Breaking News

Nyu-Yorkda yana bir o'zbek "Islomiy davlat"ni quvvatlaganlikda ayblanmoqda


Bruklin tumanidagi federal sud binosi, Nyu-York
Bruklin tumanidagi federal sud binosi, Nyu-York

Nyu-Yorkning Bruklin tumanida yana bir o'zbekistonlik "Islomiy davlat" guruhini qo'llab-quvvatlashga uringanlikda ayblanmoqda. 29 yoshli Akmal Zokirov ikki nafar xonadoshining Suriyaga jo'nashiga va terrorchilar guruhiga qo'shilishiga yordam bergan, deya bildirmoqda federal prokuratura.

Zokirov payshanba kungi Bruklindagi sud jarayonida ayblovlarni rad etgan.

Uning xonadoshlari - 24 yoshli Abdurasul Jo'raboyev va 19 yoshli Ahror Saidaxmetov avvalroq hibsga olingan edi.

Ular "Islomiy davlat" guruhiga qo'shilib, so'ng Amerikaga qaytishni va politsiyaga hujumlar uyushtirishni rejalaganlikda aybalanayapti. Har ikkisi ayblovni inkor etadi.

Bundan tashqari, yana ikki shaxs - Ahror Habibov va Dilhayot Qosimov hamrohlarining Suriyaga safari uchun moliya jamg'arishga uringanlikda ayblanmoqda.

Rasmiylarning aytishicha, Zokirov ham moliya to'lashga madad bergan. Aybdor topilsa, 30 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

“Terror tashkilotiga har qanday moddiy yordam nafaqat davlatimiz xavfsizligiga tahdid balki federal qonunlarga zid harakatdir. Bu hoda, Zokirov terror harakatlarini moliyalashga bel bog'lagan guruhning bir qismi bo'lgan. Yaxshiyamki, Federal qidiruv byurosining Terrorizmga qarshi maxsus kuchlari bu ishdan vaqtida xabar topdi va bu harakatni to'xtatdi",- deydi Federal qidiruv byurosi rahbari muovini Diyego Rodrigez.

Rasmiyning aytishicha, Amerika va chet elda, hamkor tomonlar bilan razvedka ma'lumotlari almashilgan holda maxsus operatsiyalar davom etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG