Shanba, 30-avgust, 2014 Toshkent vaqti: 23:13

Siyosat

Jazoirda garovdagilar holi nima kechdi?

Hindiston, pokistonlik konchilar Jazoirdan evakuatsiya qilinmoqda.
Hindiston, pokistonlik konchilar Jazoirdan evakuatsiya qilinmoqda.

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Jazoir dashtida jangarilar garovga olgan o’nlab odamlar taqdiri noma’lum qolmoqda. Kecha Jazoir harbiylari Ain Amenas zavodiga hujum qilib, xorijlik va mahalliy bir necha ishchini ozod qilgani aytiladi. Biroq tutqunlar va jangarilar orasida o’lganlar bor.
 
Chet el hukumatlari reyd haqida oldindan ogoh qilinmagan va xorijlik 41 ishchining holini aniqlash harakatida. To’rt nafari, xususan, uch yapon va irlandiyalik sog’-omon ekani ma’lum.
 
Garovdagilar orasida Amerika, Yaponiya, Norvegiya, Ruminiya, Filippin, Britaniya, Fransiya, Malayziya va Avstriya fuqarolari bor. Jazoir davlat matbuoti xabariga ko’ra, reyd paytida mahalliy 600 xodim qo’yib yuborilgan.
 
Uch kun oldin al-Qoidaga aloqador ekani aytilayotgan guruh inshootga bostirib kirgan, Fransiyaning Malidagi harbiy operatsiyasiga javob bu, degan edi. Jazoir armiyasi zavodni qurshovga olib, jangarilar bilan muzokaraga kirib o’tirmay hamlaga o’tgan va G’arb yordamini qabul qilishdan bosh tormoqda.
 
Mali armiyasi Fransiya va qo’shni davlatlar zobitlari yordamida jangarilar bilan olishishda davom etib, bugun markazdagi Konna shahrini qayta qo’lga olgan. Mali rasmiylarining aytishicha, olishuvda isyonchilar qattiq talofat ko’rgan.
 
Ekstremist kuchlar o’tgan hafta aynan Konnani bosib olgach, Fransiya o’z sobiq mustamlakasiga qo’shin kiritishga majbur bo’lgan edi.

Hukumat avval ham shaharni jangarilardan tozalaganini ma’lum qilgan edi, lekin xorij ommaviy axborot vositalari faoliyati cheklangani bois buni mustaqil tarzda tasdiqlash mumkin emas.
 
Fransiya va G’arbiy Afrika zobitlarining bir haftalik bosimi ish berib, shimolda faol al-Qoidaga aloqador kuchlar chekingan, lekin ular avval o’ylanganidan puxtaroq qurollangani aytiladi. Diabali shahrida kecha fransuz askarlari va ekstremistlar o’rtasida shiddatli janglar kechgani ma’lum. Hozir Malida 1400 fransuz harbiysi bor.
 
Amerika g’arblik zobitlarni va qurol-aslahani manzilga eltishga yordam berishga rozi, ammo Vashington o’zi Maliga askar yuborish niyati yo’q.
 
Chegara bilmas shifokorlar mamlakatda oddiy aholi xavf ostida ekani, olovli nuqtalarga dori-darmon yetkazish qiyin ekanini bildiryapti. Xususan, beqaror Konna shahriga kirish-chiqish yopib qo’yilgan.

Malidagi mojaro:

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Yadroviy qurollar xavfsizligi - Nuclear Missile Safetyi
X
29.08.2014 22:39
1945-yil 6-avgustida Qo’shma Shtatlar Yaponiyaning Xirosima shahriga atom bombasi tashlagan. Cheksiz talofat keltirgan. Shu bilan dunyoda yadro qurollari poygasi boshlangan. Yadro arsenalining eng katta qismi ikki davlat hissasiga to’g’ri keladi - AQSh va Rossiya.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Yangi Gvineyada vulqon otildi
  • London ko'chalarida
  • Liberiyada ebola kasalligiga qarshi kurash
  • Gruziyada Rossiyaga qarshi namoyishlar
  • Luiziana shtati, Amerika
  • Donetsk, Ukraina
  • Kaliforniya shtati, Amerika
  • Hindiston
  • Slovakiya
  • Shimoliy Koreya
  • Pekin, Xitoy
  • Gollivud yulduzlari Bred Pitt va Anjelina Joli nikohdan o'tdi - qo'g'irchoqlar
Fotogalereya

Fotogalereya Kaliforniya shimolida zilzila, 6 balda

24-avgust kuni Kaliforniya shtati shimolida yer qimirladi. Uning kuchi 6 balni tashkil etgan. Hududda azaldan zilzila ehtimoli yuqori. Binolar vayron bo'lgan, yong'inlar va elektr tarmoqlarida uzilish kuzatilgan. Hech kim o'lmagan. Lekin tunda yuz bergan tabiiy ofat aholi orasida katta vahima uyg'otgan. Zilzila ayniqsa Napa shahrida qattiq sezilgan.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbek shoirasi Zulfiya Boboyeva xonadonida - Tojikistonning Mujun qishlog'idan fotolavha

Tojikiston aholisining 24 foizi, ikki millondan ortig’ini o’zbeklar tashkil etadi. Ular orasida yuzdan ortiq shoir va ijodkorlar bor. Respublika shimolining O’zbekiston va Qirg’iziston bilan chegaradosh G’onchi nohiyasining so’lim Mujun qishlog’ida o’zbek adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri, shoira Zulfiya Boboyeva yashaydi. So’g’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi va G’onchi nohiyasi raisi Zafar Ismoilzodaning joriy yil 30-iyulidagi qarori bilan Tojikiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Maftun Jo’ra nomidagi adabiy mukofot laureati Zulfiya Boboyevaning 60 yoshlik yubiley tantanalari bo'lib o'tdi. Tadbir uning xonadonida kechdi. Shoira yura olmaydi. Boshlang’ich maktabda o'qib yurganidan beri aravachaga mixlanib qolgan. Ijod uning hayoti mazmuniga aylangan. Yosh qizaloq she'rga havas qo’yib, mustaqil o’qib o’rganadi, ma’lumotli bo’ladi. O’zining she’riy satrlarida bitganidek: Bo’ldilar she’rim bayotim-sabrim saodati, Yo’g’rildi shu sabab ishqqa ko’nglimning toati!
Fotogalereya

Fotogalereya Tripolidagi xalqaro aeroport jangarilar qo'liga o'tdi

Muxolifatdagi islomiy guruhning qurollangan vakillari Liviya poytaxti Tripolidagi xalqaro aeroportni egallab oldi. Ular amaldagi parlament faoliyatini noqonuniy deb hisoblab, avvalgi Milliy Kongressning qayta tiklanishini talab qilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Donetskda o'ziga xos parad

Ukraina mustaqillik bayramini nishonlar ekan, sharqda bo'lginchilar asirdagi askarlarni ko'chalardan namoyishkorona olib o'tishdi

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI