Chorshanba, 22-may, 2013 Toshkent vaqti: 01:03

Amerika

Ekranda yashash yaxshi, kunda ko’radigan odamlar azizroq deydi taniqli aktyor

Matn hajmi - +
Amerika Ovozi

Jeyms Reynoldsni Amerikada teletomoshabin juda yaxshi taniydi. 30 yildan oshibdiki, ekrandan tushmaydi. “Hayot quvonch-tashvishlari” (Days of our lives) nomli serialda bosh rollardan birini ijro etadi.

Aktyor kinoda o’ynash maza, kundalik hayot va haqiqiy odamlar undanda aziz, deydi.

Jeyms Reynolds seshanba kunlari ayollar basketbol jamoasiga dars o’tadi. O’zim yashab turgan mahalla ko’yga foydam tegsa bo’ldi, deydi u.

Haftada besh kun ekrandan tushmaydi. “Hayot quvonch-tashvishlari” serialida mer Eyb Karver rolida chiqadi.

Shou Qo’shma Shtatlarda shuhrat qozongan, boshqa davlatlarda ham tomoshabinlari talay. Jumladan, Janubiy Afrika va Fransiyada.

“Shoumiz 46 yoshni oshab qo’ydi. Yillar mobaynida uni loaqal bir marta tomosha qilmagan odamni topishingiz mushkul. “Hayot quvonch-tashvishlari” ning ochilish sahnasi, Makdonald Kerining ekran orti ovozi, hammaga tanish qum soat…” - deydi u.

Jeyms Reynolds Gollivudning omadli, iste’dodli aktyorlaridan. Kino tarixida eng uzoq vaqt davom etib, yaxshi reytingni saqlab kelayotgan serialda nom qozonish hazil emas. Shou boy, maftunkor odamlar hayoti haqida.

“Ajoyib shou. Unda ishlash maroqli. Mening qahramonimning hayoti osonmas, kunda bir mashmasha chiqadi. Teletomoshabinni o’ziga tortadigan ham shu”, - deydi Reynolds.

Jeyms va uning rafiqasi Lissa Layng Reynolds Kaliforniya shtati Janubiy Pasadena shahrida kichik bir teatrni boshqaradi.

Aktyor xayriyada ham faol. Amerika askarlarini qo’llab-quvvatlab keladi:

“O’zim sobiq harbiyman. Vatandan, uydan uzoqda xizmat qilayotgan askar og’il-qizlar nimalarni boshidan kechirayotganini bilaman. Qurolli kuchlarga ruhiy dalda beradigan ko’ngilochar sayohatlar qilib turamiz, masalan, Germaniya, Ispaniya, Italiya va boshqa davlatlarga”.

Reynoldsning hamkasbi, “Hayot quvonch-tashvishlari” yulduzi Deydre Xoll aktyorga tahsin aytad:

“Juda qat’iyatli, mehribon, qo’li ochiq odam. Shu bilan birga kamtarin ham”.

Reynolds odam quruq olavermay, berishi ham kerak, deydi:

“Jamiyatga foydali ishlar qilish har birimizning burchimiz. Shunga astoydil ishonaman. Biror ishga qodir ekaningizni bilsangiz, turib bajaring. Muhtojlarga yordam bering”.

Kinosyomkada ham, kundalik hayotda ham qoidasi shu uning.

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • A tornado moves past homes in Moore, Oklahoma, May 20, 2013.
Fotogalereya

Fotogalereya Oklaxoma shtati kuchli to'fon ostida qolib 51 kishini hayotdan olib ketgan

Uch kilometr kenglikda va soatiga 320 kilometrda kelgan ofat butun boshli posyolkalarni yer bilan yakson qilgan. Mahallalar tekislikka aylangan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI