Breaking News

Rossiyadagi o'zgarishlar o'zbekistonlik muhojirlar nigohida


Muxoliofat 4-martdagi prezident saylovlari oldidan va ketidan katta namoyishlar uyushtirish niyatida
Muxoliofat 4-martdagi prezident saylovlari oldidan va ketidan katta namoyishlar uyushtirish niyatida

Rossiyada adolatli saylovlar talabi bilan o’tayotgan ommaviy norozilik namoyishlari Markaziy Osiyoda ham aks-sado berishi mumkin.

Rossiyadagi o'zgarishlar o'zbekistonlik muhojirlar nigohida
Rossiyadagi o'zgarishlar o'zbekistonlik muhojirlar nigohida
4-martda o'tadigan prezident saylovlari oldidan mehnat muhojirlariga nisbatan munosabat ham muhokamada.

Arab bahoridan farqli o'laroq Rossiyadagi siyosiy jarayonlar millionlab ishchi immigrantlar guvohligida ro’y berayotgani mintaqa uchun bag'oyat muhimdir.

Rossiyada o'tgan yilning dekabr oyida, parlament saylovlaridan keyin boshlangan namoyishlar ko’p jihatdan Kremlga suyanib kelayotgan Markaziy Osiyo rahbarlarini xavotirga solib qo'ygan bo'lsa ajabmas.

Rossiyadagi o'zgarishlar o'zbekistonlik muhojirlar nigohida
Rossiyadagi o'zgarishlar o'zbekistonlik muhojirlar nigohida
Moskva ko'chalarida norozi omma Bosh vazir Vladimir Putinga lan'atlar aytmoqda, undan to'yganini aytib, hokimiyatni bo'shatishga chaqirmoqda.

O’zbekistonda Rossiyadagi norozilik namoyishlari sukut bilan qarshilansa-da, mamlakatning iqtisodiy tayanchlaridan bo’lgan mehnat muhojirlari jarayonni yaqindan kuzatib turibdi.

Vladimir Putinga qarshi o’tkazilgan mitingda ishtirok etgan o'zbekistonlik huquq himoyachisi Bahrom Hamroyev deydiki, Rossiya bo’ylab rivojlanib borayotgan siyosiy faollik mehnat muhojirlarini chetlab o’tmaydi.

Rossiyadagi o'zgarishlar o'zbekistonlik muhojirlar nigohida
Rossiyadagi o'zgarishlar o'zbekistonlik muhojirlar nigohida
“Ular asosan O’zbekison hukumatidan norozi bo’lib kelgan. Ishsizlik, qashshoqlik, huquqbuzarlik, bularning hammasini ko’rib kelishayapti. Rossiyada esa, har holda, O’zbekistonga nisbatan olganda, hur fikrlilik bor. Kelgusi namoyishlarda mintaqa muhojirlari albatta qatnashadi. Chiqib Rossiya jamoatchiligiga, hukumatiga aytadigan murojaatimiz, o'z siyosiy pozitsiyamiz bor. Karimovni qo’rqitadigan asosiy narsa o’zbeklarning birlashishi. Lekin bu yerda ular birlashishayapti va O’zbekiston kelajagiga ta'sir qiluvchi hatti-harakatlar qilamiz ”, - deydi bir necha yillardan buyon Moskvada yashayotgan Bahrom Hamroyev.

Rossiyadagi o'zgarishlar o'zbekistonlik muhojirlar nigohida
Rossiyadagi o'zgarishlar o'zbekistonlik muhojirlar nigohida
“Bu yerda ham Putin rejimi turli bosimlar bilan muhojirlarni ishxonalaridan o’z himoyasi uchun mitingga olib chiqayotgan hollari bor. Lekin ozodlik uchun intilayotgan mintaqa fuqarolari asosan Putinga muxolifatda bo’lgan mitingda qatnashdi. Xullas, O’zbekiston bu boshqa bir qit’a emas, o’zgarishlar, aynan xalq istagan o’zgarishlar bo’lishi muqarrar”, - deydi huquq himoyachisi.

Yana bir faol Abdurahmon Tashanov fikricha Rossiyadagi namoyishlar O’zbekistonda buzg’unchilik sifatida tariflansa-da, haqiqatda bu chiqishlar hukumatda jiddiy xavotir uyg’otgan.

Rossiyadagi o'zgarishlar o'zbekistonlik muhojirlar nigohida
Rossiyadagi o'zgarishlar o'zbekistonlik muhojirlar nigohida
“Rossiyadagi voqealarni ommaviy axborot vositalari bermayapti... Berayotgan bo’lsa ham qandaydir buzg’unchi kuchlar Rossiyada to’polon boshlamoqchi, buzuq g’oyalar olib kirmoqchi deya talqin qilinmoqda . Muhojirlar masalasi esa hukumatning doimiy xavotiridagi muammolaridan biri bo’lib kelgan",- deydi Tashanov.

"Chunki ular O’zbekiston hukumatining qo’li yetmaydigan bir masofada bu voqealarni kuzatayapti. Ongli ravishda xulosalar chiqarayapti. Keljakka ishonch, demokratik kayfiyat, uyg’onish kayfiyati mavjud”.

Abdurahmon Tashanov Rossiyadagi o’zgarishlar mehnat muhojirlari ustidan nazoratni kuchaytirishi mumkin degan fikrda.

“Hukumat bitta oliladan nechta kishi muhojirlikka ketganini aniqlab, hisoblab, tayyorgarligini ko’rib borayapti. Tashqarida hukumatga bo’ysinmaydigan katta kuch bor - zabardast, dunyo ko’rgan, fikrga chanqoq. Ularni mardikor deyishmiz mumkin, ma'lumoti past deyishimiz mumkin, lekin hayotiy nuqtai nazardan xalqning oldingi qismini belgilovchi kuch. Bu esa hukumatni xavotirga soladi”, - deydi Abdurahmon Tashanov.

4 fevral kuni Rossiya bo’ylab ommaviy chiqishlarda 200 mingga yaqin odam qatnashgani ma'lum.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG