Breaking News

AQSh nigohi Osiyoda, Xitoy unga manfaatlarini eslatmoqda


Osiyoni o’z manfaatlari uchun strategik deb belgilagan Qo’shma Shtatlar sekin-asta bayonotlardan ishga o’tmoqda. Mintaqada qo’shinlar soni oshadi, ittifoqchilar bilan hamkorlik mustahkamlanadi. Erkin savdo zonalarini yaratish ustida ish ketmoqda.


Mudofaa vazirligi Pentagon bu jarayonga “qayta muvozanatlash” deya nom bergan.

Har yili AQSh va Tailand Cobra Gold nomi ostida harbiy mashqlar o’tkazadi. Turli davlatlardan, 13 mingdan ziyod zobit ishtirokida o’tadigan katta tadbir.

Dunyodagi eng yirigi deya tan olingan bu treyning AQSh Osiyoga e’tiborni oshirayotganini yaqqol namoyish etadi.

Avraam Denmark Osiyoshunoslik markazida xavfsizlik bo’yicha ekspert.

“Qayta muvozanatlash” deganda shuni anglash kerakki, XXI-asr tarixi bitilganda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi unda eng katta sahifani egallaydi. AQSh Tinch okeani davlatlaridan biri ekan, bu hududda ta’sirini saqlab qolishga harakat qiladi, deydi u.

AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta yaqinda Vyetnamga tarixiy safari chog’ida urush paytida qo’llangan Kam Ran Bey portida to’xtab o’tdi. Uning aytishicha, AQSh 2020-yilga borib harbiy kemalarining 60 foizini Tinch okeaniga ko’chiradi.

“Vyetman va boshqa davlatlar bilan harbiy aloqalarni kuchaytirish tarafdorimiz. Ularga treyning kerak bo’lsa, murabbiylarni yuboramiz. Harbiylar malakasini oshirishda ko’maklashamiz”, - deydi vazir.


Filippin ham Vashingtondan ana shunday yordam olishga yo’q demaydi. Tailand esa Utapao harbiy-havo bazasidan gumanitar maqsadlarda foydalanish uchun ruxsat berish ustida o’ylanmoqda.

Yangi strategiyaning murakkab jihatlari bor. O’tmishdan nusxa ololmaysiz, deydi tahlilchi Avraam Denmark.

“Sovuq Urush, Vyetnam urushi… bular boshqa davrlar edi. Yangicha, ixcham, ittifoqchilarga ma’qul hamkorlik haqida o’ylash kerak”.

O’tgan oy Filippin prezidenti Beninyo Akino Vashingtonda qadah ko’tarayotgan bir paytda, Manilada namoyishlar bo’lib o’tdi. Amerikalik harbiylar Filippinga tez-tez qatnab qolgani, qo’shma harbiy mashqlar ko’payayotgani norozilik uyg’otmoqda.


Regionning eng qudratli davlati hisoblanmish Xitoy ham AQSh strategiyasini tanqid qilmoqda. Pekin nazarida, AQSh Osiyoda Xitoy manfaatlariga tupurib, o’z salohiyatini oshirish uchun nomaqbul fursat tanlagan.

Vu Shisun - Janubiy Xitoy dengizi tadqiqot instituti prezidenti.

“AQSh strategik nigohini Osiyo-Tinch okeaniga qaratayotgani, albatta, Xitoy bilan bog’liq”, - deydi u.

Cobra Gold harbiy mashqlarida Xitoy va Vyetnam kuzatuvchi bo’lib qatnashdi. Mashg’ulot hech bir davlatga qarshi qaratilmagan, deya ishontirmoqda AQSh harbiylari.

Amerika nigohi Osiyoda/US focus on Asia
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:59 0:00
Yuklab oling

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG