Payshanba, 30-iyul, 2015 Toshkent vaqti: 03:00

Siyosat

Kelasi bir yilda 34 ming amerikalik askar Afg’onistonni tark etadi

Amerika Ovozi
Afg’oniston hukumati prezident Barak Obamaning mamlakatda xizmat qilayotgan qo’shinlarning yarmini, 34 ming askarni kelasi bir yil ichida olib chiqish rejasini olqishlamoqda.

Obama bu haqda kecha xalqqa murojaatida to’xtaldi.
 
Afg’oniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Muhammad Zohir Azimiyning aytishicha, xalqaro koalitsiya ketgach, afg’onlar mas’uliyatni zimmasiga olishga tayyor.

2014-yilgacha xavfsizlik butunlay Afg’oniston armiyasiga yuklanishi kerak.
 
Tolibon nazarida xorij qo’shinlari mamlakatni hoziroq tark etishi shart. NATO harbiylari chiqib ketgach, Afg’oniston yana beqarorlikka yuz tutishi mumkin, degan xavotir bor.

Prezident Hamid Karzay ma'muriyati Obamaning bayonotini ijobiy kutib olgan. Uzoq kutilgan so'zlar bu, deydi mahalliy rasmiylar.

Xorijlik askarlar Afg'oniston qishloqlaridan ketsa, tinchlik va barqarorlikka tezroq erishamiz, deydi ular.

Avvalroq Amerika boshliq koalitsiya mamlakatdan yozda chiqa boshlashi rejada edi, biroq yangi taklifga ko'ra, qo'shinlar bahordayoq vatanga jo'nay boshlaydi.

Urush avj pallaga chiqqanida Amerikaning Afg'onistondagi askarlari soni taxminan 100 ming kishini tashkil etgan edi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amerika qamoqxonalari gavjumi
X
29.07.2015 20:20
AQSh qamoqdagi mahbuslar soni bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda turadi – 2.3 million odam panjara ortida. Prezident Obamaning aytishicha, davlatga qimmatga tushayotgan axloq tuzatish sistemasini tubdan isloh qilish kerak.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Qol Sharif masjidi, Qozon, Tatariston
  • Yahudiylar yangi uylari buzilayotganidan norozi. Isroil sudi ularning arab yerlarida qurilgan posyolkalarini noqonuniy deb topdi.
  • Kalkutta, Hindiston
  • Yangi teleskop, Xitoy
  • Shengshan oroli, Xitoy
  • Janubiy Koreya
  • Fransiyada yozgi bayram
  • Parij muzeylarida
  • "Chevron" neft korporatsiyasiga qarashli zavod, Kaliforniya shtati
  • Florida shtati, Atlantika okeani bo'yida

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI