Breaking News

Fermer ayollar huquqlari xalqaro tashkilotlar e'tibor markazida


Rivojlanayotgan mamlakatlar qishloq xo’jaligida asosan xotin-qizlar mehnat qiladi. Ko’plab jamiyatlarda ular doimiy ta’qib ostida. Kredit olish amri mahol. Davlat organlari ularni hurmat qilmaydi. Ayol dehqonlar huquqlarini ta’minlash bugun global hamkorlik kampaniyasiga aylangan.

Gender va qishloq xo’jaligi hamkorligi deb nomlangan tashkilot BMT agentliklari, nodavlat tashkilotlar va faollardan tashkil topgan.

Mark Xolderness guruh yetakchilaridan.

Haqiqat shuki, deydi u, qishloq xo’jaligini ayollar tebratadi va aynan ular adolatsizlik qurbonlari.

YUNICEF (UNICEF) tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, Afrikaning ayrim davlatlarida qishloq xo’jaligida ish kuchining 75 foizi ayollarga to’g’ri keladi. Ammo ular yer egalarining atigi 10 foizi. Guruch asosiy oziqa sanaladigan Janubi-sharqiy Osiyoda ayollar sholining 90 foizini yetishtiradi, ammo u yerda ham yerga xo’jayinlarning bor-yo’g’i 10 foizi - bu jins vakillari.

Oila boqish, farzandlar tarbiyasi – ayollar bo’ynida. Ular qancha ko’p salohiyatga ega bo’lsa, yosh avlod shunchalik foyda ko’radi, jamiyat oldinga siljiydi.

Fermer ayollar bugun misli ko’rilmagan muammolar bilan yuzlashadi, deydi Mark Xolderness.

“Masalan, qishloqda uyali telefonlar ko’p bo’lsa-da, ulardan asosan erkaklar foydalanadi. Xotin-qizlar yangi ma’lumot, bilim olishga qiynaladi, o’qiyman deganlari ham turli to’siqlarga duch keladi”.

Bu muammolar anchadan buyon ma’lum bo’lsada, ularni hal etishga yetarli e’tibor berilmagan, deydi Xolderness.

Gender va qishloq xo’jaligi hamkorligi tashkiloti xalqaro jamoatchilik e’tiborini ayollar ahvoliga qaratib, har bir hukumatni jiddiy choralar ko’rishga undamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG