Shanba, 25-may, 2013 Toshkent vaqti: 20:54

Amerika

AQSh xayriya tashkiloti xorijda kutubxonalar ochmoqda

Indoneziyalik bolalar kutubxonaga jon deb keladi.
Indoneziyalik bolalar kutubxonaga jon deb keladi.
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
AQShning “Kitob bilan dunyo bir qadam” deb nomlangan xayriya tashkiloti Indoneziyada kutubxonalar qurmoqda. Bolalar va kattalar uchun

Indoneziyaning Padang shahrida bir maktabning yaqinda ochilgan kutubxonasi. Bolalar qiroat bilan band. Bu yerda kitoblar kamyob. O’quvchi Fiolisa Anggrayni ixtiyorida shuncha adabiyot borligidan xursand:   

“Bu yangi kutubxonada kitoblar, yaxshi kitoblar ko’pligi menga juda ma’qul. Bilimimni oshira olaman endi”.

x
2009-yildan buyon xayriya tashkiloti Indoneziyaning Padang, Sidoarjo shaharlari va Bali orolida o’nlab kutubxonalar ochishga muvaffaq bo’ldi.

Tashkilot asoschisi, professor Jeyms Ovens deydiki, boshqa rivojlanayotgan mamlakatlardagi kabi Indoneziyada iqtidorli bolalar ko’p, biroq imkoniyatlar cheklangan.

“Ular maktabga boradi, o’qiydi, orasida aqllilari juda ko’p. Lekin kitob tanqis – tarix, ertaklar, qolaversa, ilm-fan bo’yicha ham. Holbuki, asar bola xayol qilishi, orzu qilishiga yordam beradi.”

Bir kutubxonani qurib bitkazish va jihozlash uchun 5000-10 000 dollar kerak. Professor Ovens dars beradigan Janubiy Kaliforniya universitetida mart oyida talabalar marafon uyushtirib, yana bir kutubxona uchun 8 000 dollar to’plashga muvaffaq bo’ldi. Stefani Vetsel – faol talabalardan:

“Biz kitob o’qishga o’rganib qo’lganmiz, noyob ne’mat ekanini o’ylamaymiz ham. Boshqa yurt bolalarida shunday imkoniyat bo’lishi, xat-savodli bo’lishi kerak”.

Padang shahridagi maktab direktori Amril Lasmana kutubxona bolalar hayotida o’zgarish qildi, deydi.

“O’quvchilarimiz orasida bilimga chanqoqlik, qiziqish va o’qish istagi ancha kuchaydi. Kutubxona binosi qayta ta’mirlandi. Toza, shinam va chiroyli joyga aylandi. O’quvchilar u yerga jon deb boradi”.

x
Ikki ko’chma kutubxona ham bor. Undan bir necha maktab bemalol foydalana oladi.

O’quvchi qiz Liza Andriyani Putri kutubxona koni foyda, deydi:

”Bu kutubxona ochilganidan juda xursandman. Shijoat bilan o’qisam, komil inson bo’lib yetishaman, deyman”.
 
"Kitob bilan dunyo bir qadam” tashkiloti Indoneziyada hammasi bo’lib bolalar uchun 49 kutubxona qurib bitkazdi. Ota-onalar uchun yana 26 ta. Rejaga ko’ra, joriy yil shunday dastur Meksikada ishga tushadi.

Loading
12:00:00 / -:--:--
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiyaning aytishicha, hujumchilar qassoblar ishlatadigan pichoqdan foydalangan. London, 23-may, 2013-yil.
  • Politsiya hujum ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
  • London meri Boris Jonson politsiya bilan gaplashmoqda.
  • Britaniyalik marhum zobitni xotirlab, oddiy fuqarolar keltirgan hadyalar.
  • Hujumdan keyin oddiy fuqarolar marhumni xotirlayapti.
  • Hamla kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI