Breaking News

AQSh Afg'onistonda harbiy jinoyatlarni taftish qilmaganlikda ayblanmoqda


NATO va afg'on harbiylari, Kobul, 10-avgust, 2014-yil
NATO va afg'on harbiylari, Kobul, 10-avgust, 2014-yil

Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi Xalqaro Amnistiya tashkiloti Qo’shma Shtatlarni Afg’onistonda harbiy harakatlar paytida nobud bo’lgan afg’onlarning o’limi yuzasidan tergovlarni qoidaga ko’ra olib bormaganlikda ayblamoqda.

Guruh hisobotida aytilishicha, 2009-yildan 2013-yilgacha bo’lgan davr mobaynida 140 dan ziyod odamning o’limiga doir 10 holat o’rganib chiqilgan. Barchasi AQSh harbiy harakatlari oqibatida nobud bo’lgan. Qurbonlar orasida homilador ayollar va bolalar ham bo’lgan.

Xalqaro Amnistiya vakili Richard Bennettning aytishicha, AQSh armiyasi hech bir holatni tergov qilmagan.

Faolga ko’ra, Qo’shma Shtatlar zobitlarining tinch fuqarolar o’limiga yetaklagan noqonuniy harakatlarini deyarli hech qachon tekshirmagan.

AQSh harbiy adliya tizimini isloh qilishi zarur, deydi Bennett. Xalqaro Amnistiya hisobotida Afg’oniston hukumatidan AQSh va NATO bilan imzolanadigan bo’lajak xavfsizlik bitimlariga fuqarolarning noqonuniy o’ldirilishini tergov qilish talabini kiritishni so’raydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG