Shanba, 25-may, 2013 Toshkent vaqti: 08:26

Amerika

Amerikaliklar kuponsiz bozor qilmaydi

x

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
AQShda iqtisodiy ahvol hamon o’gir. Narx-navo osmonda. Hayot kundan-kunga qimmatlab bormoqda. Odamlar xarajatlarni kamaytirish payida. Mahsulot yoki xizmat uchun kamroq pul sarflashning bir yo’li – kuponlardan foydalanish. AQShda bunday qog’ozlar paydo bo’lganiga 125 yildan oshdi.

Amerikaliklar kuponsiz bozor qilmaydi/Navbahor Imamova
Loading
12:00:00 / -:--:--

Lora Xarders har juma oilasi uchun bozor qiladi. Qo’lida kerakli narsalar ro’yxati va bir dunyo kupon.

Lora 6 yildan beri kupon ishlatar ekan. Birinchi farzandiga homilador bo’lib, ishlamay yurganida ancha qiynalib qolgan. Ishdan bo’shashni o’ylab turgan ayol xarajatlarni kamaytirishi kerak edi.

"Ishga qaytmaslikka qaror qildim. Uy bekasiga aylandim. Lekin ayni vaqtda kamroq pul sarflashni ham o’rgandim”.

Kuponlar – amerikaliklarning jonu dili.(Reuters)Kuponlar – amerikaliklarning jonu dili.(Reuters)
x
Kuponlar – amerikaliklarning jonu dili.(Reuters)
Kuponlar – amerikaliklarning jonu dili.(Reuters)
​Lora ular bilan haftasiga to’rt baravar kamroq xarajat qiladi:

“Kuponlardan foydalanmay, narxning pasayishini kutmay bozor qilganimda, 80 dollar sarflardim. Endi esa 20 dollar ketadi, xolos”.

Kuponlarni esa turli manbalardan topish mumkin.

“Asosan yakshanba kungi gazetadan olaman kuponlarni. Internet ham yaxshi manba. Masalan, coupons.com, smartsource.com va mahsulot chiqaruvchilar veb sahifalari yordam beradi”.

Kuponlarni yoqtirmaydiganlar ham yo’q emas. Masalan, Meriam Sindi:

“Menimcha, bekorga vaqtingiz ketadi xolos. Bundan tashqari, bir narsa sotib olganimda, ichidan kupon chiqsa, undan vaqtida foydalanish esimdan chiqib qoladi. Keyin muddati o’tadi”.

Amerika tarixidagi birinchi kuponlar 1887-yilda Jorjiya shtati poytaxti Atlantada tarqatila boshlagan. Ular orqali tadbirkor o’z mahsuloti – koka-kola ichimligini pullagan. Kuponlar reklama vositasi, deydi mutaxassislar.

125 yil o’tib, firma va kompaniyalar kuponlar chiqarishda davom etmoqda. Maqsad o’sha-o’sha – savdo hajmini oshirish. O’zgargani – kupon tarqatish yo’llari, deydi Ferris Kaplan.

“Yoshlar kuponlarni uyali telefon orqali oladi. Pasaytirilgan narx haqidagi ma’lumot to’g’ridan-to’g’ri telefonga borib tushadi. Do’konga kirganda sotuvchiga shundoq telefonning o’zida kuponni ko’rsatish kifoya. Printerdan chiqarish yoki gazetadan qidirishga hojat yo’q”.

Hozir Amerikada kupon yoki chegirma taklif qilmaydigan do’konning o’zi yo’q, xoh yirik xoh kichik  bo’lsin. Turli bayramlar va ayyomlar arafasida savdoni qizitadigan shular.

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiyaning aytishicha, hujumchilar qassoblar ishlatadigan pichoqdan foydalangan. London, 23-may, 2013-yil.
  • Politsiya hujum ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
  • London meri Boris Jonson politsiya bilan gaplashmoqda.
  • Britaniyalik marhum zobitni xotirlab, oddiy fuqarolar keltirgan hadyalar.
  • Hujumdan keyin oddiy fuqarolar marhumni xotirlayapti.
  • Hamla kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI