Juma, 29-may, 2015 Toshkent vaqti: 11:07

AQSh-Markaziy Osiyo

AQSh yetakchi diplomati Turkmaniston va Qirg'izistonga boradi

Robert Bleyk, AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini
Robert Bleyk, AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini
Amerika Ovozi
Robert Bleyk, AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini, kelasi hafta, 15-16 yanvar kunlari Turkmaniston va Qirg'iziston rahbarlari bilan muzokaralar olib boradi.

15-yanvar kuni Bleyk Ashgabatda Turkmaniston rasmiylari bilan energetika, iqtisodiy hamkorlik va sarmoya xususida gaplashadi.

Inson huquqlari va demokratiya, chegara va xavfsizlik bobida ham keng qamrovli muloqot kutilmoqda, deya eslatadi diplomatlar.

Ularning aytishicha, Bleyk AQShning Ashgabatdagi elchixonasida davra suhbati o'tkazib, turkman fuqaro jamiyati vakillari dardini tinglaydi.

16-yanvar kuni esa Bishkekda Amerika-Qirg'iziston yillik maslahat kengashi bo'lib o'tadi.

Kun tartibidagi masalalar: mintaqaviy xavfsizlik, demokratiya va qonun ustuvorligi, inson huquqlari, energetika, qoradori savdosiga qarshi kurash, ta'lim, almashinuv dasturlari, iqtisodiy hamkorlik va savdo.

Muzokara ketidan Bleyk Qirg'iziston fuqaro jamiyati a'zolari bilan gaplashadi, so'ngra esa matbuot anjumani ko'zlangan.

So'ngra Germaniyaga borib, Garmish shahrida o'tadigan anjumanda so'zlaydi. Jorj Marshall nomidagi Xavfsizlik bo'yicha Yevropa markazi kelasi hafta seminar o'tkazadi. Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalardan maxsus delegatsiyalar kutilmoqda.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Yulduz Usmonova: Ijodim nol bo'lib qolgan paytlar bo'lgan 3-qismi
X
29.05.2015 00:14
O'zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bilan ijod va hayoti haqida ochiqcha suhbat. Xonanda Turkiyaga nega ketdi? Hozir qayerda yashaydi? O'zi bosib o'tgan yo'lni qanday baholaydi? Uni xalqaro yulduzga aylantirgan omil nima? Qudrat va pul odamni ko'r qilib qo'yadi, deydi Yulduz Usmonova.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Garvard universiteti bitiruvchilari 
  • Harbiy havo kuchlari akademiyasi bitiruvchilari, Kolorado shtati
  • Serena Vilyams yana g'olib, Fransiya
  • 14 yoshli Sofiya Xan imlo musobaqasida, AQSh
  • Kashmirda namoyish, Hindiston
  • Italiya
  • Chiliada talabalar namoyishi kuch bilan bostirilmoqda
  • Amerika futboli, Luiziana shtati
  • Germaniya
  • Navaxo qabilasi vakili, Yuta shtati

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI