Payshanba, 23-may, 2013 Toshkent vaqti: 23:24

Xalqaro

Xalqaro qo’shin ketishi Afg’oniston iqtisodiyotiga zarba bo’ladi

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
So’nggi 10 yil mobaynida donorlar Afg’onistonga milliardlab dollar moliyaviy yordam uzatdi, xorijiy kontraktor firmalar ishlab keldi. Bularning hammasi xalqaro qo’shinlar faoliyati bilan bog’liq. 2014-yilda koalitsiya mamlakatni tark etar ekan, askarlarga xizmat ko’rsatuvchi ko’plab bizneslar ham yopiladi. 


Kobuldagi Jalolobod yo’lidan borar ekansiz, qurilish va binokorlikda ishlatiladigan og’ir texnika, tuproq qaziydigan traktor va mashinalar qator terib qo’yilganiga ko’zingiz tushadi. Ular xorijiy askarlar uchun butun Afg’oniston bo’ylab bazalar bunyod etishda ishlatilgan. Ammo hozir keraksiz bo’lib qoldi.

Mahalliy tadbirkor Hoji Abdulhalil Ahmadzay ilgari kuniga 10-15 ta traktor sotar edi, endi esa bir oyda bitta sotsa ham xursand.

“Mamlakatdagi ahvol yomonlashyapti. Asbob-uskunani sota olmayapmiz, ijaraga ham hech kim olmayapti. Ba’zida jangarilar mashinalarimizni yoqib yuboradi. Afg’oniston uchun bu juda qiyin davr. Biznes avvalgidek emas”, - deydi u.

Boshqa tadbirkorlardan ham shuni eshitasiz. Iqtisodiyotga dalda berish uchun AQSh va Afg’oniston hukumatlari mineral resurslar, qishloq xo’jaligi va energetika  sohalariga sarmoya jalb etishga urinmoqda.

Afg’oniston Markaziy Banki rahbari Nurulla Delavariy so’zlariga ko’ra, hozir o’sish sur’atlari yomon emas. Buning ustiga, xalqaro hamjamiyat 16 milliard dollar miqdorida yordam va’da qilgan.

“Bu bizga umid bag’ishlaydi. Donor mamlakatlar bilan erishilgan bitimlar amalga oshsa, 2020 va hatto 2024-yilgacha o’sish davom etadi. Iqtisodni tebratib turgan ana shu xorijiy madad”, - deydi markaziy bank raisi.

Ammo kelajakdan umidini uzgan, biznesini yopib, pulini dollarga almashtirayotgan tadbirkorlar kam emas.

Sobiq vazir, iqtisodiy fanlar professori Hamidulla Faruqiy fikricha, hukumat bizneslar uchun sog’lom muhit yaratib bera olgani yo’q.

“Afsuski, Afg’oniston iqtisodiyotining katta qismi noqonuniy, qora bozorga tayanadi. Mafiya tizimi mavjud , ular qonuniy faoliyatga yo’l bermaydi”, - deydi u.  

Rahbariyat xalq manfaati himoyasida turib, unga xizmat qilishni o’rganmas ekan, murakkab davrlar hali oldinda, deydi iqtisodchi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiyaning aytishicha, hujumchilar qassoblar ishlatadigan pichoqdan foydalangan. London, 23-may, 2013-yil.
  • Politsiya hujum ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
  • London meri Boris Jonson politsiya bilan gaplashmoqda.
  • Britaniyalik marhum zobitni xotirlab, oddiy fuqarolar keltirgan hadyalar.
  • Hujumdan keyin oddiy fuqarolar marhumni xotirlayapti.
  • Hamla kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI