Juma, 25-aprel, 2014 Toshkent vaqti: 10:02

Huquq va qonun

Azimjon Asqarov BMTdan madad so'ramoqda

Azimjon Asqarov bir umrlik qamoq jazosiga mahkum etilgan
Azimjon Asqarov bir umrlik qamoq jazosiga mahkum etilgan
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Qirg'izistonda bir umrlik qamoq jazosiga mahkum etilgan o'zbek faoli Azimjon Asqarov BMT Inson huquqlari qo'mitasidan yordam so'ramoqda. 

Mahbusning advokatlari bugun bu borada ariza topshirgan. Asqarovning himoyachisi Nurbek Toktakunov Ochiq Jamiyat Institutining Adolat Tashabbusi nomli guruhi bilan hamkorlikda 115 betlik shikoyatnoma tayyorlagan.

Hujjatda qayd etilishicha, Asqarov begunoh va soxta ayblovlar bilan qamoqda o'tiribdi. Sud jarayoni biror xalqaro me'yorlarga javob bermagan, asl guvohlar tinglanmagan va Qirg'iziston hukumati haqiqatni bila turib adolatni ta'minlamayapti.

"Birlashgan Millatlar Tashkilotiga murojaat qilishimning sababi Qirg'izistonda qonun ustuvor emas. Rahbariyat konstitutsiyani chetga surib qo'ygan, unga amal qilmaydi",- deyiladi shikoyatnomada.

"Men aybsiz hibsga olingan, qiynoqqa solingan va adolatsiz sud oqibatida panjara ortida o'tirgan ko'plab insonlardan biriman",- deya yozadi Asqarov.

BMT Inson huquqlari qo'mitasi 18 ekspertdan iborat maxsus organ bo'lib, yilda uch marta yig'iladi. Bahorda Nyu-Yordagi bosh qarorgohda, yoz va kuzda esa Jenevada. Muhokamada jahon bo'ylab huquqqa doir ahvol, shuningdek, a'zo davlatlar fuqarolaridan tushgan shikoyatnomalar ko'rib chiqiladi. Oxirgi uchrashuv 15-oktabrdan 2-noyabrgacha Jenevada kechgan.

Yaqinda Azimjon Asqarov Nyu-Yorkda asoslangan tashkilot, Jurnalistlarni himoya qiluvchi xalqaro qo'mita (Committee to Protect Journalists) tomonidan yuksak sovrin bilan taqdirlangan edi. 

U 2010-yil iyun voqealari ketidan hibsga olinib, Jalol-Obod viloyatining Bozor-Qo'rg'on tumanida bir militsionerning o'limida va bir nechtasiga tan jarohati yetkazganlikda hamda qurol saqlaganlik, garovga olishga harakat qilganlik va etnik adovat qo'zg'atganlikda aybdor deb topilgan. 2011-yil dekabrida Oliy Sud uning ishini qayta ko'rib chiqib, hukmni o'z kuchida qoldirgan.

Jurnalistlarni himoya qiluvchi xalqaro qo'mita nazarida esa, Azimjon Asqarov begunoh qamoqda o'tiribdi.

Tashkilot tahlilicha, sudda keltirilgan dalillarning birortasi pichoqqa ilinmaydi, ko'rsatmalar qiynoqlar ostida olingan, ayblovlar soxtalashtirilgan.

"Azimjon Asqarovning yolg'iz aybi korrupsiyaga botgan huquq-tartibot organlari xodimlari va ba'zi rasmiylarning ikki yil burungi etnik qirg'indagi harakatlarini fosh etganida", - deyiladi qo'mita bayonotlarida.

Asqarovga qarshi sudda na ashyoviy dalil, na mustaqil guvohlar ko'rsatmalari taqdim etilgan. Haqiqiy guvohlar esa qo'rquvdan sukut saqlashga majbur, deydi himoyachilar.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Donetskda referendum o'tkazilishi mumkini
X
25.04.2014 02:17
Jenevada Rossiya, AQSh va Ukraina rasmiylari o’zaro kelishuvga erishganiga qaramay, Ukraina sharqidagi rossiyaparast kuchlar keyingi oyda referendum o’tkazish talabidan voz kechmasligini ta’kidlamoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Prezident Obamani Tokioda kutib olish marosimi, 24-Aprel, 2014
  • Prezident Barak Obama va Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe, 24-Aprel, 2014
  • Tokio Ilm-Fan va Innovatsiya muzeyi, 24-Aprel, 2014
  • Tokio ziyoratgohlari, 24-Aprel, 2014
  • AQShning Yaponiyadagi elchisi Kerolin Kennedi, 24-Aprel, 2014
  • Obama Yaponiyadan yana uch davlatga yo'l oladi - Janubiy Koreya, Malayziya va Filippin
  • AQShning Filippindagi elchixonasi qarshisida namoyish, 23-Aprel, 2014
  • AQShning Filippindagi elchixonasi qarshisida namoyish, 23-Aprel, 2014
Fotogalereya

Fotogalereya Xristian olami pasxani nishonladi

Nasroniy dunyosi Isoning tirilishiga bag'ishlangan diniy ayyomni nishonladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainadan suratlar

Sharqdagi to'qnashuvlarda o'lganlar, jarohat olganlar bor.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI