Breaking News

"Islomiy davlat" Iroqning Ramadi shahrida hukumat binosini egalladi


Ramadi, Anbar poytaxtida jagnlar. 14-may, 2015-yil.
Ramadi, Anbar poytaxtida jagnlar. 14-may, 2015-yil.

"Islomiy davlat" jangari to'dasi Iroqning Ramadi shahrida hukumat binosini egallab, uning uzra qora bayrog'ini ko'targan.

Biroq iroqlik qonunchilarning "Amerika Ovozi"ga aytishicha, Anbar viloyatining poytaxti butunlay jangarilar nazoratida emas. Ramadi g'arbida harbiy markaz ishini davom ettirayapti.

"Islomiy davlat" tuni bilan portlashlar va hujumlar uyushtirib, shahar markaziga kirishga muvaffaq bo'lgan.

Bu hujum armiya uchun kuchli zarba. Hukumat kuchlari bir necha frontda jangarilar bilan olishayapti va shu yil boshida Tikrit shahrida qaytarib olgan edi.

"Islomiy davlat" guruhi bugun audio e'lon qilib, uni Abu Bakr al-Bag'dodiy yozganini da'vo qilayapti. Bag'dodiydan bir necha oydirki, xabar yo'q.

Yozuvda musulmonlar qo'lga qurol olishga undaladi va Suriya hamda Iroqdagi "xalifalik"ka ko'chishga da'vat etiladi.

Biror musulmon "Islomiy davlat" safiga qo'shilmasligi uchun asosli sabab bo'lishi mumkin emas, deyiladi unda. G'arb axborot agentliklari ovoz haqiqatda Bag'dodiyniki ekanini aniq aytish qiyin, demoqda.

Bu orada, Iroq Mudofaa vazirligining bildirishicha, chorshanba kungi havo hujumida "Islomiy davlat" to'dasi rahbarining muovini Abu A'lo al-Afariy yo'q qilingan.

"Islomiy davlat" faqat jangchi yollayotgani yo'q
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:16 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG