Dushanba, 21-aprel, 2014 Toshkent vaqti: 19:58

AQSh-Markaziy Osiyo

Bleyk: O'zbekistonda baza ochish niyatimiz yo'q

Robert Bleyk, AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk "Amerika Ovozi" bilan suhbatda, 21-avgust, 2012, Vashington (suratni kattalashtirish mumkin)
Robert Bleyk, AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk "Amerika Ovozi" bilan suhbatda, 21-avgust, 2012, Vashington (suratni kattalashtirish mumkin)
Matn hajmi - +

BMTdagi uchashuvlar

Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yillik sessiyasi o’tar ekan, Markaziy Osiyoning besh respublikasidan kelgan arboblar bu yig’indan tashqarida Qo’shma Shtatlar diplomatlari bilan muzokaralar olib bormoqda.

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha muovini Robert Bleyk (Robert Blake) ushbu uchrashuvlarga bosh-qosh. 

Yetakchi diplomatning "Amerika Ovozi" ga aytishicha, xususan Qozog’iston bilan strategik hamkorlik tahlil ostida. 

Mintaqadan kelgan vakillar bilan Afg’oniston va xavfsizlikdan tortib, iqtisodiy hamkorlik, inson huquqlari va demokratiya targ’iboti, hammasi muhokamada. 
 
“Afg’onistondagi askarlarimizga zarur mahsulotlar yetkazib beradigan Shimoliy Ta’minot Tizimini mustahkamlashda davom etamiz. Terrorizm va qoradori savdosiga qarshi kurash, chegara xavfsizligi va nihoyat AQSh kompaniyalari uchun mintaqada biznes imkoniyatlar ochish va sharoitni yaxshilash… Shuningdek, inson huquqlari va erkinlik bilan bog’liq masalalar. Mintaqada e’tiborni shularga qaratayapmiz",- deydi diplomat.

AQSh-O'zbekiston, da'volar asossiz

Bleykning O’zbekistonga shu yilning avgust oyida qilgan safari AQSh bu mamlakatda harbiy baza ochishi mumkin degan taxminlarni yanada kuchaytirib yubordi. Rossiya matbuotida bu borada ko’plab maqolalar bosildi. Amerika rasmiylari bu da’volar asossiz deydi. Ayrim ishonchsiz manbalar iddao qilayotganidek yashirin kelishuvlar yoki pinhona rejalar yo’q, deydi diplomatlar.
 
“Avgust oyidagi uchrashuvlardan keyin ham so’rashganida, bu taxminlarni inkor etganman, hozir ham shuni aytaman. O’zbekistonda harbiy baza ochish niyatimiz yo’q. Lekin respublikaning Shimoliy Ta’minot Tizimidagi rolini yuqori baholaymiz. O’zbekiston Afg’onistonni elektr toki bilan ta’minlamoqda. Bu ham tahsinga loyiq. Shuningdek, O’zbekiston bilan boshqa sohalar, xususan huquq va demokratiya, fuqaro jamiyati barpo etish singari masalalarda birga ishlashga harakat qilayapmiz. Shu yo’lda davom etamiz”,- deydi Bleyk.

Mintaqa uchun qancha mablag' ajratilmoqda?

Obama ma'muriyati asosiy diqqat notinch Afg’oniston va u bilan bog’liq hamkorlikda ekanini ochiq tan oladi. Vashington mintaqaviy birdamlik, Janubiy va Markaziy Osiyo orasidagi savdo yo’llarini kengaytirish, hamkorlikni oshirish yo’lida yordamga tayyor ekanini qayd etib kelmoqda. Lekin AQSh olg’a surayotgan Yangi Ipak Yo’li uchun moliya ajratilmagan, alohida loyihalarga mablag’ beriladi xolos.
 
Amerika moliyaviy jihatdan qiyin bir davrni boshdan kechirmoqda, deydi Bleyk, lekin Markaziy Osiyo davlatlari uchun rejalangan yordam puli qirqilmagan.

“Bu shundan dalolat beradiki, mintaqa biz uchun muhim… Barcha respublikalar  bilan yaqindan ishlash, har sohada hamkorlik qilishga bel bog’laganmiz. 
 
Gap bu yerda AQShning 2013-yildagi byudjeti haqida ketmoqda. Janubiy Osiyoda eng ko’p pul Afg’oniston (4,6 milliard dollar) va Pokistonda (2,4 milliard dollar) sarflanadi.

Markaziy Osiyoda Qirg’iziston bu borada yetakchi o’rinda. Kelasi yili AQSh bu davlatga 46,7 million dollar rejalagan. Tojikiston uchun 37,4 million, Qozog’iston 14,9 million, O’zbekistonga 12,6 million, Turkmanistonga esa 6,7 million.

Qirg'izistondagi o'zgarishlar

Qirg’iziston parlamenti spikeri Asilbek Jeenbekov yaqinda Vashingtonga safar qildi. Kongress, Oq Uy va Davlat departamentida bo’lib, Bishkekdagi o’zgarishlarni tushuntirdi.
 
“Qirg’izistonda yangi bosh vazir, yangi tashqi ishlar vaziri… Biz ular bilan ishlashga shaymiz... Hukumat tinch yo’l bilan o’zgarganidan mamnunmiz. Bu Qirg’iziston demokratik yo’ldan ketayotganini anglatadi. Bu davlat parlament tizimiga o’tganini biz boshidan olqishlab kelayapmiz",- deydi Bleyk.

"Yana bir muhim masala bu respublikada etnik hamjihatlikni quvvatlash. Shuningdek, iqtisodni oyoqqa turg’azish. Boshqaruvni yaxshilash kerak. Barcha sohada yordamga tayyormiz va berib kelayapmiz ham”.

AQSh O'zbekistonda baza ochmaydi, deydi Bleyk/Navbahor Imamova
AQSh O'zbekistonda baza ochmaydi, deydi Bleyk/Navbahor Imamovai
|| 0:00:00
...
 
🔇
X

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Ukraina inqirozi va jahon iqtisodiyotii
X
20.04.2014
Ukrainada ziddiyatlar kuchaymoqda. Shunga qaramay, xalqaro hamjamiyat tomonidan va’da qilinayotgan yordam miqdori ham oshmoqda. Ayni paytda Rossiya va Ukraina o’rtasidagi ixtilofdan har ikki mamlakat iqtisodiyoti ham zarar ko’rmoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainadan suratlar

Sharqdagi to'qnashuvlarda o'lganlar, jarohat olganlar bor.
Fotogalereya

Fotogalereya Boston fojiasini eslab

O'tgan yilning 15-aprelida 25 mingga yaqin kishini bir joyga to'plagan marafon paytida yuz bergan portlash uch kishini hayotdan olib ketgan va 260 dan ortiq odam jarohatlangan edi.
Fotogalereya

Fotogalereya Nigeriyada qonli kun

Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainadan suratlar

Fotogalereya

Fotogalereya Vashingtonda olcha gulladi

Har yili aprel oyida Vashington shahri olcha gullari bilan burkanadi. Bir asr muqaddam Yaponiya tomonidan hadya qilingan ko’chatlar bugun Vashingtonning ramziy ko’rkiga aylangan. Olchaning gullash mavsumi har yili 10 kuncha davom etadi. Yilning bu davrida Vashington sayyohlar bilan to’ladi. Chunki ayni shu kunlarda poytaxt Olcha guli festivalini tashkil qiladi. Vashington bo’ylab yapon madaniyati kunlari o’tkaziladi. Musiqa va raqs, me’morchilik san’ati, urf-odatlar, kinolar namoyish etiladi. Yapon tili va adabiyoti ham targ’ib qilinadi. Yaponiyadan mehmonlar kelib, sahnada amerikaliklarni xushnud qiladi. Ikki xalq san’atini ifodalovchi asarlar namoyish etiladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Janubiy Afrika Respublikasi notinch

BMT Xavfsizlik Kengashi tobora notinch Janubiy Afrika Respublikasiga keng ko’lamli tinchlikparvar qo’shin safarbar etadi. Salkam 12 ming kishilik missiya tinch aholini himoya qilib, insonparvarlik yordami qatnovini ta’minlaydi. Mamlakatda mazhablararo adovat va zo’ravonlik minglab odamlarni hayotdan olib ketdi. Afrikalik olti ming va fransiyalik ikki ming qo’shin tinchlikni saqlay oladi, deydi BMT rasmiylari. Xalqaro qo’shinlar 15-sentabrda ishga kirishadi. AQShning BMTdagi elchisi Samanta Pauer shu hafta Markaziy Afrika Respublikasida bo’ldi. Qo’shma Shtatlar Afrika ittifoqi qo’shinlarini qo’llab quvvatlaydi; jahon hamjamiyati bu davlatga dadilroq yordam berishi lozim, deydi elchi. BMT, xususan, Markaziy Afrika Respublikasida 19 ming musulmon hayoti jiddiy tahdid ostida va ular mamlakatning xavfsiz hududlariga yoki xorijiy davlatga ko’chirilishi kerak, deya ogohlantiradi. Nasroniy jangarilar musulmon aholiga qarshi qonli hujumlarni boshlagandan beri o’n minglab musulmon poytaxtni va g'arbiy viloyatlarni tark etgan. Ayrim mahalliy rasmiylarning aytishicha, aholini ko’chirish choralari ixtilofni yanada kuchaytirib, mamlakatni parchalab yuborishi mumkin.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI