Dushanba, 30-mart, 2015 Toshkent vaqti: 17:55

Siyosat

Amerika kompaniyasi Xitoyni kiberxurujlarda ayblamoqda

AQShning
AQShning "Mendaynt" (Mandiant) kompaniyasiga ko'ra, xitoylik xakerlar Shanxayda Xitoy xalq ozodligi armiyasiga tegishli imorat yaqinidagi joydan turib faoliyat yuritmoqda
Amerika Ovozi
Internet xavfsizligi bilan shug’ullanuvchi AQShning “Mendaynt” (Mandiant) kompaniyasiga ko’ra, Amerika kompaniyalari, hukumati va muhim infratuzilmasiga aloqador veb-sahifalarga uyushtirilgan hujumlar ortida Xitoy hukumati turibdi. 60 sahifali hujjatda xitoylik xakerlar amalga oshirgan xurujlar misol tariqasida keltiriladi. Ularga esa, deyiladi hisobotda, Xitoy hukumati yordam bermoqda.

Xususan, kompaniya da’vosiga ko’ra, 2006-yildan beri AQShga qarashli 150 tashkilotdan ma’lumotlar o’g’irlangan. Bu tashkilotlarning nomlari keltirilmagan, ammo ularning 20 yo’nalish bo’yicha ish olib borayotgani aytiladi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Xon Ley ayblovlarni inkor etdi.

"Xakerlar hujumi xalqaro muammo. Uni ishonch bilan va hamkorlikda hal qilish lozim. Isbotsiz, asossiz ayblovlar yuklash jiddiy tashkilotga yarashmaydi", - deydi Xitoy rasmiysi.

Xon Ley o’z navbatida Xitoyda o’tkazilgan izlanish natijasiga ishora qilib, uning mamlakatidagi kiberxurujlarga Qo’shma Shtatlar aloqador ekanini aytdi.

“Mendaynt” kompaniyasi xurujlarni yetti yil davomida kuzatib, taftish qilganini, 90 foizidan ko’pi Shanxaydagi Xitoy ozodlik armiyasi joylashgan 12 qavatli binoga yaqin hududdan amalga oshirilganini ta’kidlaydi. Xitoy harbiylari bu ishga mas’ul bo’lmasa-da, nahotki ular o’z mahallalaridagi xakerlar faoliyati haqida bilishmagan bo’lsa, deyiladi kinoya bilan AQSh kompaniyasi hisobotida.

Qo’shma Shtatlar shu yildan boshlab kiberxavfsizlik bilan shug’ullanuvchi mutaxassislari sonini 900 dan to’rt mingga oshirdi.

Kiber-xavfsizlik/Cybersecurityi
X
10.04.2013 17:57
Xitoy yangi prezidenti Si Zinpin yaqinda Pekinda AQSh moliya vaziri Jek Lyuni qabul qilib, ikki davlat tortishayotgan masalalar xususida gaplashdi. Shunday mavzulardan biri - kiberxavfsizlik. Vashington Pekinni kiberxurujlarda ayblab keladi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amerika Manzaralari/Exploring America, March 30, 2015i
X
30.03.2015 10:34
Har dushanba Toshkent vaqti bilan 15:30 da sun'iy yo'ldosh orqali uzatiladigan 30 daqiqali ko'rsatuv Amerikadagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manzara bilan tanishtiradi. Qolaversa, Qo'shma Shtatlar - Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi aloqalarni tahlil qiladi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • O'zbekistonda prezident saylovlari
  • O'zbekistonda prezident saylovlari
  • O'zbekistonda prezident saylovlari
  • Nigeriya, prezident saylovidan keyin
  • Vatikanda Pasxa bayrami
  • Eyfel chiroqlari o'chirib qo'yildi, tabiatni ayashni targ'ib qilish maqsadida
  • Falastin
  • Ispaniyada Pasxa
  • Siyerra Leone, Ebola kasalligidan qaqshagan mamlakat
  • Yaponiya
  • Yuta shtatida hindular bayrami, Krishta ibodatxonasida
  • Hindiston
  • Kaliforniya shtatida

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI