Breaking News

Britaniyadagi aviahalokatda bin Ladenning qarindoshlari o'lgan


Britaniya politsiyasiga ko'ra, London yaqinida halokatga uchragan samolyot ichida al-Qoidaning sobiq rahbari Osama Bin Ladenning qarindoshlari bo'lgan.

Voqea joyida to'rt kishi, jumladan, iordaniyalik uchuvchining jasadi topildi.

Arab matbuotining xabar berishicha, halok bo'lganlar orasida bin Ladenning o'gay onasi Raja Hoshim, singlisi Sana bin Laden va uning eri Zuhair Hoshim bor.

Saudiya qirolligining Britaniyadagi elchisi Muhammad Abdulaziz Twitter orqali bin Ladenlar oilasiga hamdardlik bildirdi. Fojia sabablari o'rganilmoqda.

Kichik xususiy samolyot aeroportga qo'nish paytida qulagan va alanga olgan.

Al-Qoida sobiq rahbarining otasi Muhammad qurilish sohasida katta tadbirkor, milliarder bo'lgan. Uning 50 dan ziyod farzandlari bugun ham Saudiya Arabistonida turli bizneslarni qamrab olgan "Binladen Group" kompaniyasiga egalik qiladi.

Muhammad bin Ladenning o'zi 1967-yilda Saudiya Arabistonida aviahalokatda o'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG