Shanba, 23-avgust, 2014 Toshkent vaqti: 22:20

Xalqaro

AQSh kompaniyasi: Kiberxurujlarning 90 foizi Xitoydan

Amerika Ovozi
Internet xavfsizligi bilan shug’ullanuvchi Amerikaning “Mendaynt” kompaniyasi Xitoy hukumatini AQShdagi saytlardan maxfiy axborot o’g’irlashga aloqadorlikda ayblamoqda.

Vashingtonlik tahlilchilar nazarida Qo’shma Shtatlar kiberurushni boy bermoqda. Ma’lumotlarga ko’ra, xakerlar kompyuter tizimlariga yangicha va ancha takomillashgan usullar bilan hujum qilmoqda.

Prezident Obama barcha davlat idoralarini kiberxurujlarga doir ma’lumotlarni xususiy kompaniyalarga uzatishni buyurdi. Kongress esa himoyaga muhtoj kompaniyalar tizimlarini kuchaytirishga qaratilgan qonunlar ustida ishlamoqda.

Xakerlik dunyo bo’ylab jinoyat hisoblanib, so’nggi yillarda unga qarshi kurash kuchaygan. AQShning “Mendaynt” kompaniyasiga ko’ra, kiberxurujlarning 90 foizidan ko’pi Shanxaydagi Xitoy xalq ozodlik armiyasi joylashgan 12 qavatli binoga yaqin hududdan amalga oshirilmoqda.

Kongress Vakillar Palatasining razvedka qo’mitasi raisi Mayk Rojersning aytishicha, masalaga jiddiy yondashish payti keldi.

"Hozir kiberurush ketyapti. Aksariyat amerikaliklar buni bilmaydi. Dunyoda ham ko’p odam bilmasa kerak. Aytish kerakki, biz bu urushda mag’lub bo’lyapmiz", - deydi qonunchi.

AQSh hukumati xakerlar harakatlari tufayli elektr ta’minoti, havo qatnovi yoki moliyaviy tizim ishdan chiqib, to’s-to’polon boshlanishi, savdo sirlari o’g’irlanishi mumkin, deya ogohlantirmoqda. “Mendaynt” kompaniyasiga ko’ra, so’nggi bir necha yilda xitoylik xakerlar bularning barchasini tekshirib chiqqan.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ayblovlarni inkor etmoqda. Vazirlik rasmiysi Xon Leyning aytishicha, xakerlar hujumi xalqaro muammo ekani haqida Xitoy ko’p gapirgan.

"Ularning qayerdan turib kompyuter tizimlariga kirganini bilish o’ta qiyin. Amerika kompaniyasi hisobotidagi ma’lumotlarga ishonch yo’q", - deydi u.

Kongressmen Rojers AQSh kompaniyalariga kompyuter tizimlari himoyasini kuchaytirishga yordam beruvchi qonun tashabbusi bilan chiqdi. Hujjat hukumat idoralari va xususiy kompaniyalar o’rtasida axborot almashinuviga qo’yilgan taqiqni bekor qilishga qaratilgan.

Biroq, deydi Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqi vakili Mishel Richardson, bu qonun kompaniyalarga internet xavfsizligiga aloqasi yo’q ma’lumot to’plashga imkon beradi.

"Shunday qonun qabul qilinsa, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishga qaratilgan qonunlar foydasiz bo’lib qoladi. Kompaniyalar davlat idoralaridan odamlarning shaxsiy, nozik ma’lumotlarini to’plashga kirishishi mumkin. Buni cheklovchi qandaydir chora ko’rish kerak", - deydi Richardson.

Internet xavfsizligi bilan shug’ullanuvchi Vebsens (Websense) kompaniyasi vitse-prezidenti Charlz Renertning aytishicha, internet va shaxsiy xavfsizlik o’rtasida muvozanatni topish lozim.

"Kiberuxujlarni o’rganish kerak. Qayerdan kelyapti, kim qilyapti, aniqlash zarur. Agar bu ish to’g’ri bajarilsa, shaxsiy ma’lumot oshkor etilmaydi", - deydi mutaxassis.

Mayk Rojers tayyorlagan qonun loyihasi Kongressning oldingi chaqirig’idan o’tmagan edi. Kiberxurujlarning harbiy va iqtisodiy tahdidiga doir xavotirlar kuchayar ekan, hujjat bu gal qabul qilinishi ehtimoldan xoli emas.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
100 yoshdan oshgan amerikaliklar - The oldest Americansi
X
22.08.2014 23:41
AQSh aholisining eng katta sur’atlar bilan o’sayotgan bir qismi - yoshi 100 dan oshganlar. Yaqinda Arkanzas shtatida yashaydigan bir onaxon 116-bahorini qarshiladi. U dunyodagi ikkinchi eng keksa odam. AQShda yoshi 100 dan oshganlar soni 53 000 dan ko’p.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Malayziya Ukrainada urib tushirilgan samolyotda o'lgan yo'lovchilarga motamda
  • Pokistonda hukumatga qarshi namoyishlar
  • Rossiya kolonnasi Ukrainaga kirgan
  • Belgiya bog'larida
  • Yaponiyada yer ko'chgan
  • G'azo ahli Isroilga qarshi namoyishda
  • Yamanda shialar bayrami
  • Donetsk, Ukraina
  • Nasroniylar bayrami - Qohira, Misr
  • Gonkong salonlarida
  • Ispaniya
  • Germaniya zooparklarida
  • Germaniya manzaralari
  • Livan
Fotogalereya

Fotogalereya Isroil va XAMAS o'rtasida yana otishma boshlandi

Qohiradagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, vaqtinchalik sulh tugashi bilan Isroil va XAMAS o'rtasida yana otishma boshlanib ketdi.
Fotogalereya

Fotogalereya Jangarilar jurnalistni qatl etdi

"Iroq va Shom islomiy davlati" "YouTube"ga yuklagan video "Amerikaga xabar" deya nomlanadi. Unda tizzalab o'tirgan amerikalik jurnalist Jeyms Folining boshi tanasidan judo qilingani ak etgan. Hozirda video "YouTube" tomonidan olib tashlangan.
Fotogalereya

Fotogalereya Ferguson, Missuri - 20-avgust, 2014

Qora tanli aholi politsiyani irqchilikda va zo'ravonlikda ayblab, namoyishlarni davom ettirmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Missurida politsiya namoyishchilarni tarqatishga harakat qilmoqda

Politsiya bilan to'qnashuvda bir kishiga o'q tegib qattiq yaralangan, yetti kishi hibsga olingan. 18 yashar qora tanli yigitning politsiya tomonidan otib o'ldirilishi ketidan boshlangan namoyishlar tinmayapti. Ferguson shahrida favqulodda holat joriy etilgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Missuri shtatida politsiyaga qarshi namoyishlar davom etmoqda

Qo’shma Shtatlar bo’ylab minglab odamlar namoyishga chiqib, Missuri shtatida politsiya o’qidan o’lgan qora tanli o’smirni xotirlayapti. Yuzdan oshiq shaharlarda yig’ilgan fuqarolar 18 yoshli Maykl Braunni va politsiya qo’lidan o’lgan boshqa vatandoshlarni bir daqiqalik sukunat bilan esladi. Missurida namoyishlar qonli tus olgach, prezident Barak Obama kecha jamoatchilikni tinchlanishga undadi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI