Shanba, 28-fevral, 2015 Toshkent vaqti: 18:51

Madaniyat

Afg’oniston yoshlar orkestri AQSh bo'ylab safarda

2010-yildan beri Kobulda Milliy musiqa instituti ishlaydi. O'zining orkestri bor.
2010-yildan beri Kobulda Milliy musiqa instituti ishlaydi. O'zining orkestri bor.
Amerika Ovozi
Mashaqqatli janglar hamon davom etayotgan Afg’onistonda uzoq yillar taqiqlangan kuy-qo’shiqlar qayta jonlanmoqda.

Afg’oniston yoshlar orkestri Vashingtonda
Afg’oniston yoshlar orkestri Vashingtondai
|| 0:00:00
...    
🔇
X

2010-yilda, masalan, Afg’oniston yoshlar orkestri ta’sis etildi. Oxirgi 30 yilda tuzilgan birinchi orkestr. Bugun uning sozandalari Amerikaning mashhur konsert zallarida kuy ijro etayapti.

Afg’oniston yoshlar orkestri Virjiniyaning Aleksandriya shahrida afg’on jamoasiga konsert berayapti.
 
Kelasi bir necha kun davomida ular jahonning eng taniqli musiqa dargohlari – Vashingtondagi Kennedi markazi va Nyu-Yorkdagi Karnegi Xollda chiqish qiladi. 
 
Orkestr asoschisi Ahmad Sarmast bu mas’uliyatli pallaga jiddiy tayyorgarlik ko’rdik, deydi:
 
“Yosh iste’dod vakillari musiqa olamiga endi kirgan damlaridayoq shunday noyob bir imkoniyat bilan yuzlashmoqda. Hammamiz shodmiz. Zo’r konsertlar berishga tayyormiz”.

Ansamblning Kobuldan AQShga safarini Amerikaning Afg’onistondagi elchixonasi moliyalamoqda.
 
Mamlakatda Tolibon boshqaruvga kelganida musiqani butkul taqiqlagan edi.
 
Lekin 2010-yildan beri Ahmad Sarmast Kobulda Milliy musiqa institutini yuritib keladi. Orkestr ham shu dargoh mevasi:
 
“Bu safardan, umuman, loyihadan maqsad Afg’onistonning jamoatchilik hali bilmagan qiyofasini namoyish etish edi. Afg’onlar haqida tasavvurni o’rgartirish edi”.
 
Sozandalarning yoshi 10-22 atrofida. Aksariyati yetim, qarovsiz bolalar. Orasida qizlar ham bor.

Holbuki, toliblar davrida qizlar sakkiz yoshga yetgach, maktabga qatnashi mumkin emas edi.

Violonchel chaladigan Nazira Amerikaga kelganidan boshi osmonda:
 
“Rosa muhim va yaxshi yil bo’ladi shekilli, qarang, Amerikada konsert o’tkazayapmiz. Har kuni ertalab soat 8 dan kunduz 3 gacha mashq qilganimiz zoye ketmadi”.
 
Oy boshida Vashingtonda mehmonlarni Davlat kotibi Jon Kerri qarshi oldi:

“Tinchlik elchilari yurtimizga qadam ranjida qilganidan mamnunmiz”.
 
Vashingtondagi Kennedi markazida, keyin esa Nyu-Yorkdagi Karnegi Xoll zalida kuy ijro etgach, bu iste’dod sohiblari vatanga, Kobulga qaytadi.

Afg'on sozandalar Amerikada konsert berdi/Afghan youth orchestrai
X
21.02.2013 05:33
Mashaqqatli janglar hamon davom etayotgan Afg'onistonda uzoq yillar taqiqlangan kuy-qo'shiqlar qayta jonlanmoqda. 2010-yilda, masalan, Afg'oniston yoshlar orkestri ta'sis etildi. Oxirgi 30 yilda tuzilgan birinchi orkestr. Bugun uning sozandalari Amerikaning mashhur konsert zallarida kuy ijro etayapti.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Nyu-Yorkda yangi shaxsiy guvohnomai
X
27.02.2015 10:05
AQShda immigratsiya tizimi islohoti juda sust, ko’plab shtatlar va hatto shahar hamda tumanlar bu boradagi muammolarni o'zlari hal etishga harakat qilmoqda. Masalan, Nyu-York shahrida noqonuniy muhojirlarga hokimiyat hujjat beradi. Shaharda hamma shunday guvohnoma olishga haqli.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • 2015
  • 2010
  • 2012
  • 2012
  • 2011
  • 2011
  • 2012
  • 2012
  • 2012
  • 2012
  • 2011
  • 2012

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI