Seshanba, 30-sentyabr, 2014 Toshkent vaqti: 15:20

Siyosat

Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurash avjida

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Xitoyning yangi rahbariyati aholi noroziligiga sabab bo’lgan korrupsiyaga qarshi kurashni boshlab yubordi. Bunga bor misol: Kommunistik partiya yetakchisi Si Tzinpin yaqinda Shenzhen viloyatiga tashrifi chog’ida qizil gilamlaru ziyofatlardan voz kechishga undadi. 

Yillar davomida Xitoy rahbarlari korrupsiyaning Kommunistik partiya faoliyati va bir milliarddan ziyod aholi uchun tahdidi haqida gapirib keldi. Si Tzinpin partiya yetakchisi etib tayinlanganidan buyon rasmiylar muammoga qarshi kurashni jadallashtirgan ko’rinadi.

Ren Dzianmin Pekindagi Tsingua universitetining korrupsiya va hokimiyatni o’rganuvchi tadqiqotlar markazi direktori. Uning fikricha, yangi rahbariyat korrupsiya xafvi va salbiy ta’sirini yaxshi tushunadi, muammoga qarshi kurashni tez boshlash kerak deb hisoblaydi.

“Si Tzinpinning “agar korrupsiya davom etsa, partiya va butun millat tugadi deyavering” degan so’zlarini bir eslang-a”, - deydi tahlilchi.

So’nggi haftalarda Xitoyda qator mansabdor shaxslarning ishdan olingani, ko’plarga qarshi jinoiy ish qo’zg’atilgani haqida xabarlar paydo bo’ldi. Ular birinchi bo’lib ijtimoiy veb sahifalar orqali tarqalib, odamlar rasmiylarni keskin tanqid qildi. Hukumat esa jamoa fikrini yaqindan kuzatayotgan ko’rinadi.

Shinxua axborot agentligi xabariga ko’ra, Sichuan viloyatining bir yuqori lavozimli rasmiysi yaqinda ishdan bo’shatildi. Bundan bir oy oldin u Kommunistik partiya markaziy qo’mitasi a’zosi etib tayinlangan edi.

Ayrim siyosiy tahlilchilar fikricha, rasmiy doiralardagi poraxo’rlik va mansabni suiiste’mol qilish hollarini ommabop ijtimoiy veb-saytlar orqali yoritish Xitoy jamiyati uchun ijobiy o’zgarish.  

Lekin internetning o’zi korrupsiyaga qarshi kurashda yetarli emas, deydi Pekin texnologiya instituti professori Xu Sindou.

“Zamonaviy aksil-korrupsion tizim barpo etish lozim. U barcha uchun ochiq va oshkor bo’lsin. Rasmiylarning qancha va qanday boylikka egaligini hamma bilsin. Bunday tizim hukumatdan mustaqil bo’lishi kerak”. 

Hozirgi tizimga ko’ra, poraxo’rlik va mansab suiiste’moli haqidagi ma’lumotlarni maxsus markaziy komissiya tekshiradi. Biroq taftish boshlash uchun u hukumatdan ruxsat olishi kerak. 

Gonkongdagi Xitoy universiteti professori Flora Sapio fikricha, korrupsiyani o’rganish uchun mustaqil tashkilot tuzish lozim.

“Ish yuzasidan dalil to’plash, hibsga olish, tergov o’tkazishda mavjud qoidalar shundayki, ularni u yoki bu siyosiy guruh yohud arbob manfaatlaridan kelib chiqqan holda o’zgartirish mumkin,” - deydi olima.
 
Hukumat rasmiylari aksil-korrupsiya choralari haqida bong urar ekan, bu choralar haqiqiy islohotlar o’tkazishga qaratilganmi yoki yangi rahbariyatga ma’qul kelmagan siyosatchilarni yo’q qilishgami, hozircha aniq emas.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Obama BMT minbarida - "Islomiy davlat" da qarshi kurash Obama/UNGA Islamc Statei
X
29.09.2014 23:12
Har yili sentabr oyi oxirida dunyo rahbarlari Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yillik sammitida yig'ilib, minbarga chiqadi. O'z dardini aytadi. Amerika prezidenti Barak Obama jahon tinchligi haqida gapirar ekan, asosan Rossiya va Islomiy davlatni tilga oldi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiya Gonkongdagi hukumat binosi oldiga yig'ilgan talabalarga qarata ko'zdan yosh oqizuvchi gaz qo'llamoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

  • Gonkong politsiyasi ko'zdan yosh oqizuvchi gaz qo'llab, namoyishchilarni tarqatishga urinishiga qaramay, norozi aholi ko'chalarni tark etmayapti.

  • Namoyishchilar Gonkongning moliyaviy markazida joylashgan asosiy ko'chani to'sib qo'ydi, 29-sentabr, 2014-yil.

  • Namoyishchilar hukumat binosi oldida politsiya mashinasini o'rab oldi, 29-sentabr, 2014-yil.

  • Odamlar gazetalardan so'nggi namoyishlarga oid xabarlarni o'qimoqda, Gonkong, 29-sentabr, 2014-yil.

  • Politsiya namoyishchilarga qarata ko'zni achituvchi qalampirli suv purkamoqda, Gonkong, 28-sentabr, 2014-yil.

  • Namoyishlar ketidan Gonkong birja bozoridagi narxlar tushib ketdi, 29-sentabr, 2014-yil.

  • Ko'ngillilar namoyishchilarga suv tarqatmoqda, Gonkong, 29-sentabr, 2014-yil.

  • Namoyishchilar hukumat bioni oldida o'tirishibdi, 29-sentabr, 2014-yil.

  • Yo'lovchilar o'tishi uchun qurilgan ko'prikda namoyishchilar "Gonkongni egallab ol" so'zlari yozilgan plakatni ko'tarib turibdi, Gonkong, 29-sentabr, 2014-yil.

Fotogalereya

Fotogalereya Gonkongda norozilik namoyishlari

Gonkong politsiyasi ko'zdan yosh oqizuvchi gaz qo'llab, namoyishchilarni tarqatishga urinishiga qaramay, aholi ko'chalarni tark etmayapti. Ular Pekinning siyosiy islohotni cheklashga qaratilgan choralaridan norozi.
Fotogalereya

Fotogalereya Ebola epidemiyasi suratlarda

Ebola epidemiyasi kengayishda davom etmoqda. BMT Bosh Assambleyasi yig'inida ham shu mavzuga alohida e'tibor qaratildi.
Fotogalereya

Fotogalereya Varshava, Polsha: O'zbekistonda inson huquqlari va siyosiy mahbuslar

Nyu-Yorkda asoslangan xalqaro tashkilot, inson huquqlari bo'yicha "Human Rights Watch" (HRW) o'zining 121 betlik yangi hisobotida tahlil qilishicha, O’zbekiston inson huquqlari keng ko’lamda poymol etiladigan davlat; so'z va fikr erkinligi faqat qog'ozda; bu huquqlarni amalda qo'llash - qamoq va qiynoq tomon yo'l. Tahlilnoma Varshavada e'lon qilindi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti u yerda inson huquqlari bo'yicha yillik majlisini o'tkazmoqda. Unda O'zbekistonning taniqli huquq himoyachilari Vasila Inoyatova va Mo'tabar Tojiboyeva singari faollar so'zga chiqqan va qamoqxonalardagi vaziyat haqida tanqidiy hisobotlar bergan. Konferensiya doirasida siyosiy mahbuslarning ozod etilishiga chaqiruvchi namoyishlar ham o'tmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Minglab odamlar iqlim himoyasiga otlandi

Yakshanba kuni minglab odamlar namoyishga chiqib, siyosat ahlini iqlimdagi salbiy o'zgarishlarga qarshi dadilroq harakat qilishga chaqirdi.
Fotogalereya

Fotogalereya O'n minglab suriyaliklar Turkiyaga qochayapti

Suriyada "Islomiy davlat" jangari guruhining hamlasi ketidan o'n minglab kurdlar Turkiyaga qochayapti. Anqara qochqinlarni kiritish uchun 19-sentabrda Suriya bilan chegarani ochgan. Hozirning o'zida Turkiyada Suriyadagi urushdan bosh olib ketgan yuz minglab suriyalik jon saqlamoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Jalol-Obod, Arslonbob va O'zgan

Jalol-Obod viloyati bo'ylab sayohat... Shahardan Suzoq qishlog'i tomon boramiz. So'ngra Arslonbob to'glariga chiqamiz va sharsharalar tagida dam olamiz. Qishloqlarni kezamiz. Jamoatchilik bilan muloqotda bo'lamiz. Bozorlar, ko'chalar va hayot. Qirg'iziston janubida shu yilning avgustida olingan suratlarni tomosha qiling. Tafsilotlar mana bu blogda: http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/2014/09/20/jalol-obod-arslonbob-va-ozgandagi-bebaho-lahzalar/
Fotogalereya

Fotogalereya "Islomiy davlat"ga qarshi kurash

Iroq va Suriyadagi "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish jarayoni davom etmoqda. Ko'plab davlatlar o'q-dori va qurollar yetkazish, shuningdek, Iroq va kurd askarlarini harbiy tayyorgarlikdan o'tkazish ishlarida yordam berishga va'da berdi.
Fotogalereya

Fotogalereya Shotlandiya kelajak uchun ovoz bermoqda

18-sentabr kuni Shotlandiyada Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi tarkibidan chiqish to'g'risida umumxalq referendumi bo'lib o'tadi. Agar unda aksariyat qatnashchilar qirollikdan ajrab chiqish uchun ovoz bersa, xaritada Shotlandiya deb ataluvchi yangi mustaqil davlat paydo bo'ladi. Besh milliondan oshiq aholiga ega o'lka.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI