Breaking News

Blyuz musiqasi Amerika dalalarida paydo bo'lgan


XX asr boshida Amerika janubida qora tanli aholi orasida yangragan kuy “blyuz” degan nom oladi. Bu musiqa Mississipi daryosi bo’yidagi dalalarda paydo bo’lgan.
Blyuz tarixiga sayohat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:44 0:00
Yuklab oling

Azim daryo yon-atrofida yashagan g’arib insonlar gitara va garmonni olib, mungli, dardli kuylar ijro etardi. Bu janr ortida faqat bu insonlar tushuna oladigan chuqur ohang bor edi.

O’sha paytlarda daryo atrofidagi dalalarda asosan qora tanlilar, qullarning avlodlari, tunu kun mehnat qilar edi.

Missisipi shtatidagi Klarksdeyl shahri u damlarda transport g’ir-g’ir qatnaydigan chorraha edi.

Shelli Ritter, Blyuz tarixi muzeyi xodimining aytishicha, fermalarda ish qaynar, kemalar qatnar, temir yo’l ham nihoyatda band zamonlar edi.

Muzeyda taniqli blyuz ijrochisi Maddi Voters yashagan kulbani ko’rasiz. U va boshqa xonandalar umrini Klarksdeylda o’tkazgan. Shu yerda qo’shiq aytib xalqqa dong’i ketgan.

Shanba kunlari yoki dam olish kunlari ishchilar turmushning og’irini unutar, shaharga borib, hordiq chiqarar, obdon ko’ngilxushlik qilar edi, deydi Ritter.

Shelli Ritterning aytishicha, gitarasi bo’lmaganlar “diddly bow” deb ataluvchi, taxtaga ikki mix qoqilib, sim tortilgan qo’lbola sozni chalar edi.

Bu jo’ngina asbobdan taralgan tovush bugun blyuzni blyuz qilgan ohang sanaladi.

Musiqashunos Deyvid Evans, Memfis Universiteti professori, blyuz ijro etib, uning tarixini puxta o’rganib keladi.

Blyuz notalari, blyuz akkordlari, unga xos ehtiros, munglik… Sozanda va xonanda uni har xil jiloga solib o’zicha ijro etishi mumkin, deydi Evans. Uning so’zlariga ko’ra, blyuzda Yevropa va Afrika musiqasidan ayrim jihatlar bor, lekin uning asoschilari, shubhasiz, afro-amerikaliklar edi.

Mississipi daryosi bo’yidagi Memfis, Yangi Orlean kabi shaharlar blyuzning vatani ular ekanini da’vo qiladi. Lekin Evans nazarida buning georgrafiyasi kengroq.

Mississipi, Jorjiya va Texas shtatlari, Sent-Luis kabi shaharlarda blyuzning alomatlarini ko’rasiz, deydi professor.

Ayrimlar blyuz musiqasini shaytonning kuyi deya tanqid qiladi, rad etadi. Lekin bu bahslar qiziqishni aksincha yanada oshiradi, deb hisoblaydi olim.

Ham xatarli, ham g’aroyib bir kuy-da odamlar uchun, deydi Memfis Universiteti olimi.

Blyuz hamon hayot ekanining sababi ham ana shunda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG