Breaking News

Turkiylar Afg'onistonda Ashraf G'ani Ahmadzay prezident bo'lsin deydi


Mozori Sharif, 3-aprel, 2014
Mozori Sharif, 3-aprel, 2014
Afg’oniston shimolidagi turkiy xalqlar, jumladan o‘zbek va turkmanlar, ertangi saylovda general Abdul Rashid Do’stum bilan ittifoq tuzgan Ashraf G’ani Ahmadzayga ovoz berishi kutilmoqda. Afg’onistonning turli mintaqalari birligini namoyish etayotgan bu ittifoq g’alaba qilsa, tinchlik va barqarorlik uchun zamin yaratiladi, deydi ular. Ammo saylov natijalari nizo va beqarorlikka yetaklashi mumkin degan xavotirlar ham yo’q emas.
Ashraf G'ani Ahmadzay - Abdul Rashid Do'stum - Afg'oniston-Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:19 0:00
Yuklab oling
Afg’oniston: Saylovda xavfsizlik qanchalik ta’minlangan?/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:32 0:00
Yuklab oling

Afg’oniston shimolidagi turkilylarda prezidentlik saylovida Ashraf G’ani nomzodi g’olib chiqishiga ishonch kuchli. Afg’oniston o’zbeklari yetakchisi, general Abdul Rashid Do’stum saylov kampaniyasida Ashraf G’anining birinchi muovini sifatida qatnashmoqda.
Afg’onistonlik turkiylarning Yevropada tashkil qilingan Madaniy Federatsiyasi faoli, doktor Turdiqul Maymanagiy saylov jarayonini diqqat bilan kuzatmoqda.

Uning fikricha, prezidentlik poygasida Ashraf G’anining imkoniyatlari yuqori.

"Afg’oniston tarixida hozirgacha biror prezident yoki rahbar o’z qudratini tinch, saylovlar yo’li bilan boshqa birovga topshirmagan. To’g’ri, hozirgi saylov kampaniyasi jarayonida ko’p kamchiliklar bor, ammo Afg’oniston xalqi uchun eng muhim tomoni hukumatning qonuniy yo’l bilan o’zgarishi, xalqda o’z rahbarini o’zi tanlash imkoniyatining mavjudligidir. Mamlakat shimolida bu tanlov imkoniyati Ashraf G’ani va gerenel Do’stum ittifoqiga qaratilgan. Bu ittifoqqa mamalakat birligini ta’minlovchi, shuningdek shimoldagi aholi, xususan, o’zbeklar va turkmanlar haq-huquqlarini tiklovchi kuch sifatida qaralmoqda. Mening nazarimda, agar saylovda qallobliklarga yo’l qo’yilmasa, ixtilof yuzaga kelmasa, Ashraf G’ani Ahmadzayning qo’li baland kelishi ehtimoli yuqori. Bu nomzod shimoldagi turkiy aholi manfaatlarini ko‘zlaydi", - deydi Turdiqul Maymanagiy.

Afg’onistonda prezident saylovlari xavfsizlik choralarining keskin kuchaytirilishini talab etmoqda. Saylov kuni yaqinlashar ekan, mamlakatda terrorchilik hujumlari ko‘paygan. Bu hujumlar nisbatan barqaror hisoblangan shimoliy hududlarga ham ko’cha boshlagan. Toliblar afg’onlarni saylovda qatnashmaslikka chaqirmoqda, saylovni yo’qqa chiqarish bilan tahdid qilmoqda.

Turdiqul Maymanagiy saylov munosabati bilan o’zbeklar yashaydigan hududlarda xudkushlik hujumlari ko’payib borayotganini ta’kidlaydi.

Olimga ko’ra, Afg’oniston hayotidagi eng muhum sinov faqat saylov o’tishi bilan emas, balki bu saylov natijalarini tan olish bilan boshlanadi.

"Mening nazarimda, Hamid Karzay saylovda g’olib kelgan nomzodga hukumatni topshirmaguncha adolatli saylov haqida gapirish qiyin. Chunki, agarda saylovda Karzay qo’llamagan nomzod g’olib keladigan bo’lsa, saylov natijalari bo’yicha ixtilof chiqishi ehtimoli katta. Karzay buning uchun hamma kuchni, jumladan toliblarni ham, xorijliklarni ham ishga solishga tayyor", - deydi Turdiqul Maymanagiy.

Saylovoldi reytinglarda nomzodlar orasida Ashraf G’ani Ahmadzay, Abdulla Abdulla va Zalmay Rasul imkoniyatlari yuqori sanalmoqda. Nomzodlardan birortasi birinchi bosqichda 50 foiz ovoz to’plamagan taqdirda prezidentlik saylovi ikki bosqichda o’tkazilishi ko’zda tutilgan.
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG