Breaking News

Afg'oniston ahli og'ir kunlar qaytishidan qo'rquvda


Mozori Sharif, Afg'oniston
Mozori Sharif, Afg'oniston
Afg’oniston aprelga belgilangan prezident saylovlariga hozirlik ko’rar ekan, Hamid Karzayning AQSh bilan xavfsizlik bitimini ungacha imzolashdan bosh tortishi Vashingtonning asabiga tegmoqda. “Amerika Ovozi” bilan muloqot qilgan afg’on o’zbeklari hozirgi vaziyatdan xavotirda ekanini aytadi.

Afg'oniston yoshlari og'ir kunlari qaytishidan qo'rquvda/Alparslon Turon
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:25 0:00
Yuklab oling

Aksar fuqarolar chet el kuchlari ketsa, qiyinchiliklar ko'payib boraveradi, siyosiy ahvol va xavfsizlik yomonlashadi, oqibatda eski kunlar qaytadi, deb hisoblaydi.

Kobul va Vashington xavfsizlikka doir kelushuvga qo’l qo’ymagani qo'shnilarni ham xavotirga solayapti. Koalitsiya butunlay chiqqan taqdirda, ba'zi qo'shnilar, o’z milliy manfaatini ko’zlab Afg'oniston xalqining orzularini puchga chiqarishi mumkin, degan fikrlar bor.

Xavfsizlik kelishuvi imzolanmasa, mahalliy armiya va politsiyaning terrorizmga qarshi salohiyati pand yeydi, chunki Afg'oniston xavfsizlik kuchlari hozirgacha og'ir qurollar bilan jihozlanmagan. Davlat chet o’lkalarning moliyasiga qaram.

Davlatga qarshi kurashayotgan g’animlar esa kun o'tib kuchga to'lib borayapti. Ba'zi qo'shni mamlakatlar hukumatga qarshi chiqqan kuchlarni himoya qilib, Afg'oniston xalqi manfaatini oyog'osti qilayotgani seziladi, deydi suhbatdoshlar.

Afg’onistonda o'tkan 12 yilda ko'zga ko'rinarli yutuqlarga erishildi. Biroq koalitsiya missiyani tugatishi bilan ushbu yutuqlar susayishi va aksar xalq mamlakatni tark etishi mumkin.

Fuqaro nazarida mamlakatda saylovlar tinch va odilona o’tishi hamda chet ellik kuchlar shu yil oxirigacha qolishi yurt huzuri uchun yagona yo'l. Biroq saylov yakunlari va siyosiy ahvol qay tomon burilishini zamon ko’rsatadi.
XS
SM
MD
LG