Shanba, 25-may, 2013 Toshkent vaqti: 07:19

Xalqaro

NATO prezident Karzay da'volarini inkor etmoqda

Afg'onistondagi NATO kuchlari matbuot kotibi general Gyunter Kats
Afg'onistondagi NATO kuchlari matbuot kotibi general Gyunter Kats
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Afg’onistonda harakat qilayotgan NATO yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya vakili general Gyunter Katsning aytishicha, qo’mondonlik prezident Hamid Karzayning AQSh maxsus kuchlari Vardak viloyatida aholi tinchini buzayotgani haqidagi da’volarini isbotlovchi dalil topmagan.

Karzay xalqaro kuchlar va ular safida xizmat qilayotgan afg’onlarni inson huquqlarini buzganlikda ayblab, AQSh maxsus qo’shinlariga hududni ikki hafta ichida tark etishni buyurgan.

NATO generali koalitsiya voqeani afg’on tomoni bilan taftish qilishda davom etadi, biroq AQSh maxsus kuchlari tarkibidagi afg’on harbiylarining aholini qiynoqqa solgani yoki o’ldirganiga doir ayblovlarga hozircha javob bera olmaymiz, dedi.

Vashingtonlik tahlilchi Liza Kurtisning aytishicha, qonunni buzayotgan afg’on askarlari oz emas, biroq bundaylarni AQSh qo’shinlari o’z operatsiyalariga jalb qilmaydi.

"Afg’on askarlarining aksariyati xat tanimaydi, qishloqdan chiqqan, o’qimagan. Bundaylar o’zini noto’g’ri tutishi mumkin, albatta, ammo amerikalik harbiylar ularni toqat qilishiga ishonmayman", - deydi ekspert.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Kobul da’volariga jiddiy qaraymiz, deydi.

Vardak viloyatida, asosan, pashtular yashaydi. Toliblar negizini ham shu elat vakillari tashkil etadi. Yana bir amerikalik tahlilchi Tomas Gutiyerrening aytishicha, viloyatga safarbar etilgan afg’on qo’shinlari asli dariyzabon hududlardan bo’lgani uchun ana shunday muammolar kuzatilayotgan bo’lishi mumkin.

"Maxsus qo’shinlar milliy tarkibini xilma-xillashtirish afg’on xavfsizlik kuchlarini tayyorlash jarayonidagi qiyinchiliklardan biridir", - deydi u.

Karzay idorasiga ko’ra, aybdorlar jazolanadi. Vardak aholisidan ularning kimligini aniqlashda yordam so’ralgan.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiyaning aytishicha, hujumchilar qassoblar ishlatadigan pichoqdan foydalangan. London, 23-may, 2013-yil.
  • Politsiya hujum ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
  • London meri Boris Jonson politsiya bilan gaplashmoqda.
  • Britaniyalik marhum zobitni xotirlab, oddiy fuqarolar keltirgan hadyalar.
  • Hujumdan keyin oddiy fuqarolar marhumni xotirlayapti.
  • Hamla kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI