Yakshanba, 26-may, 2013 Toshkent vaqti: 06:38

Amerika

BP AQShdagi fojia uchun 4,5 milliard dollar to'laydi

2010-yilning 11-aprelida Meksika ko'rfazida BPga tegishli neft platformasi portlagan edi. Moy oqimini to'xtatish uchun uch oy ketgan.
2010-yilning 11-aprelida Meksika ko'rfazida BPga tegishli neft platformasi portlagan edi. Moy oqimini to'xtatish uchun uch oy ketgan.
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
British Petroleum (BP) neft kompaniyasi AQSh Adliya vazirligi bilan murosaga erishgan. 

2010-yilda Meksika ko'rfazidagi qora oltin platformasi yorilib ketgach, uch oy davomida besh million barrelga yaqin moy suvga oqib ketgan.

Platforma ishchilaridan 11 nafari halok bo'lgan. Fojia ekologiya, insonlar hayoti va tirikchiligiga chuqur salbiy ta'sir ko'rsatgan.

Hukumat BP bilan sudlashib, unga 11 jinoiy ayb qo'ygan edi. Kompaniya ularning barini o'z bo'yniga olib, jabr ko'rganlarga 4,5 milliard dollar tovon to'lashga rozi.

Shuningdek, unga 525 million dollar miqdorida alohida jarima ham solinadi. Sabab, deydi adliya rasmiylari, BP fojia haqida noto'g'ri axborot bergan. 

"Har jihatdan afsusdamiz va xatolar to'g'rilanadi",- deydi kompaniya rahbari Bob Dadli.

Yil boshida BP baliqchilar va boshqa jabrdiydalarning da'volari bilan tanishib, 7,8 milliard dollar tovon to'lashga ko'ngan edi. Lekin bu kelishuv hali federal sud tomonidan tasdiqlanmagan.

Umumiy miqdorda, deya bildiradi kompaniya, ko'rilgan zarar uchun shu kungacha 23 milliard dollar sarflandi.

Amerika tarixida bungacha eng katta tovon farmatsevtika kompaniyasi, Pfizer Inc, tomonidan to'langan edi. Mahsulotlarni bozorga chiqarishda yolg'on ma'lumotlar bergani unga 1,3 milliard dollarga tushgan.

BP xususida gap ketganda shuki ham aytish joizki, o'tgan oy Rossiya davlat energetika agentligi Rosneft u bilan raqobatdagi TNK-BP neft kompaniyasini 55 milliard dollarga sotib olgan. Qo'shma korxonaning 20 foizi hamon BPga tegishli.

Bu biznes kelishuv natijasida Rosneft Rossiya neft sanoatining 40 foizini o'z nazoratiga olmoqda.

Prezident Vladimir Putin nazarida Rosneft kuchaygani mamlakat iqtisodiyoti kuchaygani demakdir.




Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiyaning aytishicha, hujumchilar qassoblar ishlatadigan pichoqdan foydalangan. London, 23-may, 2013-yil.
  • Politsiya hujum ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
  • London meri Boris Jonson politsiya bilan gaplashmoqda.
  • Britaniyalik marhum zobitni xotirlab, oddiy fuqarolar keltirgan hadyalar.
  • Hujumdan keyin oddiy fuqarolar marhumni xotirlayapti.
  • Hamla kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI