Breaking News

Biden Ukrainaga yo'l olayapti


Amerika Vitse-prezidenti Jo Bayden Marokash, Ukraina va Turkiyaga safarini boshladi.
Amerika Vitse-prezidenti Jo Bayden Marokash, Ukraina va Turkiyaga safarini boshladi.

Amerika Vitse-prezidenti Jo Bayden Marokash, Ukraina va Turkiyaga safarini boshladi.

Kiyevda Amerika rasmiysi bo'lginchilar va rasmiy Kiyev imzolagan sulh, Rossiyaning bu kelishuvni qayta-qayta buzayotgani yuzasidan xavotirlarini bildiradi.

Oq uyga ko'ra, Rossiya Ukrainadan barcha qo'shinlarini olib ketish, Ukrainaga jangchilar, qurol-aslaha qatnovini to'xtatish va'dalariga amal qilmayapti. Bundan tashqari, Moskva xalqaro kuzatuvchilarga Rossiya-Ukraina chegarasida kuzatuv ishlarini olib borish imkonini bermayapti.

Ukrainada paytida Bayden yangi rahbar Petro Poroshenko bilan uchrashadi; qonun ustuvorligi, korrupsiyaga qarshi kurash kabi anjumanlarga bosh-qosh bo'ladi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning so'zlariga ko'ra esa uning davlati AQSh bilan hurmat-ehtiromga asoslangan rishtalar tarafdori.

Kremlda yangi elchilarga yorliqlarni topshirar ekan, Putin Rossiya AQSh bilan tenglik, o'zga davlat ishlariga aralashmaslik, o'zaro hurmat asosida muomala qilishga tayyor, dedi.

Uning aytishicha, ikki mamlakat xalqaro xavfsizlik, barqarorlikda muhim o'rin tutadi.

AQShning Rossiyadagi yangi elchisi Jon Tefft endi ishga tushmoqda.

Holbuki, bir kun oldin Putin Amerikani Rossiyani o'ziga bo'ysundirishga, o'z muammolarini Rossiya hisobiga hal qilishga urinayotganlikda ayblagan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG