Payshanba, 11-fevral, 2016 Toshkent vaqti: 20:02

Xalqaro

Pekinda Kommunistik partiya syezdi; rahbariyat yangilanish arafasida

Xitoy Kommunistik partiyasining 18-qurultoyi, Pekin, 8-noyabr, 2012-yil.
Xitoy Kommunistik partiyasining 18-qurultoyi, Pekin, 8-noyabr, 2012-yil.
Amerika Ovozi
Xitoyda Kommunistik partiya qurultoyi boshlandi. Prezidentlik muddati tugayotgan Xu Sintaoning 2000 dan ziyod delegatlarga murojaat qilishicha, partiya hukmronligini saqlab qolmoqchi bo’lsa, korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurashish lozim.

"Agar hukumatni korrupsiyadan xoli tuta olmasak, partiya va hatto, davlatimiz yemirilishi mumkin", - dedi Xu Sintao.

Uning aytishicha, qonun oldida hamma teng va partiya bunga e’tibor berishi zarur. Qurultoy bir hafta davom etadi. Tadbir so’ngida Xu Sintao partiya rahbarligini vitse-prezident Si Zinpinga topshirishi kutilmoqda. Mart oyidan esa bu arbob prezidentlikni ham qo’lga oladi.

Pekinda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Bir necha faollar namoyish qilmoqchi bo’lgan edi, ammo politsiya ularni vaqtinchalik hibsga olgan yoki poytaxtdan narida ushlamoqda.

Shunga qaramay, amaldagi rahbar siyosiy islohotlar va’da qildi.

"Siyosiy tizim islohoti umumiy reformalarning ajralmas qismidir", - dedi Xu Sintao.

Ammo uning aytishicha, Xitoy hech qachon G’arb siyosiy tizimiga taqlid qilmaydi. “Biz o’z xususiyatlariga ega Xitoy sotsializmi yo’lidan boramiz”, dedi u.

Bu o'rtada Xitoyga qarashli Tibet o'lkasida ikki odam Oekin siyosatiga norozilik ramzi sifatida o'zini yoqqan. Jami ikki kunda olti odam shu tariqa o'zini qurbon qildi.

Tibetning surgundagi hukumati Xitoyni o'lkaga nisbatan siyosatiga o'zgartirish kiritishga chaqirmoqda. Faollar nazarida tibetliklar siyosiy faollikdan mahrum, madaniyati va dini siquv ostida.

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Michigan shtatida musulmonlar tebratayotgan shaharchai
X
11.02.2016 00:01
Michigan shtati, Hemtremik shaharchasi bir asrdan oshibdiki, katolik polyak muhojirlari maskani. Avtosanoat rivojlangan davrda shaharcha gullab yashnagan. Hozirga kelib, manzara o'zgargan. Yaqinda bu shahar kengashiga musulmonlarning saylanishi ancha ovoza bo'ldi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Saudiya Arabistoni shialarga qarshi Yamanda havo hujumlarini davom ettirar ekan, poytaxt Sano vayrona
  • Bolgariya ibodatxonalarida
  • G'arbiy Bengol shtatida fil bir shaharni vayron qildi, Hindiston
  • Samo
  • Xitoyda yangi yil
  • Qochqinlar qayerga borsin? Makedoniya
  • Daniyada yo'l halokati. Baliq olib ketayotgan mashina qulagan.
  • Britaniya harbiy dengiz kuchlari mashq qilmoqda
  • Oxotsk dengizi, Rossiya
  • "Uber" ga qarshi namoyish, London
  • Pokiston ko'chalarida tomosha
  • Shimoliy Irlandiya

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI