Breaking News

"Islomiy davlat" ga qarshi strategiya muhokamada


"Islomiy davlat" ga qarshi strategiya muhokamada
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:41 0:00

AQShda prezidentlikka yetakchi nomzod Hillari Klinton "Islomiy davlat"ga qarshi kurash bo'yicha o'z strategiyasini e'lon qilar ekan, jarayonni Amerika boshqarishi kerak, deydi. Ammo, uning fikricha, arab davlatlari harbiy jihatdan faolroq bo'lishi lozim.

Klinton Iroq va Suriyada AQShdan maxsus kuchlar bo'lishini yoqlaydi, ammo ko'p sonli qo'shin kiritilishiga qarshi.

U, shuningdek, Suriyadan muhojir olishga keskin qarshi bo'lgan respublikachi nomzodlar bilan hamfikr emas.

"Musulmonlarni ajratish, har bir suriyalik muhojirga eshikni yopish bizga xos ish emas", - deydi demokrat nomzod.

Respublikachilardan asosiy da'vogar Donald Trampning bu boradagi tanqidlari keskin.

"Prezident IShID jilovlangan, deyapti. Aslida o'zimiz jilovlanganmiz. Chunki bizda haqiqiy yetakchilar yo'q", - deydi u.

Respublikachi Jeb Bush nazarida Iroqqa ko'proq AQSh askarlarini jo'natish kerak.

"Iroq bilan qayta yaqinlashib, kuchlarimizni birlashtirish kerak. Ular xavfsiz zonalarda turgandan ko'ra Iroq harbiylari bilan birga ishlasin. Kurdlarni qo'llayotganimizni ko'rsatish uchun jasur Peshmerga kuchlariga to'g'ridan to'g'ri yordam berish kerak", - deydi u.

Nomzodlardan yana biri Jon Keysik mintaqaga piyoda qo'shin kiritish tarafdori.

"Hozirgi yo'l bilan IShIDni bir yoqli qila olmaysiz. Qancha piyoda qo'shin kiritish kerak, deb so'rasangiz, buni harbiylar va boshqa mutaxassislar hal qilsin, degan bo'lardim", - deydi u.

Tahlilchi Entoni Kordesmenga ko'ra, qo'shin kiritishning murakkab tomonlari ko'p.

"Fuqarolik urushi yoqasida turgan davlatlarga AQSh askarlarini olib kirish uchun real voqelikni hisobga olish kerak. Piyoda qo'shinlarni tezkor kiritishning imkoni yo'q", - deydi u.

Aksariyat amerikaliklar terror tahdidlariga qarshi choralarni kuchaytirish tarafdori, ammo Iroq va Suriyaga askar jo'natish masalasida fikrlar tarqoq.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG