Breaking News

Fazliddin Qurbonov qanday jazo olishi 10 noyabrda ayon bo'ladi


Fazliddin Qurbonov tarjimoni bilan sudda. 30-iyul, 2015-yil.
Fazliddin Qurbonov tarjimoni bilan sudda. 30-iyul, 2015-yil.

Amerikada terrorizm gumoni bilan ushlangan 33 yoshli Fazliddin Qurbonov aybdor topildi. Sud mahkamasi to'rt hafta majlis qilib, chorshanba kuni hukmini e'lon qildi.

U terrorchi tashkilotni xomashyo bilan ta'minlaganlik, qo'llab-quvvatlaganlik, ruxsatsiz xavfli qurolga egalik qilganlikda ayblandi.

Aydaho shtati, Boyzi shahri rasmiylarining aytishicha, bu hukm Amerikaga qarshi terrorizm sodir etmoqchi bo'lgan shaxslarga o'git bo'lishi kerak.

Qurbonov hibsdan bir necha oy oldin shahardagi kvartirasidan turib O'zbekiston islomiy harakati bilan bog'lanib turgan. U bu guruhga pul, softver jo'natishni va odam yollashda yordam va'da qilgan.

O'zbekiston islomiy harakatiga yo'llagan maktubida Qurbonov Qo'shma Shtatlarga qarshi hujumlar sodir etish niyatini bildirgan va bunda jangarilardan yordam so'ragan.

Biroq advokatlarning ta'kidlashicha, Qurbonov atrofidagi ayblov va da'volar uydirmadan boshqa emas.

U Amerika bo'ylab sherik orttirgani da'vo qilinadi, lekin rasmiylar birortasi topmadi, deydi advokat Chak Piterson. Portlovchi modda yasamoqchi ekani aytilgan, biroq amalda bitta bomba yasamagan.

AQSh rasmiylariga bergan ko'rsatmasida Fazliddin Qurbonov O'zbekiston islomiy harakati bilan bog'lanishdan maqsadi bolalik do'stini qidirib topish bo'lganini, guruhning niyatini aniqlamoqchi bo'lganini, hatto to'plagan ma'lumotni Amerika mulozimlariga bermoqchi bo'lganini aytgan.

Qurbonovga qanday jazo belgilanishi 10-noyabrda ayon bo'ladi. U har bir ayblov uchun 10-15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG