Seshanba, 22-iyul, 2014 Toshkent vaqti: 12:20

Markaziy Osiyo

Surat Ikromov: Siyosiy mahbuslarning amnistiyadan nasibasi yo'q

Jasliq qamoqxonasi
Jasliq qamoqxonasi

Multimedia

Audio
O’zbekistonda Konstitutsiyaning 20 yilligi munosabati bilan amnistiya bo’yicha mahkumlarni ozod etish jarayoni davom etmoqda. Lekin bu avf soni oshib borayotgan siyosiy mahbuslar uchun biror o’zgarish qilishi gumon.

Faollar fikricha, davlatning qora ro’yxatiga kirgan bu insonlar hech qachon amnistiyaga tushmaydi.

Har yili yangi amnistiya qarori chiqqach, siyosiy mahbuslar ham avf etilarmikan, degan savol tug’iladi.

Ayrimlari hatto asosiy jazo muddatini allaqachon o’tab bo’lgan, ammo hanuz panjara ortida. Faollar buning sababini davlatning qora ro’yxatiga bog’lashadi.

Inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromovning aytishicha, ro’yxat tobora uzayib bormoqda.

“Bular sirasiga salkam 11 ming diniy e’tiqod mahbuslarini, muxolifat, huquq himoyachilarini kiritish mumkin. Keyingi paytda ro’yxatga tadbirkorlar ham kiritilmoqda. Bizdagi ma’lumotga ko’ra, “Rustambank” asoschisi Rustam Usmonovga nisbatan jazo muddati yana besh yilga uzaytirilgan. Uning yoshi ham 65 dan o’tib qolgan, muddati tugagan. Shu yil chiqishi kerak edi, lekin jazo muddatini yana cho’zishgan”, - deydi Ikromov.

Senat qabul qilayotgan amnistiya faollarni mutlaqo chetlab o’tayapti, deb bo’lmaydi.

O’tgan yili, masalan, bir necha siyosiy mahbus va huquq himoyachilari qo'yib yuborildi.

Inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Surat IkromovInson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov
x
Inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov
Inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov
Biroq ularning ozod etilish shartlari juda qaltis. Ayrimlari shoir Yusuf Juma singari  O’zbekiston fuqaroligidan mahrum qilinib, yurtdan badarg’a qilindi.

Ba’zan huquq himoyachisi Norboy Xoljigitov kabi sog’ligini mutlaqo yo’qotib, hech narsaga yaramaydigan holatda chiqadi.

“Hozirgacha amnistiya bilan chiqqan huquq himoyachilari misolida aytish mumkinki, sog’ligi keskin yomonlashgan, og’ir kasal faollargina ozod etilmoqda. Asosan, shu narsaga e’tibor qilinmoqda”, - deydi Ikromov.

Mazkur toifadagi mahbuslar amnistiyaga tushishi uchun prezidentga pushaymonlik arizasi bilan murojaat qilishi kerak.

Ikromovning aytishicha, ayniqsa, diniy e’tiqod tutqunlari shu kabi shartlar bilan ruhiy va jismoniy qiynoqlarga solinadi.

“Bu yil diniy e’tiqod bo’yicha qamalgan ayollarga muddat qo’shib berilmayotgani kuzatilyapti. Lekin erkaklarga munosabat o’zgarmagan. 159, 244 hamon qattiq jinoyat sifatida ko’riladi, nazoratda turibdi. Ularga amnistiya tegishi qiyin”, - deydi suhbatdosh.

Inson huquqlari tashabbus guruhi faollaridan biri, odam savdosiga qarshi olib borgan kurashi tufayli tazyiqqa uchrab qamalgan Gulnoza Yo’ldosheva yaqinda ozodlikka chiqqan sanoqli huquq himoyachilaridan.

“Amnistiya bilan ozod etildim, lekin bir narsa armon bo’lib qoldi. Biz ariza bilan rahbariyatga murojaat qilar ekanmiz, ariza qonun doirasida ko’rib chiqilishiga umid qilamiz, shuning uchun yozamiz. Ularning nazariga tushish maqsadida emas”, - deydi Yo’ldosheva “Ozodlik” radiosiga bergan intervyusida.
"Sog’ligi keskin yomonlashgan, og’ir kasal faollargina ozod etilmoqda".


“U Chinoz tumanidagi odam savdosi bilan shug'ullangan guruhni fosh qilishga uringan. Bu guruh tarkibida militsiya, hokimyat vakillari ham bo’lgan. Ular Gulnozani qamatishga muvaffaq bo’lishdi. To’qqiz oyga yaqin qamoqda o’tirdi va amnistiyaga tushdi. Qamoqxonaga borgan televideniye xodimlari undan pushaymonlik haqida ko’rsatuvda qatnashishni ham so’rashgan, lekin Gulnoza xohlamagan”, - deydi Inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari.

Siyosiy mahbuslar sirasiga kiruvchi muxolifatchilarga munosabat ayovsizligicha qolmoqda. Sobiq deputat, muxolifat faoli Murod Jo’rayev 17 yildirki hanuz turmada.

Senat amnistiya e’lon qilishi arafasida Jo’rayevning jazo muddati ichki tartibni buzish aybi bilan yana to’rt yilga uzaytirilgan edi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, uning shikoyat arizasini ko’rib chiqqan apellyatsion sud to’rt yillik jazoni o’z kuchida qoldirgan.

Bu qaror Jo’rayevning qamoq muddatini umumiy hisobda 21 yilga cho’zdi.

Jasliq qamog'iga nazar:

  • Jasliq qamog'i. 29-sentabr, 2003-yil
  • Jasliqda tushlik ovqat payti. 2003-yil, 29-sentabr.
  • Qamoqxona kutubxonasida. 2003-yil, 29-sentabr.
  • Mahbuslar tushlikka chiqmoqda. 2003-yil 29-sentabr.
  • Mahbuslar oilalar bilan ko'rishmoqda. 2003-yil, 29-sentabr.
  • Jasliqda tushlik ovqat payti. 2003-yil, 29-sentabr.
  • Jasliqning oshxonasi. 2003-yil, 29-sentabr.
  • Jasliqning novvoyxonasi, 2003-yil, 29-sentabr.
  • Mahbuslar futbol o'ynamoqda. 2003-yil, 29-sentabr.
  • Jasliq bandisi. 2003-yil, 29-sentabr.
  • Jasliq. 2003-yil, 29-sentabr.
  • Jasliqda tushlik ovqat payti. 2003-yil, 29-sentabr.
  • Qamoq kutubxonasida ma'rifat darsi. 2003-yi, 29-sentabr.
  • Jasliq. 2003-yil, 27-sentabr.
  • Kuzatuv minorasi. 2003-yil, 28-sentabr.
Mazkur forum yopiq.
Izohlarni tartiblashtirish
Izohlar
     
Fikr bildiruvchi: Ibohim El-Khoshimiy E-mail adresingiz: USA
14.01.2013 21:35
Bismillahir Rohmanir Rohiym !
I.A.Karimovning va boshqa Turonda joylashgan respublika rahbarlarining bu siyosatlari hatoligini ispotlayapti, ularning
davlatlari negizidagi mafkura ham hato.
Chunki Turonda joylashgan barcha respublikalar Sovet Ittifoqi
rahbarlari buyrigi bilan tuzilgan buni hamma bilabi, lekin men
ularni ayblamoqchi emasman, yahshi niyatda shunday qilishgandur.
Hafa bo'lmanglar baurlar, lekin o'zlaring bilasizlar "O'zbek" degan
nom O'zbekistonliklarga umuman to'g'ri kelmaydi, chunki bu bir Turkiy nom, to'rirog'i ko'chmanchi Turkiylardan meros.
Turonda juda katta tarihga ega "Qipchoqlar", "Qanglilar", "Turkmanlar", "Uyg'urlar", "Qirg'izlar", "O'tror Turklar" va
"Forslar" yani "Tojiklar" bor, bu o'lka Fors va Turk tilli halq yaratgan madaniyat o'chog'i.
Har kim o'z Ota -Bobolari qanday atalgan bo'lsa shunday atalishi
kerak, men masalan "Ibrohim Halilulloh" millatidanman hozirgi
Qozoq milati tarkibidai "Ho'rason ho'ja"man.
Bizlar o'z-o'zimizni bilmasdan bir-birimizga zulm qilayapmiz,
bizlar bir-birimizga qarindosh bo'lib ketgan halqlarmiz.

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amerika Manzaralari/Exploring America, July 21, 2014i
X
22.07.2014 03:10
Har dushanba Toshkent vaqti bilan 15:30 da sun'iy yo'ldosh orqali uzatiladigan 30 daqiqali ko'rsatuv Amerikadagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manzara bilan tanishtiradi. Qolaversa, Qo'shma Shtatlar - Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi aloqalarni tahlil qiladi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Barak Obama G'azo va Ukrainadagi ahvol borasida bayonot berayapti.
  • Ukraina
  • Ukraina
  • Ga'zoda yuz bergan Isroilning navbatdagi havo hujumidan so'ng. 20-iyul kuni kamida 50 falastinlik halok bo'lgan, hujum boshlangandan beri o'lganlar soni esa 400 dan oshdi.
  • "Kosta Konkordia" kemasi Giglio oroli yaqinida. Ushbu kema 2013-yil boshida suv osti qoyasiga urilib, yaroqsiz holga kelgan edi.
  • Germaniya Gran-prisi avtopoygasida ishtirok etayotgan braziliyalik Felipe Massa birinchi burilishda mashinasi bilan ag'darilib ketdi.
  • Indoneziyalik talabalar global yo'lbarslar kuni munosabati bilan yuzlariga Sumatra yo'lbarsi timsolini chizmoqda. Sumatra yo'lbarsi yo'qolish xavfi ostida bo'lgan hayvonlardan biri bo'lib, ushbu jonivordan dunyoda jami 400 dona qolgani aytiladi.
  • Hindistonning Bubanesvar shahrida dehqonlar ko'chat ekmoqda.
  • "Tour de France" velopoygasi ishtirokchilari qadimiy Sisteron viloyatidan o'tmoqda.
  • "Tour de France" velopoygasi muxlislaridan biri musobaqa sharafiga osib qo'yilgan velosipedni minmoqda.
  • Germaniyaning Uplevard shahrida loyda chana uchish bo'yicha chempionat bo'lib o'tmoqda.
  • Plastik idishlardan tayyorlangan qayiq atrof-muhit himoyasiga e'tibor qaratish uchun Chex respublikasidagi Nimburk shahridan Germaniyaning Xamburg shahriga borish maqsadida Elba daryosida safarga chiqdi.
  • Xitoy poytaxti Pekinning Yuyuantan parkiga ulkan baqa timsoli o'rnatildi. 22 metrli ulkan "oltin baqa" xitoy madaniyatidagi boylik va omad ramzini ifodalaydi.
  • Janubiy Ispaniyadagi qo'riqxonada ona flamingo ko'plab jo'ja flamingolar bilan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 20-iyul, 2014-yil

Kunning muhim voqealari va dunyoning turli burchaklaridagi manzara suratlarda.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonlik ustalar Santa Fe xalqaro festivalida

Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi Santa-Fe shahrida har yili o’tadigan usta hunarmandlar festivali (Santa Fe International Folk Art Market) nufuzli davra hisoblanadi. Unga taklif qilingan chevar, kashtado’z yoki sozandaning ijodi so’zsiz tan olinadi. Qaysi davlatda bo’lmasin ularning mahsuloti darrov qo’lma qo’l bo’lib ketadi. Bu yilgi yarmarkada O’zbekistondan 25 kishi qatnashdi - eng katta jamoalardan biri. 11-13-iyul kunlari o’tgan tadbirda ustalar bir-biri bilan tanishdi, tajriba almashdi, mahsulotini sotdi, yangi xaridor va hamkorlar topdi va vatanga daromad bilan qaytdi. Bu esa, deydi hunarmandlar, yangi imkoniyatlarga yo’l ochadi. Yangi ish o’rinlari, ta’lim dasturlari, mustaqil faoliyat, erkin nafas va yurt taraqqiyoti uchun hissa degani bu.
Fotogalereya

Fotogalereya MH17 - Ukraina osmonida urib tushirilgan samolyot qoldiqlari va bugungi manzara

Ukraina hukumati Rossiyani ikki kun oldin Donetskda urib tushirilgan yo’lovchi samolyot qoldiqlari orasidan ashyoviy dalillarni yo’q qilishda separatistlarga yordam berayotganlikda ayblamoqda. Malayziya havo yo’llariga tegishli samolyot ichida 298 odam bo’lgan. Hammasi o’lgan. AQSh hukumatining tasdiqlashicha, samolyot yerdan nishonga olingan.
Fotogalereya

Fotogalereya Isroil piyoda kuchlari G'azoda hujumlarni davom ettirmoqda

8-iyulda boshlangan operatsiyada hozirgacha 300 dan oshiq falastinlik o’lgan. Uch kundirki, Isroil kuchlari G'azo sektorida yuzlab manzillarni o'qqa tutmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Dunyo ahli Ukrainadagi fojeadan dahshatda, 295 odam halok bo'lgan

Yo'lovchilardan 173 nafari Niderlandiya, 44 kishi Avstraliya, 12 odam Indoneziya, shuningdek, Britaniya, Germaniya, Belgiya, Kanada, Yangi Zelandiya va Filippin fuqarolaridir. AQSh razvedka agentliklarining tasdiqlashicha, samolyot raketa bilan urib tushirilgan va aynan Ukraina sarhadidan turib nishonga olingan. Samolyot havoda portlagan. Ukraina qurolli kuchlari bunday vositaga ega emas, deydi Amerika rasmiylari. Gumon shuki, samolyotni o'qqa olganlar - rusparast bo'lginchilar.
Fotogalereya

Fotogalereya AQShga noqonuniy kirib kelayotgan muhojir bolalar

AQShning janubiy chegaralarida noqonuniy muhojirlar muammosi gumanitar inqiroz sifatida baholanmoqda. Chegarani kesib o'tganlar orasida 50 mingdan ortiq voyaga yetmagan bola bor. Ular mahalliy va federal hukumat uchun yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainada Malayziya samolyoti quladi

Boeing-777 samolyoti 280 yo'lovchi va 15 ekipaj a'zolari bilan Amsterdamdan Kuala Lumpurga uchayotgan bo'lgan. Ukraina hukumati va isyonchilar bir-birini ayblamoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Isroil Falastin ahliga: tirik qolishni istasangiz, qoching!

Isroil G'azo sektorini havodan o'qqa tutishda davom etarkan, BMT uni va unga qarshi raketa otayotgan HAMASni sulh tuzishga undamoqda. AQSh vositachilik qilishga tayyor. Tomonlar murosadan yiroq. Isroil G'azo ahlini jon saqlash uchun uylarini tark etishga chaqirmoqda. HAMAS jangarilarini qirib tashlamaguncha, hujumlar to'xtamaydi, deya bildirmoqda bu davlat rasmiylari. Hozirgacha 200 dan oshiq odamning yostig'i qurigan.
Fotogalereya

Fotogalereya Slavyansk, Ukraina, 16-iyul, 2014

15-iyul kuni kechqurun Ukraina sharqida havo hujumlaridan 11 kishi o'lgan. Snijne shahrida binolar vayron bo'lgan. Hukumat separatistlarni ayblasa, separatistlar hukumatni ayblamoqda. Bugun Bosh vazir Arseniy Yatsenyuk Slavyanskda bo'lib, vaziyat bilan tanishdi. Rossiyani bo'lginchi kuchlar ortida turganlikda aybladi. Kreml nazarida esa barcha balolarda Kiyevning o'zi aybdor.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI