Breaking News

Chegara xavfsizligi Markaziy Osiyo uchun dolzard masala - AQSh bilan hamkorlik


Turkmaniston eng yopiq jamiyatlardan biri. O'zini osuda va barqaror yurt deb ko'rsatadi. Afg'oniston bilan chegaralari qanchalik tinch? Rossiya matbuotida taxminlar bir dunyo. Lekin Ashbagat lom-mim demaydi.
Turkmaniston eng yopiq jamiyatlardan biri. O'zini osuda va barqaror yurt deb ko'rsatadi. Afg'oniston bilan chegaralari qanchalik tinch? Rossiya matbuotida taxminlar bir dunyo. Lekin Ashbagat lom-mim demaydi.

Toshkentda bu hafta o'tgan xalqaro anjumanda ekstremizm va terrorizm tahdidi va unga qarshi chora-tadbirlar haqida gap ketgan. Kecha, shuningdek, AQSh rasmiylari Toshkentda bo'lib, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va boshqalar bilan muloqot qilgan. Asosiy urg'u Afg'onistondagi vaziyatga va bu boradagi hamkorlikka berilmoqda. Vashington delegatsiyasi Markaziy Osiyoning barcha poytaxtlarida shunday muzokaralar olib bormoqda.

Chegara xavfsizligi Markaziy Osiyo uchun dolzard masala
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:37 0:00

Yaqinda Tojikiston rahbari Imomali Rahmon Afg’onistonda bilan chegarani mustahkamlash va posbonlar sonini ko’paytirishni buyurdi.

Rossiya manbalariga ko’ra, o’z chegarasidagi vaziyatdan xavotirga tushgan Turkmaniston harbiy ko’mak so’rab AQShga murojaat qilgan.

AQSh chegara xavfsizligi bobida yordam ko’rsatib keladi. Xususan O’zbekiston bu yil boshida shu maqsadda yirik harbiy madad olgan – yuzlab zirhli mashinalar.

Toshkentdan siyosatshunos Anvar Nazir tahlilicha, Turkmaniston – Afg’oniston chegarasi haqiqatdan ham notinch. Mamlakat yopiq ekan, mavhumlik hukmron.

“Hozircha Turkmaniston eski strategiyani qo’llayapti, hammasini yopdi-yopdi qilayapti. Mamlakat yopiq, biror ma’lumot chiqarilmayapti. Xavf juda yoqori bo’lishi mumkin. Balki Turkmanistonning yangi prezidenti kelib qurolli kuchlarini tubdan isloh qilgan va ular yakka tartibda bu tahdidga qarshi tura olishar, bilmaymiz. Shunday bo’lgan taqdirda ham, bu masalani xalqaro koalitsiyasiz hal etish qiyin. Turkmaniston neytral strategiyasidan voz kechib, O’zbekiston, Qozog’iston kabi davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirishi lozim. NATO, AQSh, Turkiya kabi tashkilot va davlatlarni bu masala yechimiga jalb qilishi kerak”,- deydi Anvar Nazir.

Mustaqil turkman nashrlar yozishicha, Afg’onistonning Faryob viloyatida katta hududlar jangarilar nazoratiga o’tgan va otishmalardan qochgan yuzlab mahalliy turkmanlar Turkmaniston chegarasi yaqinida to’qayzorlarga yashiringan.

Vaziyat qaltislashgan taqdirda Turkmaniston kimning yordamiga umid qilishi mumkin?

Turkman muxolifati nazarida Afg’onistonda vaziyat keskinlashishi mintaqada o’z qudratini oshiqishga urinayotgan Rossiyaga qo’l keladi. Turkmaniston parlamenti sobiq deputati Xolmurod Suyunov “Ozodlik” radiosining Turkman xizmatiga intervyusida Rossiya harbiy yordamini rad etishga chaqiradi.

“Agar Rossiya biror sabab bilan Turkmanistonga o’z harbiylarini kiritishga muvaffaq bo’lsa, bu bilan Turkmaniston Rossiya qo’li ostiga o’tadi. Bunday vaziyatda qo’shni davlatlar, AQSh, NATO va xalqaro jamoatchilik yordamiga ko’z tikish kerak”, - deydi sobiq deputat.

Anvar Nazir fikricha:

“Rossiya harbiy bazalari (Qirg’iziston va Tojikistonda) mojarolarga qo’shilmasligi, chetda turishi ham mumkin. Chunki urush boshlansa, Ukarinadagi kabi bo’lmaydi, haqiqiy jangarilar urushadi. Avvalgi Afg’oniston sindromi kabi yana tobutlar Rossiyaga qaytadigan bo’lsa, bu albatta Putinning reytingiga xizmat qilmaydi. Markaziy Osiyo uchun pul ketkazish, qon berish ruslarga yoqmaydi. Nazoratda ushlash, bosib olish bu boshqa masala. Putin o’z reytingiga ishlamagan narsani qilmaydi. Vaziyat yomonlashsa, Rossiya Qozog’istondan chegarani yopib qo’yib, qolganing o’lsang o’laver deyishi ham mumkin”.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG