Breaking News

Amerika musulmonlari radikal g'oyalarga qarshi qanchalik kurashyapti?


Amerika - bizmiz, Virjiniya musulmonlari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:34 0:00

Amerika - bizmiz, Virjiniya musulmonlari

"Islomiy davlat" jangari guruhi sodir etgan terror xurujlari va AQShda prezidentlik uchun nomzod Donald Trampning musulmonlarni Amerikaga kiritmaslik haqidagi taklifi turli nozorilik va bahslarni keltirib chiqardi. Ayni paytda ayrim amerikaliklar musulmonlar terrorchilarni yetarli darajada qoralamayapti, degan fikrda. Ammo bunday da'vo to'g'ri emas, deydi AQSh musulmonlari.

"Biz Amerika jamiyatining bir qismimiz. Boshidan Amerika tarixining bir parchasi bo'lganmiz", - deydi Ahmed Mash'al ismli musulmon.

AQShda, taxminan, yetti million musulmon yashaydi. Vashington yaqinidagi mana bu masjid ham juma namozida musulmonlar bilan liq to'ladi. Ular orasida yangi muhojirlar, 1, 2 va 3-avlod amerikaliklar bor.

"Islomiy davlat" to'dasi tomonidan va undan ilhomlanib amalga oshirilgan so'nggi xurujlar ko'plab musulmonlar uchun 11-sentabr dahshatini hali unutmagan Amerika jamiyatida yashashni yanada qiyinlashtirgandek bo'ldi.

AQShda tug'ilgan, shu yerda ta'lim olib ulg'aygan ko'plab musulmonlar Islom nomi ostida tarqalayotgan radikal g'oyalarga qarshi kurashishni o'z burchi deb biladi.

Shimoliy Virjiniya Islom markazi a'zolarining aytishicha, terrorchilar o'ljasiga aylanishi xavfi yuqori bo'lgan yolg'iz va jamiyatdan ajralib qolgan shaxslarni himoya ostiga olish kerak.

"Yoshlarning yolg'iz yoki jamiyatdan ajralgan holda yashashiga yo'l qo'ymasdan, barchani qamrab oladigan, yoshlarga jamiyatda ish va o'z joyini topishiga yordam beradigan jamoa bo'lishimiz kerak", - deydi Mash'al.

"Musulmonlar ko'proq o'z qarashlarini bildirishi kerak. Noto'g'ri odamlar nomini o'g'irlagan dinimizni himoya qilib, aziyat chekkanlarga marhamat ko'rsatishimiz kerak", - deydi Ali ismli yana bir musulmon.

"Dinimizdan o'z maqsadlari yo'lida foydalanishga urinayotgan guruhlar bor. Jamoamiz va amerikaliklar shu narsani bilishini ta'minlashimiz kerak", - deydi Jakir Choudxuri.

Oxirgi yillarda o'tkazilgan so'rov va tadqiqotlarning ko'rsatishicha, AQShda terror xurujlarining oldini olishda musulmonlarning hissasi katta bo'lmoqda.

Ammo Pyu tadqiqot markazi so'roviga ko'ra, amerikalik musulmonlarning yarmi diniy yetakchilar terrorizmga qarshi yetarli tashviqot olib bormayapti, degan fikrda.

"Musulmon yetakchilar uzoq vaqt sukut saqladi. Oyoqqa turib, dinimizni o'g'irlagan kimsalardan uni tortib olish fursati keldi. Afsuski, bu vazifani bajarishda muvaffaqiyat qozona olmayapmiz", - deydi markaz prezidenti Muhammad Foruq.

Islomiy markaz rahbarining aytishicha, hozir masjiddagi ibodat va xizmatlarning barchasi internet orqali jonli namoyish qilinmoqda. Maqsad - odamlar Islom haqida ko'proq bilsin, deydi u.

XS
SM
MD
LG