Payshanba, 18-sentyabr, 2014 Toshkent vaqti: 22:45

Iqtisodiyot

Afg’onistonda korrupsiya ko’lami to’rt milliard dollarga teng

Amerika Ovozi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, Afg’onistonda korrupsiya ko’lami oshib, bu mamlakatga va’da qilingan ko’makning to’rtdan bir qismiga tenglashgan.
Afg'onistonda korrupsiya muammosi/Shohruh Hamro
Afg'onistonda korrupsiya muammosi/Shohruh Hamroi
|| 0:00:00
...
 
🔇
X

Hukumat rasmiylari esa bu illatga qarshi qattiq kurash ketayotganini qayd etadi.

BMT o’tkazgan so’rovlar shuni ko’rsatmoqdaki, o’tgan yili Afg’onistonda aholining yarmi kamida bir mulozimga pora bergan. Korrupsiya ko’lami 40 foizga oshib, qariyb to’rt milliard dollarga yetdi.

Bu degani, qashshoq qatlamning oddiy xizmatlardan foydalanishi yanada qiyinlashgan.

BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo’yicha boshqarmasi vakili Jan-Lyuk Lemaxyuning bildirishicha, 2012-yilda rasmiylarga berilgan pora miqdori byudjet daromadidan ikki baravar ko’p.

“Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish tizimini ishdan chiqargan va hukumatga bo’lgan ishonchni yemirgan eng katta muammo bu - korrupsiya. Buni hamma tan oladi”, - deydi u.

Lemaxyuning qayd etishicha, e’lon qilingan raqamlar hali yuqori doiralarda bo’layotgan oldi-berdini hisobga olmaydi.

BMT korrupsiya deganda poraxo’rlik, yulg’ichlik, lavozimni suiiste’mol qilish, oshna-og’aynigarchilik kabi illatlarni nazarda tutadi. Hukumatning eng yuqori doiralaridan tortib quyi organlargacha.

Afg’onistonning, xususan, maorif va ta’lim tizimida ahvol ayanchli. So’rovda qatnashganlarning yarmidan ko’pi o’tgan yili muallimlarga pora berganini aytadi.

Ammo korrupsiyaga qarshi kurash idorasi rahbari Muhammad Rafi Aminga ko’ra, hukumat qo’l qovushtirib o’tirgani yo’q.

“So’rovda poraxo’rlik avj olgan va kamaygan sohalar ko’rsatilgan. 2009-yil bilan qiyoslaganda hatto to’qqiz foizga kamaygan. Bu ijobiy yangilik”, - deydi rasmiy. 

O’tgan oy “Transparency International” tashkiloti korrupsiya eng chuqur ildiz otgan jamiyatlar ro’yxatini e’lon qildi. Afg’oniston, Birma, Shimoliy Koreya, Somali, Iroq, Sudan, Turkmaniston va O’zbekiston undan joy olgan.

Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay nazarida poraxo’rlik avj olganida xalqaro hamjamiyatning ham aybi bor. Afg’on rasmiylari cho’ntagini pul bilan to’ldirayotganlar asosan xorijiy kontraktorlar, deydi u.

Tadqiqotchi Tomas Rutig yuqoridagi fikrga qo’shiladi. Afg’onistonga kirayotgan moliyaviy yordam ustidan nazorat sust, deydi u.

“Lekin ayb faqat pora berayotganlarda emas, olayotganlar, ya’ni afg’onlar ham mas’uliyatni his etishi kerak”.   

Katta minbarlardan turib korrupsiya haqida ko’p gapiriladi, biroq aslida xalqaro hamjamiyat Afg’onistondagi bu muammoga ko’z yumib kelayapti, deydi suhbatdosh. 

“Haqiqat shuki, G’arb uchun Tolibonga qarshi kurashayotgan guruhlar bilan ittifoqchilik rishtalarini saqlab qolish muhimroq. Bu guruhlar boshqa sohalarda nimalar qilayotgani, xalqni ezayotgani bilan hech kimning ishi yo’q”, - deydi olim. 

BMT so’rovida afg’onlar korrupsiyani xavfsizlikdan keyin ikkinchi eng dolzarb muammo deb ta’riflaydi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Pro bono nima? Bepul huquqiy xizmati
X
18.09.2014 03:47
Mijozlarga bepul xizmat ko’rsatuvchi huquqshunoslar, odatda, pro-bono advokatlar deb ataladi. So’nggi yillarda Amerikada bepul huquqiy maslahat beruvchi firmalar soni oshib bormoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Mustaqillik tarafdori bo'lgan fuqarolar "BBC" mahalliy idorasi yaqinida namoyish o'tkazmoqda, Glazgo, Shotlandiya, 14-sentabr, 2014-yil.
  • Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron

  • Referendumda beriladigan ovozlarni ifodalovchi "Ha" va "Yo'q" yozuvlari tushirilgan plakatlar, Shotlandiya, 14-sentabr, 2014-yil.
  • Shotlandiya Birinchi vaziri Aleks Salmond mustaqillikni yoqlab ovoz berishga chaqiruvchi tadbirga atab chiqarilgan futbolkani ko'rsatmoqda, 14-sentabr, 2014-yil.
  • Shotlandiyaning Britaniya tarkibida qolishi uchun kurashayotgan kampaniya yetakchisi Alisteyr Darling, Edinburg, Shotlandiya, 14-sentabr, 2014-yil.
  • Britaniya tarkibida qolish tarafdori bo'lgan fuqarolar o'tkazgan namoyishdan, Edinburg, Shotlandiya, 14-sentabr, 2014-yil.
  • Mustaqillik tarafdori bo'lgan fuqarolar "BBC" mahalliy idorasi yaqinida namoyish o'tkazmoqda, Glazgo, Shotlandiya, 14-sentabr, 2014-yil.
  • Ovoz berish byulliteni pochta orqali jo'natilmoqda, Shotlandiya, 14-sentabr, 2014-yil.
  • Britain Scotland
Fotogalereya

Fotogalereya Shotlandiya kelajak uchun ovoz bermoqda

18-sentabr kuni Shotlandiyada Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi tarkibidan chiqish to'g'risida umumxalq referendumi bo'lib o'tadi. Agar unda aksariyat qatnashchilar qirollikdan ajrab chiqish uchun ovoz bersa, xaritada Shotlandiya deb ataluvchi yangi mustaqil davlat paydo bo'ladi. Besh milliondan oshiq aholiga ega o'lka.
Fotogalereya

Fotogalereya Sharqiy Ukrainaga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qilindi

Ukraina parlamenti sharqiy Ukrainaning Lugansk va Donetsk viloyatlariga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qildi. Rossiyaparast isyonchilar bilan davom etayotgan urushni to'xtatish maqsadida qabul qilingan ushbu qonun viloyatlarga bir qator siyosiy, madaniy va iqtisodiy erkinlik taqdim etib, ularning Rossiya bilan yaqin aloqa o'rnatishiga ruxsat beradi.
Fotogalereya

Fotogalereya Shanxay-6 Dushanbeda uchrashdi, tafsilotlar fotolarda

Xitoy, Rossiya, O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston a'zo Shanxay hamkorlik tashkiloti Dushanbeda 11-12 sentabr kunlari yillik sammitini o'tkazdi. Asosiy mavzu Ukraina bo'ldi va muhokama yopiq eshiklar ortida o'tdi. O'zbekiston rahbarining pozitsiyasi: Ukraina va Rossiya mojarosi bevosita, ikki tomonlama muzokara asosida hal etilishi kerak.
Fotogalereya

Fotogalereya Amerika 11-sentabr xurujlari va qurbonlarni xotirlamoqda

2001-yilning 11-sentabrida amalga oshirilgan terror hujumlari uch mingga yaqin odamni hayotdan olib ketgan.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida Mustaqillik kuniga bag'ishlangan qabul marosimi

9-sentabr kuni Vashingtondagi O'zbekiston elchixonasida Mustaqillik kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Fotogalereya

Fotogalereya AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Iroqqa keldi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Yaqin Sharqqa uyushtirgan safari doirasida Iroqqa ham tashrif buyurdi. Uchrashuvlarda "Islomiy davlat" jangari guruhiga qarshi olib borilayotgan kurash asosiy mavzu bo'ldi. Kerri Iroqning yangi Bosh vaziri Haydar al-Abadiy bilan uchrashayotgan yuqori martabali ilk AQSh rasmiysidir.
Fotogalereya

Fotogalereya Iroq parlamenti yangi bosh vazirni tanladi

Davlat kotibi Jon Kerri Iroq parlamentining yangi hukumat tarkibini ma'qullash qaroridan mamnun. Jangarilarga qarshi kurash yo'lida ham bu muhim qaror, deydi diplomat.
Fotogalereya

Fotogalereya Sharqiy Ukrainada zo'ravonlik tinmagan, ammo tinchlik sulhi hanuz amalda

Sharqiy Ukrainada zo'ravonlik holatlari uchrashda davom etmoqda. Shunga qaramay, rasmiy Kiyev va isyonchilar o'rtasida kelishilgan tinchlik sulhi hanuz amalda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI