni qisqargani sari Vashington regional rahbarlarni tinchlantirishga, AQSh Markaziy Osiyo bilan ishlashda davom etishiga ishontirishga intilmoqda.
XS
SM
MD
LG