Payshanba, 23-may, 2013 Toshkent vaqti: 07:44

Siyosat

Si Zinpin - Xitoy Kommunistik partiyasi bosh kotibi

Si Zinpin - Xitoy Kompartiyasining yangi Bosh kotibi, Pekin, 15-noyabr, 2012-yil.
Si Zinpin - Xitoy Kompartiyasining yangi Bosh kotibi, Pekin, 15-noyabr, 2012-yil.
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Xitoy vitse-prezidenti Si Zinpin bugundan boshlab Kommunistik partiyaga rasman rahbar etib tayinlandi. Bu ko’pdan beri kutilgan qaror bo’lib, mart oyida mamlakat prezidentligi ham bu arbobga o’tadi.

"Partiya yangi bosh kotibining aytishicha, islohotlar davom etadi. Farovonlik yo’lida barcha qiyinchiliklarni hal etishga bel bog’laymiz", - dedi u.

59 yoshli Si Zinpin Xitoyda inqilobiy yetakchilardan birining o’g’lidir. Uning hozirgi hayoti haqida ma’lumot ko’p emas, ammo ayrim kuzatuvchilar nazarida Si Xitoyning boshqa kommunistik rahbarlaridan yumshoqligi bilan farq qiladi. Uning partiya syezdida qilgan nutqi ijobiy baholanmoqda.

Kompartiyaning rahbar organi – Siyosiy byuro doimiy qo’mitasi ham yangilandi. Tahlilchilarga ko’ra, yangi rahbarlar mo’tadilligi bilan oldingilaridan ajralib turadi.

Biroq Indiana universiteti eksperti Skott Kennedining aytishicha, ularni ashaddiy islohotchilar ham deb bo’lmaydi.

Syezdda doimiy qo’mitani to’qqiz a’zodan yettitaga qisqartirishga ham kelishildi.

Rays universitetida Xitoy bo’yicha mutaxassis Stiv Lyuisning aytishicha, bu ijobiy hol, chunki qo’mita yirik qarorlarga veto qo’yish huquqiga ega.

"Yetti kishining murosaga kelishi to’qqiz kishiga qaraganda osonroq", - deydi tahlilchi.

Si Zinpin qudratli harbiy kengash raisligini ham qabul qildi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Hindiston
  • Vatikan
  • Suriya
  • Oklaxoma, AQSh
  • Sloveniya
  • Shimoliy Darfur
  • Xitoy
  • Hindiston
  • Gonkong
  • Filadelfiya, AQSh
  • Kan festivali, Fransiya

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI