Juma, 27-mart, 2015 Toshkent vaqti: 15:16

Siyosat

Xitoyda o’ziga o’t qo’yish hollariga qarshi kampaniya

Tibetliklar namoyishi
Tibetliklar namoyishi

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Xitoy sudi tibetlik rohibni o’ziga o’t qo’yishga ko’ndirishga uringan odamni 13 yilga qamagan. Hukumat shu tariqa o’zini yoqish holatlarini tugatishga urinmoqda.

Phagpa ismli bu shaxs rohibga “Tibet xalqi ozodligi va erkinligi uchun joningni fido qil” deya da’vat etgan, deyiladi sud hukmida, va atayin odam o’ldirishda aybdor. Holbuki, monax uning gapiga kirmagan va hamon sog’-omon.
 
Oxirgi uch yilda Xitoyda salkam 100 tibetlik rasmiy Pekinga qarshi isyon, vatan, madaniyat va din himoyasi yo’lida deya o’zini yondirgan. Xitoy hukumati buni terrorizm deya ta’riflaydi.
 
Davlatga qarashli matbuotda o’tgan hafta AQSh moliyalovchi ommaviy axborot vositalari, jumladan, “Amerika Ovozi”ni tibetliklarni o’z joniga qasd qilishga undashda ayblovchi dastur efirga uzatilgan.  
 
Unda aytilishicha, “Amerika Ovozi” Tibet ahli bilan muloqot qilish uchun maxfiy koddan foydalanmoqda. “Amerika Ovozi” direktori Deyvid Ensor mazkur da’volarni rad etmoqda.
 
“Tibetda joniga qasd qilish hollari dahshatli. Bularni yoritib borayapmiz, lekin qo’llab-quvvatlayotganimiz yo’q”, - deydi Ensor.
 
Mintaqani o’rgangan olim, Avstraliya Universitetidan Jon Mastersning aytishicha, Xitoy hukumati uchun aybni chetdan izlash yangilik emas.
 
“Rahbariyat Tibet muammosini faqat kuch bilan hal qilishdan u yog’iga o’ta olmayapti. Ziddiyat kuchaygani sari, to’polon ham avjiga chiqaveradi. Holbuki, strategiyani qayta ko’rib chiqish, boshqa yo’llarni ham qo’llash haqida o’ylamayapti ular”, - deydi olim.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Valyuta, savdo va hamkorlik: AQSh bir necha davlat bilan muzokaradai
X
27.03.2015 05:27
Obama ma’muriyati o’nlab davlatlar bilan yangi savdo bitimlari imzolash niyatida. Muzokaralar davom etarkan, Kongress ham yangi qonunlar qabul qilishi kerak.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Okalxomada tornado...
  • Fransiya: Alp tog'laridagi aviahalokat ketidan qidiruv davom etmoqda
  • Fransiya: Alp tog'laridagi aviahalokat ketidan qidiruv davom etmoqda
  • Janubiy Koreya buddistlari
  • Fransiya
  • Chili
  • London
  • Xitoy
  • Yelena Radionova, Rossiya sportchisi, Xitoyda musobaqada
  • Xitoy mozorida
  • Xitoy
  • Qozog'iston

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI