Dushanba, 24-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 01:59

Madaniyat

Dunyoni o'ziga maftun etgan sirk

Amerika Ovozi
Kanadada asoslangan va 30 yildan beri dunyo ahlini xushnud qilib kelayotgan ijodiy guruh fransuzcha nomga ega - Cirque du Soleil. “Quyosh sirki” degan ma’noni anglatadi.


Sirkning eng tanilgan tomoshalaridan biri “Totem” bo’lib, u insoniyat taraqqiyoti, borliq va turli e’tiqodlar haqida hikoya qiladi.
 
Akrobatlar -  jahonning turli shahar va qishloqlaridan terib olingan nodir iste’dod sohiblari.
 
“10 yildan beri shu sirkdaman. Navaxo qabilasidanman. Arizona va Nyu-Meksiko shtatlarida katta bo’lganman”, - deydi Shandeya Larans, akrobatlardan biri.
 
Artist chambaraklar bilan turli jonivorlarga aylana oladi.

“Chambarak raqsi ruhiy orom beradi. Nyu-Meksikoning Taos degan go’shasidan chiqqan. Tabiat, inson va hayot orasidagi doira”.  
 
Raqqosaning akasi Nakota ham “Totem”da ijro etgan. Asar mualliflari uni bejiz tanlamagan. Nakota hech bir yerda o’qimagan, lekin yuksak talant egasi, deydi sahna ustalari.  
 
“Shou qadim madaniyatlar va ularning borliq haqidagi tasavvurlarini aks ettiradi. Turli davrlar mana shu chambaraklarda namoyon… Inson hayotining har bir qismi, orzu-havaslarimiz ham shu yo’l bilan tasvirlanadi”,- deydi Fransis Jalbert, rejissyor.
 
Uchish insonning azaliy orzusi bo’lgan, deydi hindu qabilalari vakillari. “Quyosh sirki” ning har bir tomoshasida akrobatlar uchib yurganini ko’rasiz. Qanday qilib? Buning o’z sirlari bor deya javob berishadi.
 
“Bolaligimda bu sirkni vatanim Finlandiyada ko’rib qiziqib qolganman. Bugun mana akrobatman”,- deydi Olli Torkkel, artist.
 
“Intilganga omad yor ekan… Bu sirk inson qudratini namoyish etadi”.
 
“Totem” tomoshasini dunyoning turli davlatlarida jami 52 raqqos ijro etadi. Ular doimiy safarda. Bebaho kostyumlarni asrab avaylash ham bir necha odamning ishi.
 
“Tasavvur qiling, bular akrobatlar kiyadigan liboslar. Ular esa sahnada nimalar qilmaydi deysiz. Yirtilgan, titilgan kiyimlarni tuzatish kerak”,- deydi Jalbert. 
 
“Quyosh sirki” – xalqaro biznes. 5 mingdan oshiq odam mehnat qiladi unda. Tomoshalarda qo’llanadigan asboblar, kiyiladigan kiyimlarni kompaniyaning o’zi ishlab chiqaradi.

Byudjeti 1 milliard dollarga yaqin sirkni tomosha qilish uchun birgina Las Vegasda kuniga to’qqiz ming odam keladi.

Cirque du Soleil (Quyosh sirki) Totemi
X
03.03.2013 00:45
Kanadada asoslangan va 30 yildan beri dunyo ahlini xushnud qilib kelayotgan ijodiy guruh fransuzcha nomga ega - Cirque du Soleil. "Quyosh sirki" degan ma'noni anglatadi. "Amerika Ovozi" uning eng mashhur tomoshalaridan birida bo'ldi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Yangi musulmonlar - Amerika hayotidan/New Muslims in Americai
X
21.11.2014 22:57
Amerikada islom diniga kirayotganlarning aksariyati hozir ispanzabonlar. Lotin Amerikasidan kelgani uchun ularni latinolar deb atashadi. Hozir AQShda besh millionga yaqin musulmon bo'lsa, ularning olti foizi latinolar.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Sterilizatsiya hind ayollarini o'ldirdi

Hindistonda tug'ishning oldini olish uchun o'tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so'ng 13 ayol jon bergan. Aholi sonini nazorat qilishga urinayotgan hukumat sterilizatsiyaga zo'r bermoqda. Hibsga olingan jarrohning aytishicha, ayollarning o'limiga amaliyotdan keyin berilgan dorilar sabab bo'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Vashingtonda global festival

Poytaxtdagi Vashington markazida (The Washington Center) Global fuqaro kuni bayram qilinib, o'nlab davlatdan talabalar madaniyati, taomlari, kuy-qo'shiqlarini namoyish qildi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI