Breaking News

Texnologiya olamida bizni qanday kashfiyotlar kutmoqda?


AQShning IBM korporatsiyasi har yili yangi texnologiyalarni ko’zdan kechirib, kelasi besh yilda dunyoni o’zgartira oladigan kashfiyotlar ro’yxatini tuzadi.
Texnologiya olamidagi kashfiyotlar/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:01 0:00
Yuklab oling

Kompaniya o’tmishda uyali telefonlar, 3D grafikasi, shuningdek, transport va energetika sohalarida bo’layotgan inqilobiy o’zgarishlarga e’tibor qaratgan. Bu yilgi ro’yxatdan joy olgan ixtirolar bilan tanishsak…

Tasavvur qiling, internet orqali o’zingizga kiyim-kechak xarid qilayapsiz. Kompyuter yoki telefon ekraniga qo’l yurgizib, matoni paypaslab ko’rishingiz mumkin. Ushbu texnologiya kelasi besh yilda bozorga chiqadi, deydi IBM kompaniyasi vitse-prezidenti Berni Meyerson.

“Kompyuterlar va insonning ulardan foydalanish uslubi qayta kashf etilmoqda”, - deydi u.

Aqlli sistemalar tevarak-atrofni kuzatib, bizga kerakli tovush-sadolarni tahlil qilib berishga qodir bo’ladi. Masalan, chaqaloq nima uchun yig’layotganini ota-ona kompyuterdan bilib olishi mumkin.

“Qorni ochmi, kasalmi, yo shunchaki zerikkanmi… ertangi kun ilg’or texnologiyalari buni tovushdan aniqlab, sizga aytib beradi”, - deydi Meyerson.

Shaxsiy kompyuterlar odamlarni yuzidan tanish, ya’ni vizual ma’lumotlar bilan ishlashga ham o’rgatilyapti. Ularda o’rnatilgan kameralar ranglarni ajrata oladigan, tasvirlarni mavzuga qarab taqsimlay oladigan bo’ladi. Oilaviy suratlarni tartibga solishda qo’l keladi.

Yana bir yangilik - hid bilish qobiliyatidir. Bu degani, kompyuter yoki telefon ekraniga qarab aksirganda, mitti sensorlar minglab molekulalarni analiz qilib, sizga tashxis qo’yadi.

“Deylik, o’zingiz bilmagan holda infeksiya yuqtirgansiz va kasal bo’lish ehtimoli bor. Telefon sizni darrov ogohlantiradi”, - deydi IBM vitse-prezidenti.

Kompaniya mutaxassislari ta’m biladigan sistemalar ustida ham ish boshlagan. Oshpazlar uchun bu ayni muddao. Mahsulotlarning molekulyar tarkibini o’rganib, xushbo’y va lazzatli taomlar tayyorlash uchun tavsiya-maslahatlar bera oladi.

“Nafaqat sizga ma’qul keladigan ovqatni maslahat beradi, balki uning kaloriyasi, yog’i va xolesterol miqdorini ham o’zi hisoblab beradi. Maqsad sizga ham mazali, ham energetik quvvat beradigan, sog’liqqa zarar qilmaydigan mahsulotni aniqlab berish”, - deydi Berni Meyerson.

IBM kashfiyotlar ro’yxatida kishini lol qoldiradigan narsa shuki, cho’ntakka sig’adigan ana shu kichik vositalar bir necha yil ichida jadal rivojlanib ketdi, deydi professor Mark Maluf.

“Boshida mobil telefonlar faqatgina aloqa uchun ishlatilar edi. Bugungi kunda esa ham vizual, ham tovushni tahlil qilib beradigan texnik mo’jizaning o’zginasi”.

Har bir sohaga chuqur kirib borayotgan kompyuter texnologiyalari, deydi olim, fastastikani haqiqatga aylantirmoqda.

Texnologiya va zamon/IBM TECH FORECAST
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:18 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG