Breaking News
Din

Ramazon oyi boshlandi


Kuala Lumpur, Malayziya
Kuala Lumpur, Malayziya

Musulmon dunyosida ro’za oyi boshlandi. Amerika rahbari Barak Obama o’z tabrigini yo’llab, tinchlik va xotirjamlik tilamoqda. Oq uyda yaqin kunlarda iftor dasturxoni yoziladi.

Braziliyada futbol bo’yicha jahon chempionati davom etar ekan, musulmon o’yinchilarga e’tibor katta.

Kim ro’za tutadi, bu uning o’ziga havola, deya bildiradi FIFA, xalqaro futbol federatsiyasi rahbariyati. Lekin o’yinchilar quvvatdan qolmasligi va jismonan baquvvat bo’lishi shart.

Islomga e'tiqod qiluvchilar dunyo aholisining qariyb chorak qismini tashkil etadi. 1,5 milliardga yaqin odam o'zini musulmon deb biladi.

Ro'za tutiladigan oyning o'ziga xosligi shundaki, bu davrda muqaddas kitob - Qur'on insoniyatga taqdim etilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG