Yakshanba, 19-may, 2013 Toshkent vaqti: 12:27

Markaziy Osiyo

AQSh davlat kotibi o'rinbosari prezident Karimov bilan uchrashdi

AQSh davlat kotibi o'rinbosari Uilyam Berns (chapda) va elchi Jorj Krol prezident Karimov huzurida, Toshkent, 12-iyun, 2012-yil, UzA surati.
AQSh davlat kotibi o'rinbosari Uilyam Berns (chapda) va elchi Jorj Krol prezident Karimov huzurida, Toshkent, 12-iyun, 2012-yil, UzA surati.
Matn hajmi - +

Uilyam Bernsning aytishicha, Qo'shma Shtatlar O'zbekiston bilan siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada kengaytirishdan manfaatdor.

Uchrashuv chog'ida ikki tomonlama siyosiy va iqtisodiy munosabatlardan tashqari Afg'onistondagi vaziyat ham muhokama etilgan.

O'zbekiston qo'shni davlat barqarorligidan bevosita manfaatdor ekan, Afg'onistonda xavfsizlikni ta'minlash ishlariga o'z hissasini qo'shmoqda. Xususan, AQShning Afg'onistondagi qo'shinlariga yuk yetkazuvchi Shimoliy ta'minot tizimi O'zbekistonni ham o'z ichiga oladi.

Koalitsiya kuchlari 2014-yilda Afg'onistonni tark etishi kutilar va Pokiston bilan tranzit yo'llarini qayta ochishga doir muzokaralar natija bermayotgan ekan, Qo'shma Shtatlar yaqinda O'zbekiston bilan harbiy anjom va texnikani respublika hududi orqali o'tkazishga kelishib oldi.

Uilyam Berns mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda O'zbekiston o'ynashi mumkin bo'lgan muhim rolga urg'u berib, bu ishda yanada faolroq bo'lishga chaqirdi.
Davlat kotibining o'rinbosari AQSh O'zbekiston bilan savdo-sotiq va sarmoyaviy aloqalarni chuqurlashtirishdan manfaat ko'rishini ham bildirdi.

O'zbekistonning demokratik islohotlar, jumladan, din, ommaviy axborot vositalari va mehnatga oid huquqlarni jadallashtirishi naqadar muhim ekanini ta'kidladi. Ma'lumki, xalqaro tashkilotlar va Qo'shma Shtatlar O'zbekiston paxta dalalarida bolalar mehnatga majburlanayotganidan xavotir bildirib keladi.

Uilyam Berns Toshkentda nodavlat tashkilotlar vakillari bilan ham uchrashib, O'zbekistonning demokratik taraqqiyotida fuqarolik jamiyati ahamiyatli rol o'ynashiga e'tibor qaratdi.

Amerika rasmiysi O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashuvi chog'ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda O'zbekiston-Amerika kelishuvlarini ijro etishning amaliy masalalari xususida so'zlashgan.

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Kobul
  • Fransiya sohillarida
  • Zimbabve
  • Bangladesh
  • Berlin muzeylarida
  • Ispaniya
  • Indoneziya moda sahnalarida
  • Kanada akvariumida
  • Janubiy Koreya ibodatxonalarida
  • Galaktikaga nazar
  • Pokiston

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI