Shanba, 30-avgust, 2014 Toshkent vaqti: 09:11

Xalqaro

Eron Afg'onistonda o'z ta'sirini oshirishga urinmoqda

Eronning Islomiy Ozod universiteti Kobulda o'z filialini ochgan.
Eronning Islomiy Ozod universiteti Kobulda o'z filialini ochgan.
Amerika Ovozi
AQSh harbiy kuchlarining Afg’onistonni tark etish muddati yaqinlashar ekan, Amerikaning 2014-yildan so’ng bu o’lkadagi roli qanday bo’lishi muhokamada. Ayni paytda Afg’onistonga qo’shni Eronning hududda o’z ta’sirini oshirishga urinayotgani haqida ma’lumotlar bor.
­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­

Kobul shahrining Dorul Omon ko’chasida katta bir masjid bor. Uning ortidagi bir necha binoda Xotamul Nabiyin Islom universiteti, madrasa hamda talabalar yotoqxonasi joylashgan. Shia mazhabi ta’limini beradigan mazkur o’quv dargohlari Eron tomonidan moliyalanadi.
 
Kobul g’arbidagi mahallalarda, asosan, shia afg’onlar istiqomat qiladi. Ularning aksariyati Tolibon rejimi qulagandan so’ng Erondan qaytib kelgan qochqinlar. 1979-yilgi Eron islomiy inqilobi yetakchisi Imom Xo’mayniy nomidagi jamg’arma bu yerda muhtojlarga moddiy yordam beradi. Shu atrofdagi Dashti Barchi mahallasida ham shialar yashaydi. Ular aholisi, asosan, sunniylar bo’lgan Afg’onistonda diniy ozchilik hisoblanadi.
 
Sobiq diplomat va siyosiy tahlilchi Ahmad Saidiy fikricha, Eronning ta’siri mamlakatda tobora ko’proq ko’zga tashlanmoqda.

“Afg’oniston Eron ta’siri qamalida. Hozir Eronga moyil oltida telekanal, 21 ta radio va ko’plab nashrlar faoliyat olib bormoqda. Qurolli kurashdan ko’ra ma’naviy jang muhimroq ekanini ular yaxshi biladi”, - deydi afg’onistonlik tahlilchi.
 
Yana bir ekspert Xolid Maftunning aytishicha, Eron strategiyasi oz sonli shialarni o’z tomoniga og’dirib, mamlakatda AQSh va G’arb ta’sirini yengishga qaratilgan.
 
“Ularning uzoq muddatli rejasi Eron rejimi va madaniyatini targ’ib qiluvchi odamlarni tarbiyalash. Qisqa va o’rta muddatli maqsadi esa Afg’onistondagi AQSh harbiy kuchlariga zarar yetkazish”, - deydi Maftun.
 
Bu, tabiiyki, Vashingtonni tashvishga soladi. Iroqda AQSh kuchlari mamlakatni tark etishi bilan eronparast guruhlarning hukumatga kelgani ularga yaxshi saboq bo’ldi.
 
Ayni paytda Eron va Afg’oniston o’rtasida munosabatning bo’lishi tabiiy. Urush paytida milliondan ortiq afg’on Erondan boshpana topdi.  Uzoq yillar u yerda yashagan qochoqlar bugun Afg’onistonga qaytmoqda. Ayrimlari o’zlari bilan Eron madaniyati va diniy e’tiqodini ham olib kelmoqda.
 
Afg’oniston-Eron chegarasi deyarli 950 kilometr bo’lib, suv va havodek zarur yonilg’i mahsulotlari Afg’onistonga Erondan ana shu chegara orqali kirib keladi. Eron har yili salkam ikki milliard dollarlik tovar sotadi.

Afg’oniston Tashqi ishlar vazirining sobiq maslahatchisi Dovud Moradian Eronning Afg’onistondagi maqsadlarini uchga bo’ladi.
 
“Tabiiy manfaatlarga ega Eron bor. Ideologik mafkurasini sotishga urinayotgan Eron bor. Shuningdek, bu davlat diniy maqsadlarga ham ega. Shulardan ikkitasi Afg’oniston uchun muammo tug’diryapti”, - deydi Moradiyan.
 
Sobiq afg’on harbiysi va razvedkachisi Javed Ko’histoniyga ko’ra, Kobul va Vashington o’rtasida davom etayotgan muzokaralarda Afg’onistonning Eron va Pokiston bilan munosabatlari ham tilga olinadi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Yadroviy qurollar xavfsizligi - Nuclear Missile Safetyi
X
29.08.2014 22:39
1945-yil 6-avgustida Qo’shma Shtatlar Yaponiyaning Xirosima shahriga atom bombasi tashlagan. Cheksiz talofat keltirgan. Shu bilan dunyoda yadro qurollari poygasi boshlangan. Yadro arsenalining eng katta qismi ikki davlat hissasiga to’g’ri keladi - AQSh va Rossiya.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Novoazovsk
  • Donetsk
  • Donetsk
  • Snijne
  • Novoazovskdagi bo'lginchi.
  • Ukraina sharqida bo'lginchilar qo'lidan tortib olingan texnika.
  • Ukrainaning NATOdagi elchisi Ixor Dolxov Bryusseldagi majlisda. 29-avgust.
  • Rossiya qimmatbaho qog'ozlari, rubl qiymati keskin tushdi. 28-avgust, 2014-yil.
Fotogalereya

Fotogalereya Kaliforniya shimolida zilzila, 6 balda

24-avgust kuni Kaliforniya shtati shimolida yer qimirladi. Uning kuchi 6 balni tashkil etgan. Hududda azaldan zilzila ehtimoli yuqori. Binolar vayron bo'lgan, yong'inlar va elektr tarmoqlarida uzilish kuzatilgan. Hech kim o'lmagan. Lekin tunda yuz bergan tabiiy ofat aholi orasida katta vahima uyg'otgan. Zilzila ayniqsa Napa shahrida qattiq sezilgan.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbek shoirasi Zulfiya Boboyeva xonadonida - Tojikistonning Mujun qishlog'idan fotolavha

Tojikiston aholisining 24 foizi, ikki millondan ortig’ini o’zbeklar tashkil etadi. Ular orasida yuzdan ortiq shoir va ijodkorlar bor. Respublika shimolining O’zbekiston va Qirg’iziston bilan chegaradosh G’onchi nohiyasining so’lim Mujun qishlog’ida o’zbek adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri, shoira Zulfiya Boboyeva yashaydi. So’g’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi va G’onchi nohiyasi raisi Zafar Ismoilzodaning joriy yil 30-iyulidagi qarori bilan Tojikiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Maftun Jo’ra nomidagi adabiy mukofot laureati Zulfiya Boboyevaning 60 yoshlik yubiley tantanalari bo'lib o'tdi. Tadbir uning xonadonida kechdi. Shoira yura olmaydi. Boshlang’ich maktabda o'qib yurganidan beri aravachaga mixlanib qolgan. Ijod uning hayoti mazmuniga aylangan. Yosh qizaloq she'rga havas qo’yib, mustaqil o’qib o’rganadi, ma’lumotli bo’ladi. O’zining she’riy satrlarida bitganidek: Bo’ldilar she’rim bayotim-sabrim saodati, Yo’g’rildi shu sabab ishqqa ko’nglimning toati!
Fotogalereya

Fotogalereya Tripolidagi xalqaro aeroport jangarilar qo'liga o'tdi

Muxolifatdagi islomiy guruhning qurollangan vakillari Liviya poytaxti Tripolidagi xalqaro aeroportni egallab oldi. Ular amaldagi parlament faoliyatini noqonuniy deb hisoblab, avvalgi Milliy Kongressning qayta tiklanishini talab qilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Donetskda o'ziga xos parad

Ukraina mustaqillik bayramini nishonlar ekan, sharqda bo'lginchilar asirdagi askarlarni ko'chalardan namoyishkorona olib o'tishdi
Fotogalereya

Fotogalereya Isroil va XAMAS o'rtasida yana otishma boshlandi

Qohiradagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, vaqtinchalik sulh tugashi bilan Isroil va XAMAS o'rtasida yana otishma boshlanib ketdi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI