Breaking News

Huquq tashkilotlari Afg’onistonda o’lim jazosini bekor qilishga undadi

Huquq himoyasi bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilotlar Afg’onistonda o’lim jazosini bekor qilishga chaqirmoqda.

Kundalik Eshittirish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:30:00 0:00
Yuklab oling

Prezident Hamid Karzay ruxsati bilan bugun sakkiz mahbus qatl etilgan. Bu shaxslar qotillik, odam o’g’irlash va jinsiy zo’rlash kabi jinoyatlarda aybdor topilgan, deydi rasmiylar. Yaqin kunlarda yana sakkiz odamni ayni jazo kutmoqda.

“Human Rights Watch” va Xalqaro Amnistiya tashkilotlari afg’on adliya tizimi salohiyati, sudlar xolisligini savolga tutar ekan, o’lim jazosiga qat’iyan qarshilik bildirib keladi.

Yevropa Ittifoqi ham Afg’oniston hukumatini bu choraga moratoriy, ya’ni cheklov qo’yishga undamoqda.

Bugun shuningdek, poytaxt Kobulda NATO bazasi yonida bir kishi o’zini portlatib, mahalliy ikki askarni o’ldirgan. Besh fuqaro jarohat olgani ma’lum.

Rasmiylarning aytishicha, beliga bomba bog’lab olgan ikki odam bazaga yaqinlashgach, askarlar o’t ochgan.

Hujumchilardan biri o’zini portlatishga ulgurdi, deydi harbiylar. Xuruj Kobulning xalqaro koalitsiya qarorgohi va elchixonalar joylashgan qismida ro’y bergan.

Xorij qo’shinlari orasida talofatlar yo’q. Tolibon bu uning ishi ekanini aytmoqda.

Qo'shni Pokiston janubi-g’arbidagi portlash esa uch zobitni hayotdan olib ketdi. Yana olti askar yarador. Ma’murlar so’zlariga qaraganda, Kvetta shahrida o’quvchilarni qo’riqlayotgan harbiy mashina portlagan. Talofatlar soni oshishi mumkin.

Hujum ortida kim turgani aniq emas. Kvetta Balujiston viloyatining poytaxti bo’lib, hududda mazhablararo adovat kayfiyati kuchli, jangari hujumlari bot-bot ro’y beradi.

Kobul portlashdan larzaga keldi

Xavfsizlik xodimlari va jurnalistlar portlash ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
1/5 Xavfsizlik xodimlari va jurnalistlar portlash ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
Kobulda NATO bazasi yonida bir odam o'zini portlatib, ikki afg'on askarini o'ldirdi. Besh fuqaro jarohat oldi.
Xuruj ro'y bergan yerga NATO askarlari yetib bordi.
2/5 Xuruj ro'y bergan yerga NATO askarlari yetib bordi.
Kobulda NATO bazasi yonida bir odam o'zini portlatib, ikki afg'on askarini o'ldirdi. Besh fuqaro jarohat oldi.
Hujum asoratlari.
3/5 Hujum asoratlari.
Kobulda NATO bazasi yonida bir odam o'zini portlatib, ikki afg'on askarini o'ldirdi. Besh fuqaro jarohat oldi.
Kobul, 21-noyabr
4/5 Kobul, 21-noyabr
Kobulda NATO bazasi yonida bir odam o'zini portlatib, ikki afg'on askarini o'ldirdi. Besh fuqaro jarohat oldi.
Afg'oniston xavfsizlik kuchlari portlash ro'y bergan joyni tekshirmoqda.
5/5 Afg'oniston xavfsizlik kuchlari portlash ro'y bergan joyni tekshirmoqda.
Kobulda NATO bazasi yonida bir odam o'zini portlatib, ikki afg'on askarini o'ldirdi. Besh fuqaro jarohat oldi.
Previous slide
Next slide
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

This item is part of
XS
SM
MD
LG