Yakshanba, 26-may, 2013 Toshkent vaqti: 05:56

AQSh-Markaziy Osiyo

AQSh: Markaziy Osiyo bilan hamkorlik faqat Afg'onistonga bog'liq emas

AQSh: Markaziy Osiyo bilan hamkorlik faqat Afg'onistonga bog'liq emas
AQSh: Markaziy Osiyo bilan hamkorlik faqat Afg'onistonga bog'liq emas

Multimedia

Audio
  • AQSh-O'zbekiston aloqalarida huquq faktori, amerikalik tahlilchi Joshua Foust bilan suhbat, Navbahor Imamova lavhasi

Matn hajmi - +

AQShning Markaziy Osiyoga nisbatan bugungi siyosati va hamkorlik asosan Afg’onistonga bog’liq. Diplomatlar buni rad etmaydi. Lekin, deya eslatadi AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk, munosabatlar ortida Afg’onistondan boshqa hech qanday omil yo’q deyish adolatdan emas, haqiqatga ko’z yumish bilan barobar.
 

AQSh bugun Markaziy Osiyoga nisbatan qanday siyosat yuritmoqda, Davlat kotibi muovini Robert Bleyk so'zlaydi/Navbahor Imamova lavhasi
Loading
12:00:00 / -:--:--

Robert Bleyk Davlat departamenti, AQSh tashqi ishlar vazirligida Janubiy va Markaziy Osiyo uchun javob beradi. 2009-yilda, deydi u, Obama ma’muriyati regionga nisbatan siyosatni qayta ko’rib chiqib, quyidagilarni asosiy va uzoq muddatli maqsadlar deb belgilagan:

 

♦ Markaziy Osiyoni Afg’onistonda tinchlikni ta’minlash jarayoniga jalb etish, xususan mintaqani bu notinch va qashshoq mamlakatga ko’proq yordam berishga, uning iqtisodiy taraqqiyoti yo’lida hissa qoshishga undash.
 

♦ Markaziy Osiyo bo’ylab erkinlik va demokratiya targ’ibotini davom ettirish. Fuqaro jamiyati va siyosiy islohotlarni quvvatlash.
 

♦ Iqtisodiy hamkorlikni oshirish. Hukumatlarni sarmoya muhitini yaxshilashga undab, Amerika bizneslari dunyoning bu qismida ko’proq faoliyat yuritishi uchun ko’maklashish. Mintaqa neft va gazini jahon bozoriga olib chiqish, xususan Yevropa va Janubiy Osiyoga sotishda yangi imkoniyatlar, masalan quvurlar ochishda hamkorlik qilish.
 

♦ Markaziy Osiyo yadroviy chiqindi va qurollardan xoli mintaqa bo’lishi uchun madad ko’rsatish.
 

♦ Ta’limiy va madaniy almashinuvni kengaytirish, yangi dasturlar va loyihalar boshlash.

Albatta, ko’p narsa Amerikaning bugungi moliyaviy qurbiga borib taqaladi. Boshqa sohalar kabi tashqi aloqalar uchun ajratiladigan mablag’ ham ozaygan.
 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Loading
12:00:00 / -:--:--

“Biz yo u yo bu degan qabilda ish tutayotganimiz yo’q,” – deydi Bleyk, Vashingtondagi Jons Xopkins Universitetida (Johns Hopkins University) bu borada so'zlar ekan.
 

"Markaziy Osiyo barqaror va demokratik bo'lishidan manfaatdormiz",- deydi u.
 

 

Afg'oniston har tomonlama yordamga muhtoj
Afg'oniston har tomonlama yordamga muhtoj

 

“Barcha jabhalarda birga ishlashni istaymiz. Markaziy Osiyoning har bir davlati bilan yillik muloqot, maslahat-kengashi yo’lga qo’yilgan. Ularda yuqorida tilga olingan barcha masalalar borasida ochiq gaplashayapmiz, fikr almashayapmiz”.

Ammo Afg’oniston AQSh tashqi siyosatidagi markaziy masala ekan, mintaqa bilan hamkorlikda aynan u birinchi o’rinda turganini rad etish qiyin.

“To’g’ri”,- deydi Robert Bleyk, “Pokiston beqaror ekan, Afg’onistondagi xalqaro koalitsiyaga zarur noharbiy vositalar yetkazishda region qo’l kelmoqda”.
 

Yuk Markaziy Osiyo orqali olib o’tilmoqda. Shimoliy Ta’minot Tizimi deb atalgan yo’nalishga har bir respublikani o’z ichiga oladi.
 

Muzokaralardan ma’lumki, davlatlar bu hamkorlikdan mamnun va Amerika haqqini to’lasa, ko’proq hissa qo’shishga tayyor.
 

Shimoliy Ta’minot Tizimidagi ishtirokidan tashqari O’zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Afg’onistonni elektr toki va gaz bilan ta’minlamoqda. O’zbekiston, Qozog’iston va Turkmanistondan Afg’oniston tomon temiryo’l ishlab turibdi.

 

AQSh bugunga kelib Yangi Ipak Yo’li yaratish tashabbusini olg’a sura boshlagan.  Yangi savdo yo’llari joriy etish bilan mintaqaviy birdamlikka erishish mumkin, deydi diplomatlar. Lekin Markaziy Osiyo hukumatlari bu borada konkret bir narsa deyayotgani yo’q. Ular odatda mintaqaviy emas, ikkiyoqlama aloqalarni ma’qul ko’radi.

 

AQSh: Markaziy Osiyo bilan hamkorlik faqat Afg'onistonga bog'liq emas
AQSh: Markaziy Osiyo bilan hamkorlik faqat Afg'onistonga bog'liq emas

 

“Mintaqaviy birdamlik yetishmasligi Markaziy Osiyoni imkoniyatlardan ayirmoqda. Davlatlarni bir-biriga bog’lovchi transport va tijorat tizimlari yaratilmas ekan, sarmoya oqimi va savdo kengaymaydi”,- deydi Robert Bleyk.
 

Chegara va boj tizimlarini yaxshilash, oshkoralikni ta’minlash, qoradori savdosiga qarshi kurash bir yoqadan bosh chiqarishni talab qiladi. Lekin, deydi Bleyk, Amerika bu borada faqat nasihat qiladi. Integratsiya masalasi mintaqa siyosiy irodasiga havola, AQSh hech kimni unga majburlamaydi.
 

Sarmoya oqimini oshirishga harakat qilayotgan davlatlar bilsinki, deydi diplomat, investitsiya uchun butun dunyo bilan raqobat qilisha majbursiz. Sarmoyachilar oshkora, kapital olib kirish va aylantirish oson, safar bemalol, erkin muhitga intiladi.

 

O'zbekiston - inson huquqlari muntazam ravishda poymol etiladigan mamlakat
O'zbekiston - inson huquqlari muntazam ravishda poymol etiladigan mamlakat

 

Inson huquqlari masalasiga kelganda, Robert Bleyk xalqaro matbuotda yangrayotgan tanqidlar – Amerika diktatorlar bilan til biriktirib, oddiy xalq ahvoliga ko’z yummoqda degan iddaoni qat'iyan rad etadi.

AQSh har bir hukumat, jumladan O’zbekistonni so’z va matbuot erkinligini hurmat qilish, qonun ustuvorligini ta’minlashga undab kelmoqda, deydi diplomat.
 

Rahbarlar arab dunyosidagi qo’zg’olon va inqiloblardan saboq olishi, xalqni ezish uzoqqa bormasligi, fuqarolarga erkinlik berish davlat xavfsizligi uchun xizmat qilishini tushunishi lozim, deydi Bleyk.

 

AQSh Senatining Tashqi aloqalar bo'yicha qo'mitasiga ko'ra, Markaziy Osiyoda siyosiy-iqtisodiy islohotlarni quvvatlash kerak
AQSh Senatining Tashqi aloqalar bo'yicha qo'mitasiga ko'ra, Markaziy Osiyoda siyosiy-iqtisodiy islohotlarni quvvatlash kerak

 

Vaziyatni kuzatib kelayotgan xalqaro tashkilotlar va G’arb davlatlari O’zbekistonni huquq bobida keskin tanqid ostiga olib keladi.

Shunga qaramay yaqinda AQSh Senatining Tashqi aloqalar qo’mitasi respublikaga yordamni cheklovchi qonunlarga mustasno tarzda harbiy ko’mak ko’rsatishga ruxsat berdi. Juda oz yordam haqida gap ketmoqda va hali berilgani yo’q, deydi Bleyk bu haqda so’raganimizda. O’zbekiston, AQSh nazarida, hamon alohida tashvishga molik davlat va yordam cheklangan.
 

Qozog’iston yaqinda parlament saylovlarini boshdan kechirdi. Amerika ularni “demokratik emas” deya baholadi. Qirg’izistonda etnik hamjihatlik bag’oyat nozik masala bo’lib qolmoqda. 2010-yilgi xunrezliklardan jabr ko'rgan aholi, asosan o’zbeklar, hamon qo’rqinch ichida yashamoqda, deydi Bleyk. AQSh yangi prezident Almazbek Atambayev va parlament bu masalaga jiddiy e’tibor qaratib, birdamlik yo’lida harakat qiladi degan umidda.
 

Robert Bleykni tinglagan professor Fred Starr, Markaziy Osiyo bo’yicha yetakchi amerikalik olim deydiki, Vashington bugungi strategiyasini yanada oydinlashtirishi, 2014-yilda Amerika kuchlari Afg’onistondan chiqib ketgach, siyosat qay tomon yo’nalishini aniqlab olishi lozim.

 

Professor Fred Starr nazarida Amerika siyosatni oydinlashtirishi kerak
Professor Fred Starr nazarida Amerika siyosatni oydinlashtirishi kerak

 

Oq Uyning bildirishicha, Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq Amerika diqqat markazidagi mintaqalar bo’ladi. Ya’ni, asosiy e’tibor arab dunyosida va Xitoy ta’siri tobora kuchayib borayotgan Osiyo davlatlarida.
 

Markaziy Osiyo bilan aloqalarga mas’ul diplomatlar deydiki, AQSh uchun dunyoning har bir mintaqasi strategik ahamiyatga ega, shu jumladan Afg’oniston shimolida davlatlar.
 

Bugun Obama ma’muriyati ularga, boshqa nasihatlar qatorida, yana shuni ta’kidlamoqda: Afg’oniston tinchligi - sizning tinchligingiz. Uning barqarorligi uchun hissa qo’shish o’zingizga foyda.
 

Robert Bleyk ma'ruzasi, ingliz tilida:

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiyaning aytishicha, hujumchilar qassoblar ishlatadigan pichoqdan foydalangan. London, 23-may, 2013-yil.
  • Politsiya hujum ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
  • London meri Boris Jonson politsiya bilan gaplashmoqda.
  • Britaniyalik marhum zobitni xotirlab, oddiy fuqarolar keltirgan hadyalar.
  • Hujumdan keyin oddiy fuqarolar marhumni xotirlayapti.
  • Hamla kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI