Breaking News

Ozarbayjonda jangarilarga qo'shilganlik gumoni bilan o'nlab odam qamoqda


Ozarbayjonda hukumat 26 kishini Suriya va Pokistonda jangarilar safiga qo'shilganlik gumoni bilan qamoqqa oldi.

Bu odamlarga noqonuniy qurollangan guruhlarga a'zolik, ularni qurol-aslaha bilan ta'minlash kabi ayblovlar qo'yilmoqda.

Gumon qilinayotgan shaxslar Pokistonga va Suriyaga safar qilgan. Ozarbayjonga qaytganidan keyin qo'lga tushgan.

Mamlakat qonunlariga ko'ra, ular 20 yil yoki umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG