Shanba, 18-may, 2013 Toshkent vaqti: 21:46

Amerika

Sharq musiqasini G’arbda rivojlantirayotgan san’atkor

Matn hajmi - +
Amerika Ovozi

Texas poytaxti Ostin jahon musiqasida alohida o’ringa ega. 1970-yillarda bu yerda rok-n-roll va kantri musiqasi mashhur edi. Hozirda esa dunyoning turli qismlaridan kelgan san’atkorlar uchun ijod qilish imkoni bor. Eronlik Farid Shafinuriy (Fared Shafinury) musiqachi va bastakor. Noyob ohanglar yaratadi.

Ostindagi uyida Farid Shafinuriy setor chalyapti.

Eronliklar uchun bu ohang vatan sadosi. Amerikaliklar ham mahliyo.

“Amerikaliklarga bu musiqa juda noyob, sirli va qiziqarli tuyuladi, nazarimda,” - deydi musiqachi.

Kun issiq. Farid do’stlari davrasida. Musiqa chalib hordiq chiqaradi odam, deydi u.

“Musiqada ham quvonch, ham qayg’u bor. Menga shunisi yoqadi,’’ - deydi uning do'stlaridan biri.

Farid Shafinuriy Texasdagi uyida
Farid Shafinuriy Texasdagi uyida
Yana biriga ham bu ohanglar maqul: “Bu musiqa qalbingizga kirib boradi. Nazarimda, uning ta’siri juda chuqur”.

Shon Beyli rok va blyuz uslubida musiqa chaladi. Lekin forscha ohanglar ham jonu dili.

“Men barcha uslubdagi musiqani eshitishni yoqtiraman. Va chalib ko’rishga harakat qilaman. Farid chalayotgan musiqa notalarini topishga urindim," - deydi u.

Farid Shafinuriy Texasda tug’ilib o’sgan. Ota-onasi eronlik muhojirlar. Uyida doimo forscha qo’shiqlar yangragan. Lekin yigit kantridan tortib to Meksika milliy musiqasigacha – turli uslublarga qiziqadi.

“Kimsan deb so’rashsa, eronlik, amerikalik… Texaslikman deyman”.

Musiqa kimligimni aks ettiradi, deydi u.

Farid chaladigan musiqa turli madaniyatlar qorishmasi. Bugungi dunyo o’zi shunday, deydi u.

Forscha musiqada improvizatsiya kuchli, deydi suhbatdosh.

“Jazzga juda o’xshaydi. Fors musiqasida turli gammalar bor va ular ichida turli diapazondagi ohanglar mavjud. Har bir diapazonda erkinlik bilan improvizatsiya qilish mumkin. Bu sizga yangi musiqa yaratish imkonini beradi”.

Farid nafaqat yakkaxon musiqachi, balki eronlik va amerikalik do’stlari bilan “Tehronazavr” deb nomlangan guruh ham tuzgan.

“Niyatim shu. Turli madaniyatlar va xalqlar orasidagi aloqalarni mustahkamlash, o’zaro tushuncha va hamjihatlik uchun xizmat qilish,” - deydi u.

San’atkor gastrollarga borishni yaxshi ko’radi. Farid Shafinuriy va “Tehronazavr” guruhi yaqinda San Fransiskoda konsert berdi.

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Kobul
  • Fransiya sohillarida
  • Zimbabve
  • Bangladesh
  • Berlin muzeylarida
  • Ispaniya
  • Indoneziya moda sahnalarida
  • Kanada akvariumida
  • Janubiy Koreya ibodatxonalarida
  • Galaktikaga nazar
  • Pokiston

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI